Nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 97,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix02.06.2023
ölçüsü97,63 Kb.
#115128
1   2   3   4
1961-сон 01.06.2009

Oldingi
 tahrirga qarang.
28. Mulkni keyinchalik qayta moliyaviy ijaraga olish (lizingga olish) sharti bilan sotish hollarida,
ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) mulkini sotish operatsiyalari oldi-sotdi sifatida qaraladi
va sotuvchining buxgalteriya hisobida O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy
standarti (21-son BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya
hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha 
yo‘riqnoma
”ga (ro‘yxat raqami 1181, 2002-yil 23-
oktabr) muvofiq amalga oshiriladi.


Keyinchalik moliyaviy ijara hisobi ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) va ijaraga beruvchi (lizingga
beruvchi) tomonidan mazkur Nizomda o‘rnatilgan tartibda yuritiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 28-sentabrdagi 75-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat
raqami 1961-1, 12.10.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 482-modda)
§ 4. Operativ ijara hisobi
29. Operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar ijarachida balansdan tashqari
schyot hisoblangan 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotining debetida aks
ettiriladi. Bunda, operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar ijaraga beruvchida
xuddi oldingi kabi asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
30. Operativ ijara bilan bog‘liq operatsiyalar ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida
quyidagicha aks ettiriladi:
a) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
b) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda joriy davrga
tegishli bo‘lgan va ijaraga oluvchidan kelib tushadigan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlari jadvaliga
(tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti;
v) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda joriy davrga
tegishli bo‘lgan va ijaraga oluvchidan kelib tushadigan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlari jadvaliga
(tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
kredit 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyoti;
g) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlarining
kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
d) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara
to‘lovlarining kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
e) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati
yetib kelmagan ijara to‘lovlari bo‘yicha bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar”schyoti;
j) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlari
jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda,
ijarachidan oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
z) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara to‘lovlari
jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda,
ijarachidan oldindan olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti,
kredit 4820 “Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;


i) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalarni yaxshilash bo‘yicha xarajatlarning ijaraga beruvchi tomonidan qoplash uchun tan
olinganda:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100),
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
k) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalarni yaxshilash bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun ijarachiga pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
31. Operativ ijara bilan bog‘liq operatsiyalar ijarachining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks
ettiriladi:
a) ijaraga beruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan va hisobot davriga tegishli (ijara to‘lovlari
jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) ijara to‘lovlari hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va
boshqa schyotlar — operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan
maqsadiga qarab);
kredit 6910 “To‘lanadigan operativ ijara” schyoti;
b) ijaraga beruvchiga ijara to‘lovlari to‘langanda:
debet 6910 “To‘lanadigan operativ ijara” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
v) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati
yetib kelmagan ijara to‘lovlari bo‘yicha ijaraga beruvchiga bo‘nak to‘langanda:
debet 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati
yetib kelganda, ijaraga beruvchiga oldin to‘langan bo‘naklarni qoplashga (hisoblashga) olib
borilganda:
debet 6910 “To‘lanadigan operativ ijara” schyoti;
kredit 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti;
d) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital
qo‘yilmalar amalga oshirilganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga
to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
e) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarilganda, kapital
qo‘yilmalar summasini hisobdan chiqarish:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
j) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital
qo‘yilmalar qiymatining ijaraga beruvchi tomonidan qoplanadigan summasiga:
debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
z) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital
qo‘yilmalarning berilishi natijasida olingan foyda summasiga:
debet 9220 “ Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;


kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
i) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital
qo‘yilmalarning berilishi natijasida ko‘rilgan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
k) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital
qo‘yilmalar qiymatini qoplash uchun ijaraga beruvchidan pul mablag‘lari tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4890 “Boshqa debitorlar qarzlarim schyoti.
Operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarib berilganda, balansdan
tashqari schyot hisoblangan 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyoti kreditlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 23-son, 265-modda; 2016-y., 41-son, 482-modda)

Yüklə 97,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə