Novdaning morfologik tuzilishi va tiplari



Yüklə 127,65 Kb.
səhifə7/8
tarix22.03.2024
ölçüsü127,65 Kb.
#183296
1   2   3   4   5   6   7   8
NOVDA VA KURTAK

Metamorfoz (yunoncha: metamorphosis — oʻzgarib qolish) — hayvonlarda M., yaʼni metaboliya — organizm tuzilishining tubdan oʻzgarishi. M. tufayli lichinka voyaga yetgan organizmga aylanadi. M. koʻpchilik umurtqasizlar, ayrim umurtqalilar — minogalar, ayrim baliklar (ikki xil nafas oluvchilar), suvda va qurukdikda yashovchilar uchun xos. M., odatda, ontogenezda hayvon yashash tarzining keskin oʻzgarishi, mas, suvda hayot kechirishdan quruklikka chiqish, tuproqsa yashirin yashashdan ochiq havoda yashashga, suvda erkin yashashdan oʻtroq yashashga utishi bilan bogʻliq. M- bilan rivojlanadigan hayvonlar hayot siklila voyaga yetgan organizmdan keskin farq qiladigan bitta yoki undan koʻproq lichinkalik davri (qarang Lichinka) boʻladi. Hayvon organizmi M.ning turli davrlarida har xil funksiyani bajaradi. M. turning saqlanib qolishi va rivojlanishida mu-him ahamiyatga ega. Tuban umurtqasizlar (gʻovaktanlilar, bushliqichlilar)ning kiprikli erkin suzib yuradigan lichinkalari (parenximula, amfibla-stula, planula) turning keng tarqalishiga yordam beradi. Bunday M., koʻpincha, avlod almashinuvi (jinssiz va jinsiy kupayishning gallanishi) bilan yana ham murakkablashadi. Avlod almashinmaydigan M.da tuxumdan chiqqan lichinka turning tarqalishiga yordam beradi (mas, kiprikli chuvalchanglarning troxoforasi, mollyuskalarning veliger, qisqichbaqasimonlarning na-upleus va zoyea li.chinkasi). Nekrotik M.da (nemertinalarda) lichinka ichida yangi lichinka rivojlanadi; eski lichinka tanasining koʻp qismi yemirilib ketadi. Koʻpoyoklilar va moʻylovsiz hasharotlar uchun xos boʻlgan anamor-fozda, asosan, tana boʻgʻimlari soni ortib boradi. Qanotsiz hasharotlar va bir qancha koʻpoyoqlilar rivojlanishida sezilarli oʻzgarishlar sodir boʻlmaydi (protometamorfoz).
Hasharotlarda M. chala va toʻliq oʻzgarish orqali boradi. Chala uzgarish orqali rivojlanish, yaʼni gemimetaboliya orqali rivojlanadigan hasharotlarda tuxumdan chiqqan lichinka va voyaga yetgan hayvonning yashash tarzi va tuzilishi uxshash bulib, uzgarish faqat boshlangʻich qanotlarning asta-sekin usib borishidan iborat (kunliklar, ninachilar, suvaraklar, chigirtkalar, teng qanotlilar, yarim qattiq qanotlilar, beshiktervatarlar, bitlar). Toʻliq uzgarish, yaʼni golometa-boliya orqali rivojlanishda tuxumdan tuzilishi va hayot kechirishi bilan voyaga yetgan hasharotdan keskin farq qiladigan chuvalchangsimon lichinka chiqadi (qattiq qanotlilar, tangacha qanotlilar, parda qanotlilar, ikki qanotlilar, burgalar, termitlar, toʻrqanotlilar). Chuvalchangsimon lichinka oziqlanish, voyaga yetgan hasharot esa tarqalish va koʻpayish funksiyasini bajaradi. Lichinka gʻumbakka aylanadi. Gʻumbakdan voyaga yetgan hasharot chiqadi (qarang Gʻumbak). Umurtqali hayvonlardan minogalar va suvda hamda quruqliqda yashovchilarda M. keskin namoyon boʻladi. Minogalar lichinkasi suv tubidagi loyda yashaydi. Voyaga yetgan minoga baliqlar terisida parazitlik qiladi. Suvda va quruklikda yashovchilarda tuxumdan itbaliq deb ataladigan lichinka chiqadi. M. jarayonida itbaliqning lichinkalik organlari asta-sekin yoʻqolib, voyaga yetgan hayvonga aylanadi. M. ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan gormonlar orqali boshqariladi.
Oʻsimliklarda — bajaradigan funksiyasi yoki shart-sharoitning almashinuvi bilan bogʻliq holda oʻsimlik asosiy organlari koʻrinishining oʻzgarishi; M. ontogenezpya vujudga kelib, evolyusiya jarayonida mustahkamlanadi. Noqulay yashash muhiti, suv tanqisligi sababli barg va novda M.ga uchraydi. Mas, kaktusda barglar sertikan novdaga aylanib, suv bugʻlatish yuzasi kamaygan; fotosintez jarayoni uchun zarur suv zaxirasi etli poyada saqgsanadi. Baʼzi oʻsimliklar (doʻlana, gledichiya)da barglar tikanga, yorugʻlik kam tushadigan sernam joylarda oʻsadigan oʻsimliklar (liana, tok) novdasi ilashib oʻsishiga yordamlashuvchi gajakka, hasharotxoʻr oʻsimliklar bargi oʻziga xos qopqonga aylangan va q.k. Koʻp yillik oʻt oʻsimliklarda yer osti novdasi za-xira oziq moddalari toʻplanishi sababli, koʻrinishi oʻzgargan, yaʼni metamor-fozlashgan (mas, kartoshka tuganagi, piyozboshi va boshqalar).
Gulli oʻsimliklar guli ham metamorfozlashgan novdadan iborat. Kosachabarg, tojbarg, changchi va urugʻchi barglar bargdan, guloʻrni esa poddan hosil boʻlgan.
XULOSA

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, novda va kurtaklar ham odatdagi tuzulishi, o’sishi, cheklanmagan polisimmetrik tuzulishdagi o’simlikninng vegrtativ o’q organi hisoblanib, unda barg va kurtaklar bo’ladi. O’simlik novdasining asosiy vazifasi tayanch mineral va organik moddalarni o’tkazishdir. U barg bilan ildizlarni bog’laydi, poya barg bilan idizlar orasidagi harakatlarni ta’minlaydi.


Novda ham ildiz kabi yuksak o’simliklarning asosiy organidir. Novda uchki meristemaning maxsuli bo’lib, ildizga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega. Vegetativ novdada quyidagi qismlarni ajratish mumkin: poya, barglar, bug’imlar, bug’im oraliqlari va kurtaklar mavjud.
Kurtaklar – murtak holdagi novdalar hisoblanib, ular uzoq vaqt o’sish va shoxlanish, ya’ni novdalar sistemasini hosil qiladi. Novdagi barglar muhim vazifani, ya’ni fotosintezni bajaradi. Organlarni biriktirib turuvchi poya mexanik, o’tkazish va ba’zan g’amlovchi vazifalarni bajaradi. Nodaning bir butunligi va uning qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar uning shakl o’zgargan ko’rinishlarida ham yaxshi ifodalangan. Novdani ildizdan ajratib turuvchi muhim xususiyati barglar bilan qoplanishi hamda bo’g’imlarga ega bo’lishidir. Poyaning bo’g’imi ba’zi o’simliklarda yo’g’onlashgan yoki yaxshi ifodalangan bo’ladi.
O’simlik novdasi va kurtaklar tuzulishi, shakllanishi va vazifasini o’rganish, ularni tahlil qilishda tegishli ma’lumotlarni o’rganib, ular ustida ishlash. Novda va kurtaklar morfolagik tuzulishini aniqlashi natijasida ularning qanday tarkibiy qissmlardan iborat ekanligini aniqladim. Va o’simlik novdasi va kurtaklar morfologiyasini tuzulishini o’rganib uning o’simlik uchun qanday ahamiyati borligini o’rganish va u bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qildim.

Yüklə 127,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə