Novdaning morfologik tuzilishi va tiplari



Yüklə 127,65 Kb.
səhifə2/8
tarix22.03.2024
ölçüsü127,65 Kb.
#183296
1   2   3   4   5   6   7   8
NOVDA VA KURTAK

Kurs ishining obekti: O’simlik novdasi va kurtaklar tuzilishini ko’rib chiqish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: O’simlik novdasi va kurtaklar vazifasi, tuzulishi, turlarinini amaliy o’rganish va poyaning ikkilamchi anatomik tuzilishi.
Kurs ishining tarkibiy qismi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar va 27 sahifadan iborat


I BOB. NOVDANING MORFOLOGIK TUZILISHI VA TIPLARI

    1. Novda haqida tushunchalar



NOVDA (cormus) — yuksak oʻsimliklar — daraxt va butalarning asosiy organlaridan biri. Poya, undagi barg va kurtaklardan iborat. Novda ildiz sistemasi bilan birgalikda qirqquloklar, qirqboʻgʻimlar, plaunlar, ochiq urugʻli va yopiq urugʻli oʻsimliklarning tanasini tashkil qilib, novdali oʻsimliklar (kormofitlar) deb nomlanadi. Bir yillik oʻsimliklar N. si faqat bir mavsum, koʻp yilliklari esa har xil yashaydi va har yili kurtaklardan yangi Novda oʻsib chiqadi. Ortotrop (tik oʻsadigan) va, baʼzan plagiotrop (yotiq oʻsa-digan) Novdalar farq qilinadi. Koʻpchilik oʻsimliklarda Novda yoki uning bir qismi koʻrinishi oʻzgarib (metamorfozga uchrab) tikanga (doʻlanada), tuganakka (kartoshkada), gajakka (tokda) aylangan.
Novda bilan poya tushunchasi bir-biriga juda o`xshab ketadi. Novda daraxt, buta va yarim butalarning o`zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi. Daraxt va butalarning urugdan unib chiqqan bir yillik niholi ham novda yoki ba`zan poya deb ataladi.
Bargli poyaga novda deyiladi. Uning asosiy vazifasi o`simlikni havodan oziqlanishiga xizmat qilishdir. Poya barg va ildiz orasida boglovchi zveno bo`lib, unda hosil bo`lgan moddalarni o`tkazib beradi. Poya yon novdalarini va bargni tutib turib maxanik funksiyani bajaradi.
Novda kurtakdan yoki urug`dan hosil bo`ladi. Novdani barg birikib turadigan qismi barg o`rni yoki bo`g`in deb nomlanadi. Birinchi bo`g`inidan ikkinchi bo`g`inigacha bo`lgan masofa bo`g`in oralig`i deyiladi.
Barg va poya oralig`idagi masofa barg qo`ltig`i deyiladi.
Bo`g`in oralig`i uzun va qisqa bo`ladi. Agar bo`g`in oralig`i qisqa bo`lsa qisqa bo`g`inli, uzun bo`lsa uzun bo`g`inli novdalar deyiladi.
Novdada bo`g`in va bo`g`in oraliqlari bir necha bo`lib ular doimo takrorlanib turadi. Bu xodisaga metameriya deyiladi.
Novda – daraxt, buta va yarimbutalarning o`zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi. Novdalarning po`sti yashil va nafis bo`lib,hujayralarida yashil rang beruvchi xlorofill donachalari bor. Novdalarda burglar birikkan joy bo`g`im,ikkita barg oralig`idagi qismi bo`g`im oralig`i deb ataladi.Barglar qo`ltig`ida bittadan yoki bir nechtadan bo`lib kurtak joylashadi. Kuz yaqinlashishi bilan novdalarning yashil rangi o`zgarib,qo`ng`ir va qizg`ish rangga kiradi.Chunki bu vaqtda ularning po`sti qalinlashadi va ostida po`kak qavat hosil bo`ladi.Kech kuzda burglar to`kilib ketib,ular qo`ltig`ida joylashgan kurtaklar ochilib qoladi va shu holda qishlaydi. Novdalar ikki xil bo`ladi.Agar novda barg va kurtaklardan iborat bo`lsa vegetativ novda deyiladi.Bordi-yu,novdadan gul paydo bo`lsa generativ yoki gulli novda deyiladi. Demak,barg va kurtaklari bo`lgan daraxt va butalarning bir yillik novdasi yoki urug`idan unib chiqqan bir yillik niholga ham novda deyiladi.
Poya (caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. P. ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan P.lar bor. P. silindrsimon, koʻp kir-rali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan P. boʻyiga oʻsadi; baʼzi usimliklar (mas, gʻalladoshlar) P.si boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham usadi. P.ning buyi, yugʻonligi turlicha. Yusinlar P.sining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar P.si 200—300 m keladi.

Yüklə 127,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə