Novdaning morfologik tuzilishi va tiplari


Novdaning shoxlanish tiplari



Yüklə 127,65 Kb.
səhifə4/8
tarix22.03.2024
ölçüsü127,65 Kb.
#183296
1   2   3   4   5   6   7   8
NOVDA VA KURTAK

Novdaning shoxlanish tiplari. Poyada joylashgan apikal va yon kurtaklarning rivojlanishidan asosiy va yon novdalar hosil bo’ladi. Bu kurtaklarning rivojlanishi har xil bo’lib ularni quyidagi shoxlanish tiplariga ajratish mumkin.
Poyaning shakli va tiplari. O’simliklar poyasining shakli turlichadir. Uni kundalang kesigini ko’rsak, ko’pchiligi doira shaklida, qiyoqda 3 qirrali, labguldoshlarda 4, soyavonguldoshlarda ko’p qirrali ekanligini ko’ramiz.
Gallaguldoshlar va soyavonguldoshlar oilasi vakillarining bo’g’in oralig’i asosiy parenxima bilan to’lgan bo’ladi. Bunday poya poxol poya deyiladi.
Poyalar bargli va bargsiz bo’ladi. Bargsiz poya piyoz,qoqi ut, lola guldoshlar kabi o’simliklarda uchraydi. Ularni poyasi oxrida to’pgular hosil qilib tugaydi. Bunday bargsiz poyalar strelka deb nomlanib. Poyaning qisqargan qismi ildiz bo’g’izida joylashib u yerda mutovka hosil qiladi.
Poyani o’sishiga qarab tik o’suvchi, sudralib o’suvchi, ilashib o’suvchi, o’ralib o’suvchi, turlarga bo’linadi.
Bunday guruhlarning hosil bo’lishi poyada maxanik to’qimalarning rivojlaniishga bog’liq.
Ilashib av chirmashib o’suvchi poyalar lianalar deyiladi. Bunday o’simliklarga kuy pechak, no’xot, ximel, daraxtsimonlardan-tok, namatak kabilar kiradi. Lianalar o’zi ilashadigan o’simlik bo’ylab soat strelkasi bo’ylab (ximel) va soat strelkasiga qarshi harakatlanadi.
Sudralib o’suvchi novdalar bo’g’imlarda ildiz hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday o’simliklarga kulupnay, semizut, ajrik, kabi o’simliklar misol bo’ladi.
O’simlikning hayot kechirishiga qarab novdanig tiplari. Poyaning tuzilishi o’simlik hayot kechirish davri bilan bog’liqdir. Ba’zi o’simliklar 5 - 7 xafta yashasa, ayrim o’simliklar 5000 yil hayot kechiradi.
O’t o’simliklar poyasi vegetatsiyasinig oxirida o’z faoliyatini tugatsa, daraxt o’simliklarda hayotining oxirigacha saqlanib qoladi.
Quyida ayrim o’simlik poyasining yashash davrlari ko’rsatilgan. Baobab 5150 yil. Mamont daraxti 5000. Kiparis 3000. Eman 1200. Tilog’och 500. Olma 200.
O’tsimon poyali o’simliklar hayot kechirish davriga qarab, bir yillik, ikki yilik va ko’p yillik turlarga ajratiladi. Bir yillik o’simliklar bir vegetatsiya davrida o’z faoliyatini tugallab, kuzga borib xalok bo’ladi. masalan: Bug’doy, kanop, arpa, sholi va hokazo.
Ikki yillik o’simliklar birinchi yili ventativ organlarini hosil qilsa, ikkinchi yili generativ organlar hosil qiladi. Masalan: sabzi, lavlagi, turp.
Ko’p yillik o’tsimon o’simliklar doimiy yer osti ildiz poyalar, ildizlar, piyoz boshlar hosil qilish xsusiyatiga ega bo’ladi.
O’simliklar poyasini shoxlanishi va yogochlanishi xsusiyatiga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin.
1. Daraxtlar.
2. Butalar.
3. CHala butalar
Daraxtlarda asosiy poya yaxshi rivojlangan bo’lib undan yon shoxlar hosil bo’ladi. Ularning poyasi yerdan bir necha metrgacha kutarilib turadi.
Butalarda asosiy poya rivojlanmagan, ular ildiz bo’g’izidan hosil bo’ladi, bo’yi 4-6 m ga yetadi. Masalan: anor, malina, it burun, smorodina, siren, saksovul kabi cho’l o’simliklari kiradi.
CHala butalar poyaning pastki qismi yog’ochlashib po’kak bilan qoplanadi, yuqori qismi esa bir yillik bo’lib, qishga borib xalok bo’ladi. masalan: shuvoq, astragal, o’lmas o’t kabilar.

Yüklə 127,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə