Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi



Yüklə 448,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix03.02.2022
ölçüsü448,54 Kb.
#83399
1   2   3   4   5   6   7
Nuklein kislotalarni o

9.4.

 

Xromosomada  DNK  ning  struktura  tuzilishi  (nukleosomalar). 

Yuksak 


tuzilgan 

organizmlarda 

DNK 

xromosomalarda 



joylashgan 

bo`ladi. 

Xromosomalar turli shakllarda bo`lib, murakkab struktura tuzilishiga ega. Har 

bir  xromosomada  DNK  ning  bitta  gigant  molekulasi  joylashgan,  uning 

molekulyar  og`irligi  taxminan  10¹¹,  uzunligi  bir  necha sm  atrofida  bo`ladi  va 

xromatinning asosini tashkil etadi. 

Xromatin  molekuladan  yuqori  tuzilgan  strukturaga  ega  bo`lib,  unda  qo`sh 

zanjirli  DNK  molekulasi  oqsil, kam  miqdordagi  RNK  va  anorganik  moddalar 

bilan  murakkab  kompleks  hosil  qiladi.  Xromatin  tarkibidagi  komponentlar 

nisbati 


foizlarda  quyidagicha  bo`ladi:  DNK  30-45,  gistonlar  30-50,  giston  bo`lmagan 

oqsillar 4-33 va RNK 1,5-10. 

Xromatinning  asosiy  qismi  faol  emas,  uning  tarkibida  zich  taxlangan  DNK 

joylashgan.  Faol  xromatin  turli  xil  hujayralarda  2-11  %  ni  tashkil  etadi.  Bosh 

miya  hujayralarida  uning  miqdori  ko`proq  –  10-11%,  jigarda  –  3-4  %  va 

buyrakda – 2- 3%. 

Elektron  mikroskopda  xromatin  munchoq  shaklida  ko`rinadi:  uning  sharga 

o`xshash kengaygan qismlari 10 nm atrofida bo`lib, ipsimon qismlari bilan bir- 

biridan  ajralgan  bo`ladi.  Bunday  sharsimon  kengaygan  joylari  nukleosomalar 

deb ataladi. Har bir nukleosoma qo`sh spiralli DNK parchasi bo`lib, uzunligi 140 

juft  nukleotid  va  8  molekula  giston  (H

2a

,  H



2b

,  H


3

,  H


4

)  ga  teng.  Har  bir 

nukleosomada 4 turdagi gistonlarning har biridan ikki molekuladan joylashgan. 

Qo`sh spiralning ipsimon qismlari 30-60 juft asosdan iborat bo`lib, H

1

 gistoni 



bilan  bog`langan  hamda  turli  xil  hujayralarda  uning  uzunligi  har  xil  bo`ladi. 

Odam  DNK  si  molekulalarining  uzunligi  santimetrlar  bilan  o`lchansa  3-5  sm 

atrofida  bo`ladi,  xromosomaning  uzunligi  atigi  bir  necha  nanometr  keladi. 

Demak, xromosomada joylashgan DNK juda qisqargan bo`ladi.

 

Nukleosomada DNK ning taxlanish darajasi beshga teng, ya’ni uning uzunligi 5 



martaga  qisqaradi. Taxminan  90  % DNK  nukleosoma  tarkibiga, qolgan  qismi 

esa  ipsimon  qismiga  to`g`ri  keladi.  Nukleosomalar  ―tinch‖  turgan  xromatin, 

ipsimon qismi esa faol xromatin parchalaridir. 

Nukleosomalar  yoyilishi  va  to`g`ri  shaklga  o`tishi  mumkin.  Yoyilgan 

nukleosomalar  faol  xromatinga  aylanadi.  Bunda  bajaradigan    vazifaning 

strukturaga  bog`liqligi  yaqqol  namoyon  bo`ladi.  Globulyar  nukleosomalar 

tarkibida qancha ko`p xromatin bo`lsa, u shuncha faollashmagan bo`ladi. 


Yüklə 448,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə