Nizomni tasdiqlash haqida


§ 3. Ijaraga oluvchida (lizingga oluvchida) moliyaviy ijara bo‘yicha operatsiyalarning hisobi



Yüklə 97,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü97,63 Kb.
#115128
1   2   3   4
1961-сон 01.06.2009

§ 3. Ijaraga oluvchida (lizingga oluvchida) moliyaviy ijara bo‘yicha operatsiyalarning hisobi
19. Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara obyektining
joriy qiymatidan past bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining)
buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan
qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
20. Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara obyektining
joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining)
buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida moliyaviy ijara obyektining joriy qiymati bo‘yicha
tan olinishi lozim.
21. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olib kelingan moliyaviy ijara obyektlari buxgalteriya
hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara obyektlarini ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida
aktiv va majburiyat sifatida tan olinadigan qiymati bo‘yicha kirim qilish:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara” schyoti;
b) moliyaviy ijara obyektlarini belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli
holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga
to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
v) moliyaviy ijara obyektlarini boshlang‘ich qiymat bo‘yicha foydalanishga topshirish (ularning
asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilishi):
debet 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800).
22. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalardan foydalanish bilan bog‘liq
xarajatlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va
boshqa schyotlar — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan
maqsadiga qarab);


kredit 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”
schyoti;
b) Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni ishchi holatda saqlab turish
(joriy, o‘rtacha yoki kapital ta’mirlash va boshqalar) bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va
boshqa schyotlar — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan
maqsadiga qarab);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga
to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar.
23. Moliyaviy ijara bo‘yicha foizlarni hisoblash va ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) ijara
(lizing) to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha uzoq muddatli
majburiyatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara” schyoti;
kredit 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
b) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha hisoblangan
foizlar summasiga:
debet 9610 “Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar” schyoti;
kredit 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
v) ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) ijara (lizing) to‘lovlarining joriy qismi to‘langanda:
debet 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelmagan ijara
(lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) bo‘nak to‘langanda:
debet 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
d) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda, ijaraga
beruvchiga (lizingga beruvchiga) oldin to‘langan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib
borilganda:
debet 6920 “Hisoblangan foizlar” schyoti;
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4330 “Boshqa berilgan bo‘naklar” schyoti.
24. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash
(obodonlashtirish, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya,
modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va boshqalar) xarajatlari summasi
moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qiymatini ko‘paytiruvchi kapital
qo‘yilmalar sifatida buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kapital qo‘yilmalar amalga oshirilganda:
debet 0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital
qo‘yilmalar” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga
to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
b) kapital qo‘yilmalar asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilganda:


debet 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”
schyoti;
kredit 0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital
qo‘yilmalar” schyoti;
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha
eskirish hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va
boshqa schyotlar — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan
maqsadiga qarab);
kredit 
0212 
“Moliyaviy 
ijara 
shartnomasi 
bo‘yicha 
olingan 
asosiy 
vositalarni
obodonlashtirishning eskirishi” schyoti.
25. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni va moliyaviy ijara
shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning obodonlashtirilishini qayta baholash
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning va moliyaviy ijara
shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning baholari o‘sishi summasiga:
debet 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti — moliyaviy
ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar obyektlari boshlang‘ich (qayta tiklash)
qiymatining o‘sishi summasiga;
debet 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”
schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining o‘sishi summasiga;
kredit 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyoti
— moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirishi bahosining
o‘sishi summasiga;
kredit 
0212 
“Moliyaviy 
ijara 
shartnomasi 
bo‘yicha 
olingan 
asosiy 
vositalarni
obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirishi bahosining o‘sishi summasiga;
kredit 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti — moliyaviy
ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha
olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati bahosining
o‘sishi va jamlangan eskirishlar bahosining o‘sishi summalari o‘rtasidagi farq summasiga;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning va moliyaviy ijara
shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning baholari pasayishi
summasiga:
debet 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”
schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirishi
bahosining pasayishi summasiga;
debet 
0212 
“Moliyaviy 
ijara 
shartnomasi 
bo‘yicha 
olingan 
asosiy 
vositalarni
obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirishi bahosining pasayishi summasiga;
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti — ilgari
qayta baholash natijasida moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar
obyektlarining 
va 
moliyaviy 
ijara 
shartnomasi 
bo‘yicha 
olingan 
asosiy 
vositalarni
obodonlashtirishning baholari o‘sishi summasiga yoki ushbu obyektlarning ilgarigi baholari o‘sishi
summasining ilgarigi baholari pasayishi summasidan oshgan qismi doirasidagi summaga;
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha
olingan asosiy vositalar obyektlarining va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalarni obodonlashtirishning baholari pasayishi summasining ushbu obyektlarni ilgari qayta
baholash natijasida baholari o‘sishi summasidan oshgan qismiga yoki ushbu obyektlarning ilgarigi
baholari o‘sishi summasining ilgarigi baholari pasayishi summasidan oshgan summasiga (ya’ni


ushbu obyektlar bo‘yicha bahosining pasayishi summasining 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta
baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida hisobga olingan qoldiq summasidan ortgan qismiga);
kredit 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti — moliyaviy
ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar obyektlari boshlang‘ich (qayta tiklash)
qiymatining pasayishi summasiga;
kredit 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”
schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining pasayishi summasiga.
26. Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning ijaraga oluvchining
(lizingga oluvchining) mulkiga o‘tishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning o‘z asosiy vositalari
tarkibiga o‘tkazilishi, agarda ushbu obyektlar bo‘yicha amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari
qiymati mavjud bo‘lsa, ularni ham qo‘shgan holda:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100 — asosiy vositalarning turlari
bo‘yicha);
kredit 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti — moliyaviy
ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
kredit 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”
schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni va moliyaviy ijara
shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning obodonlashtirishini o‘z asosiy vositalar tarkibiga
o‘tkazilganda, ular bo‘yicha jamg‘arilgan eskirish summalarini o‘tkazish (ko‘chirish):
debet 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”
schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirishi
summasiga;
debet 
0212 
“Moliyaviy 
ijara 
shartnomasi 
bo‘yicha 
olingan 
asosiy 
vositalarni
obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirishi summasiga;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200 - asosiy vositalarning
turlari bo‘yicha);
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldig‘ini to‘lash
summasiga:
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti — joriy qismi;
debet 7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara” schyoti — uzoq muddatli qismi;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
27. Ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan
asosiy vositalar va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish
obyektlari qaytarilganda, buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
a) boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti — moliyaviy
ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
kredit 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”
schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
b) jamlangan eskirish summasiga:
debet 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”
schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirish


summasiga;
debet 
0212 
“Moliyaviy 
ijara 
shartnomasi 
bo‘yicha 
olingan 
asosiy 
vositalarni
obodonlashtirishning eskirishi” schyoti — moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirish summasiga;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish
qiymatining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplanadigan summasiga:
debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan mazkur asosiy vositalar obyektlarini va
moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish obyektlarini qayta
baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
d) ijara (lizing) to‘lovlari jadvali (tartibi) bo‘yicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldig‘i
summasiga:
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyoti;
debet 7910 “To‘lanadigan moliyaviy ijara” schyoti — uzoq muddatli qismi (moliyaviy ijara
shartnomasi muddati tugagunga qadar qaytarilish amalga oshirilgan hollarda qo‘llaniladi);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
e) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga
oshirilgan moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarish bo‘yicha
xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga
to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
j) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarish natijasida olingan
foyda summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
z) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarish natijasida ko‘rilgan
zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
i) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha
xarajatlarni qoplash uchun ijaraga beruvchidan (lizingga beruvchidan) pul mablag‘lari kelib
tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyoti.

Yüklə 97,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə