Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi



Yüklə 448,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix03.02.2022
ölçüsü448,54 Kb.
#83399
1   2   3   4   5   6   7
Nuklein kislotalarni o

9.2.

 

Nuklein  kislotalarning  tuzilish  darajalari. 

3¹,  5¹-  fosfodiefir  bog`lari 

bilan bog`langan mononukleotidlarning to`g`ri chiziqli polinukleotid zanjiriga DNK va 

RNK ning birlamchi strukturasi deyiladi. DNK va RNK birlamchi strukturasining tuzilish 

negizi  bir  xil:  bir  mononukleotid  pentozasining  har  bir  3¹-  gidroksil  guruhi  ikkinchi 

mononukleotid pentozasining 5¹-gidroksil guruhi bilan kovalent bog` orqali bog`langan. 

Shu  sababdan  3¹,  5¹-difosfodiefirli  bog`lar  deb  ataladi.  DNK  va  RNK  to`g`ri 

chiziqlarining uzunligi uning zanjiri tarkibidagi mononukleotidlar soniga bog`liq bo`lib, 

ikkita uchga ega bo`ladi: ulardan birinchisi 3¹-uchi, ikkinchisi esa 5¹-uchi deb ataladi. 

Hujayradagi  nuklein  kislotalar  zanjirining  yig`ilishida  5¹-trifosfatlar  boshlang`ich 

material  bo`lganligi  sababli  zanjirning  5¹-uchki  tomoni  trifosfat,  3¹-  uchki  tomoni  esa 



erkin gidroksil guruhi tutadi. Nuklein kislotalar zanjiri qutblidir. Ular 5¹→ 3¹ va 3¹→5¹ 

yo`nalishda bo`lishi mumkin. 

DNK  ning  genetik  ―matni‖  nukleotid  tripletlari  yordamida  tuzilgan  kodli 

―so`zlar‖dan  iborat  bo`lib,  kodogenlar  deb  ataladi.   RNK  ning  barcha  turlari birlamchi 

strukturasi to`g`risida ma’lumot saqlovchi DNK qismlariga struktura genlari deyiladi. 

Nuklein  kislotalarning  birlamchi  strukturasi  ularning  yuqori  darajada  tuzilishini,  ya’ni 

ikkilamchi va uchlamchi strukturalarini belgilaydi. 

DNK ning ikkilamchi strukturasi. 

DNK molekulalari nukleotidlari tarkibi uchun ularning 

ajratib olingan manbasidan qat’iy nazar muhim umumiy qonuniyatlari ham ma’lum. Bu 

qonuniyatlar  ularni  kash  etgan  olim  sharafiga  Chargaff  qoidalari  deb  ataladi.  Ular 

quyidagilardan iborat: 

1.

 



Purin asoslari (A+G) soni pirimidin asoslari (S+T) ga teng, ya’ni 

purinlarni pirimidinlarga nisbati birga teng: 

A+G/S+T =1. 

2.

 



Adenin qoldiqlarining soni timin qoldiqlari soniga teng, ya’ni adeninning 

timinga nisbati birga teng ( A = T yoki A/T = 1). 

3.

 

Guanin qoldiqlarining soni sitozin qoldiqlarining soniga teng (G = S yoki 



G/S = 1). 

4.

 



DNK tarkibidagi 6-aminoguruhlar soni 6-ketoguruhlar soniga teng: G + T 

= A+S. 


5.

 

Faqat A + T va G + S yig`indilari o`zgaruvchan. Agar A + T > G + S bo`lsa, 



bu AT-turli DNK; agar G + S > A + T bo`lsa, bu GS - turdagi DNK  bo`ladi. 

Bu  qoidadan  DNK  tuzilishi  uchun  purin  va  pirimidin  asoslarining  qat’iy  tartibda  mos 

kelishi (juftlashishi) emas, balki umuman timinning adenin bilan sitozinning guanin bilan 

mos  kelishi  nazarda  tutilgan.  Nukleotidlarning  molekulyar  massasi  330  ga,  qo`sh 

nukleotidlarniki esa 660 ga teng. 1953 yilda Uotson va Krik qo`sh spiral nomini olgan 

DNK ning ikkilamchi strukturasi modelini kashf etdilar. 

Uotson  va  Krik  taklif  qilgan  DNK  ning  qo`sh  spiral  modeliga  binoan,  DNK  faraz 

etiladigan o`q atrofida bir-biriga o`ralgan komplementar, ya’ni bir-biriga mos keladigan, 

ammo  bir  xil  bo`lmagan  burama  shakldagi  ikkita  zanjirdan  tuzilgan.  Bu  ikki  burama 

polinukleotid  uglevod  -  fosfat  zanjirini  hosil  qilib,  ularga  spiral  ichida  azot  asoslari 

tortilgandir. Ikki zanjir azot asoslari orasida paydo bo`lgan vodorod bog`lari orqali ushlab 

turiladi.  Zanjirlar  bir-biriga  mos  kelishi  uchun  birinchisining  purin  asosi  qarshisiga 

ikkinchisining pirimidini bo`lishi shart. Adenin bilan timin o`rtasida ikkita, guanin bilan 

sitozin o`rtasida esa uchta vodorod bog`lari hosil bo`ladi. Vodorod bog`lari faqat adenin 

bilan  timin  va  guanin  bilan  sitozin  orasida  hosil  bo`ladi,  shuning  uchun  bir  zanjirdagi 

asoslarning  tarkibi  ikkinchi  zanjirdagi  asoslarning  tartibini,  ikkinchi  zanjirda  ularning 

birin-ketin  kelishini  belgilaydi.  Asoslarning  bunday  mos  kelishiga  komplementarlik 

deyiladi. 

 

Qo`shni  azot  asoslari  orasidagi  o`zak  uzunasiga  0,34  nm  ga  teng  va  ularning  biri 



ikkinchisiga nisbatan 36° ga buralgan. Binobarin, bitta to`la spiral 10 ta qo`sh asosni, 

ya’ni 10 ta nukleotidni o`z ichiga oladi va 3,4 nm uzunlikda bo`ladi. Spiralning diametri 

2  nm  ga  teng.  Ikki  zanjir  bir-biriga  antiparallel,  chunki  dezoksiribozalar  orasida 

fosfatdiefir bog`lari bir zanjirda 5¹→ 3¹ yo`nalishda, ikkinchisida esa 3¹→5¹ yo`nalishda 

o`qiladi. 

DNK molekulasining boshqa (A va S) shakllari ham kashf etilgan. Ular Uotson va Krik 




taklif qilgan shakl – strukturadan spiraldagi qo`sh asoslarni faraz etiladigan o`qqa egilish 

burchagi  va  ularning  soni  tomonidan  bir  oz  farqlanadilar.  Lekin  bunday  DNK  larning 

miqdori va bajaradigan funktsiyasi bo`yicha hissasi katta emas. 

Ba’zi  virus  DNK  lari  yakka  zanjirli  tuzilishga  ega.  Yakka  va  qo`sh  zanjirli  DNK 

molekulalari ikki uchi ulangan halqa shaklida ham bo`ladilar. DNK ning bunday xillari 

asosan bakteriyalarda va mitoxondriyalarda mavjud. 

DNK  ning  uchlamchi  strukturasi  qo`sh  spiralli  molekulaning  qo`shimcha  buralishi 

natijasida hosil bo`ladi. U superspiral yoki egilgan qo`sh spiral ko`rinishida bo`ladi. 




Yüklə 448,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə