Nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 97,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü97,63 Kb.
#115128
1   2   3   4
1961-сон 01.06.2009

§ 1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik
yurituvchi subyektlarga (bundan keyingi o‘rinlarda korxona deb yuritiladi) (budjet tashkilotlari,
banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) tatbiq etiladi.
2. Mazkur Nizom quyidagi obyektlar va operatsiyalarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
a) tabiat resurslari, shu jumladan neft, tabiiy gaz va boshqa qayta tiklanmaydigan resurslarni
qidirish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijara kelishuvlariga;
b) intellektual mulk obyektlari bo‘yicha litsenziya kelishuvlariga.
3. Mazkur Nizom maqsadlarida moliyaviy ijara o‘z ichiga lizingni ham qamrab oladi.
§ 2. Ijaraga beruvchida (lizingga beruvchida) moliyaviy ijara bo‘yicha operatsiyalarning hisobi


4. Moliyaviy ijara obyektlarini keyinchalik moliyaviy ijaraga berish maqsadlarida xarid qilish
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara obyektlari ularni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar summasini qo‘shgan holda (agar ular qoplanmasa) kirim qilinganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” yoki 6120
“Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar” yoki turli kreditorlarga bo‘lgan
qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoxud boshqa tegishli schyotlar;
b) moliyaviy ijara obyektlarini xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti, 6110 “Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan
schyotlar”, 6120 “Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, turli kreditorlarga
bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan
qoplanadigan va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara obyektini yetkazib
berish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq
xarajatlar amalga oshirilganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga
to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan
qoplanmaydigan va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara obyektini
yetkazib berish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish
bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilganda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga
to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
d) moliyaviy ijara obyektini xarid qilish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish
uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatgan mol yetkazib beruvchilar,
pudratchilar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar oldidagi qarzlarning to‘lanishi (qoplanishi):
(4-bandning “d” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 28-
sentabrdagi 75-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 1961-1, 12.10.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 41-son, 482-
modda)
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”, 6120 “Shu’ba
va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar”, turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga
oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
5. Agar moliyaviy ijara shartnomasining sharti bo‘yicha moliyaviy ijara obyekti sotuvchi
tomonidan ijaraga beruvchini (lizingga beruvchini) chetlab bevosita ijaraga oluvchiga (lizingga
oluvchiga) yetkazib berilsa, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida
moliyaviy ijara obyektining kirimi va chiqimi to‘g‘risidagi yozuvlar moliyaviy ijara obyektining
harakatini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
6. Agar moliyaviy ijara shartnomasining sharti bo‘yicha ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi)
tomonidan moliyaviy ijara obyekti sotib olingan bo‘lsa, lekin ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi)
ma’lum sabablarga ko‘ra uni qabul qilishdan bosh tortsa, mazkur moliyaviy ijara obyekti undan
foydalangunga yoki chiqib ketgunga qadar kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarda
(0800) hisobga olinadi.


7. Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara obyektining
joriy qiymatidan past bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining)
buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida minimal ijara (lizing) to‘lovlarining
diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
8. Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara obyektining
joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining)
buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida moliyaviy ijara obyektining joriy qiymati
bo‘yicha tan olinishi lozim.
9. Moliyaviy ijara obyektlari berilganda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining)
buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan moliyaviy ijara
obyektining boshlang‘ich (agar berilayotgan obyekt oldin foydalanilmagan bo‘lsa) yoki qoldiq (agar
obyekt berilgunga qadar foydalanishda bo‘lgan bo‘lsa) qiymati o‘rtasidagi farq 8510 “Uzoq
muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida hisobga olinadigan moliyaviy
ijara obyektlarining qayta baholash natijalarini, ya’ni ushbu moliyaviy ijara obyekti bahosining
oldingi o‘sishi summasining, ijara obyekti bahosining oldingi pasayishi summasidan ortgan
summasini hisobga olgan holda tuzatishlar qilingandan so‘ng, kechiktirilgan daromad (xarajat)
sifatida aks ettiriladi va ijara (lizing) to‘lovining hisoblanishiga qarab bir maromda (oyma-oy) asosiy
faoliyatning boshqa daromadlariga (boshqa operatsion xarajatlariga) olib boriladi.
10. Moliyaviy ijara obyektlarining ijaraga oluvchiga (lizingga oluvchiga) berilishi, agar
berilayotgan obyekt oldin foydalanilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara obyektlari moliyaviy ijaraga berilganda, ijaraga beruvchining (lizingga
beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymatiga:
debet 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
b) moliyaviy ijara obyektlarining balans qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
v) moliyaviy ijara obyektining qayta baholash natijalari (qoldiq) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarini berish natijasida
kechiktirilgan daromadlar paydo bo‘lganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
d) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarini berish natijasida
kechiktirilgan xarajatlar paydo bo‘lganda:
debet 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
11. Moliyaviy ijara obyektlarining ijaraga oluvchiga berilishi, agar berilayotgan obyekt oldin
foydalanishda bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni asosiy vositalar tarkibida bo‘lgan holatda, buxgalteriya hisobida
quyidagicha aks ettiriladi:
a) asosiy vositalar moliyaviy ijaraga berilganda, ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida
aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymatiga:
debet 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
b) asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);


v) asosiy vositalarning jamlangan eskirishi hisobdan chiqarilganda:
debet asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
g) ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijara obyektini yetkazib berish va uni belgilangan
maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga
to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
d) asosiy vositalarning ushbu obyektini qayta baholash natijalari (qoldig‘i) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
e) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni berish natijasida kechiktirilgan
daromadlar paydo bo‘lganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
j) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni berish natijasida kechiktirilgan
xarajatlar paydo bo‘lganda:
debet 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
12. Moliyaviy ijara obyektlarining moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilishi natijasida paydo
bo‘lgan kechiktirilgan daromadlar va kechiktirilgan xarajatlarning hisobdan chiqarilishi
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha
moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan uzoq muddatli kechiktirilgan
daromadlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida paydo
bo‘lgan kechiktirilgan daromadlarning joriy qismining hisobot davri davomida bir maromda
moliyaviy natijalarga o‘tkazib borilishi:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha
moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan
xarajatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
kredit 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida paydo
bo‘lgan kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismining hisobot davri davomida bir maromda moliyaviy
natijalarga o‘tkazib borilishi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti.
13. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalar joriy hisobot davriga
tegishli bo‘lgan ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) hisoblangan daromadi summasini
(ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:


debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyoti.
14. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalar joriy hisobot
davriga tegishli bo‘lgan ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) hisoblangan daromadi
summasini (ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha
aks ettiradi:
debet 4830 “Olinadigan foizlar”schyoti;
kredit 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”schyoti.
15. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijaraga
oluvchidan (lizingga oluvchidan) ijara (lizing) to‘lovlarining kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan uzoq
muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) pul
mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelmagan ijara
(lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda ijaraga
oluvchidan (lizingga oluvchidan) oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashishga) olib
borilganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”.
16. Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijaraga
oluvchidan (lizingga oluvchidan) ijara (lizing) to‘lovlarining kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan uzoq
muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) pul
mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelmagan ijara
(lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;


g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda, ijaraga
oluvchidan (lizingga oluvchidan) oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 “Boshqa olingan bo‘naklar” schyoti;
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti.
17. Moliyaviy ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi)
tomonidan moliyaviy ijara obyektining qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara obyektining qoplanmagan qiymati
summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
b) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini
yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplash uchun tan
olinishi:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan
amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va
boshqalar) summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700),
sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar
(6500) va boshqa tegishli schyotlar;
g) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini
yaxshilash bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
18. Ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara obyektini muddatidan oldin
qaytarishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara to‘xtatilgan sanadagi moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara
obyektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar — joriy qismi” schyoti;
kredit 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyoti — uzoq muddatli qismi;
b) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini
yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplash uchun tan
olinishi:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida
vujudga kelgan kechiktirilgan daromadlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazish:
debet 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti — joriy qismi;
debet 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyoti — uzoq muddatli
qismi;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti;


g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara obyektlarining berilishi natijasida
vujudga kelgan kechiktirilgan xarajatlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazish:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyoti — joriy qismi;
kredit 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti — uzoq muddatli qismi;
d) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan
amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va
boshqalar) summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700),
sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar
(6500) va boshqa tegishli schyotlar;
e) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara obyektini
yaxshilash bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.

Yüklə 97,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə