Nizomiy nomidagi


Muammoning о‘rganilganlik darajasi



Yüklə 62,08 Kb.
səhifə2/8
tarix16.04.2023
ölçüsü62,08 Kb.
#105902
1   2   3   4   5   6   7   8
305-GURUH O‘rmonova Sharifa“Pedagogik texnikaning ta’lim tarbiya jarayonidagi o‘rni”

Muammoning о‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimiz olimlaridan pedagogika texnikani rivojlantirish bo‘yicha RR.Ahlidinov, R.Djuraev, U.Begimqulov, E.Kenjaev, N.Qosimov, N.Matyaqubov, U.Inoyatov, R.Ishmuxamedov, O.Musurmonova, N.Muslimov, M.Mirsolieva,S.Turg‘unov, U.Xayitov, F.Ravshanov, R.Fayziev, Sh.Qurbonov, G‘.Shoumarovlar hartomonidan tadqiqotlar olib borilgan.
MDHmamlakatlarida pedagogik texnikani muommolari yuzasidanR.Kvesko, E.Kondratev, R.Abramov, Ye.Bogdanov, V.Zazigin,Yu.Masalova, V.Komarovskiy, L.Alekseeva, A.Petrovskiy, M.Yaroshevskiylar tomonidan o‘rganilgan.
N.V.Kuzmina, A.K.Makarov, V.A.Slastenin, S.D.Smirnov, A.V.Xutorskiy va boshqa olimlarning pedagogik tatqiqot ishlarini analizi, shuningdek, milliy ta’lim tizimining amaliyoti kasbiy kompetentlik tushunchasiga nisbatan ilmiy qiziqishning ortib borayotganligini ko’rsatadi.
Kurs ishining maqsadi: ta’lim oluvchilarda pedagogik texnikani shakllantirishning mazmuni va texnologiyasini takomillashtirish.


Kurs ishining vazifalari:
Pedagogik faoliyatini mohiyatini aniqlash orqali pedagogic texnikani yoritib berish;
Pedagogik texnikani xususiyatlarini ochib berish;
Pedagogik texnikaning modelini ishlab chiqish;
Pedagogik texnikani texnologiyasin takomillashtirish.
Tadqiqot obyekti ta’lim oluvchilarning pedagogik texnikasini shakllantirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti ta’lim oluvchilarning pedagogik texnikasini mazmuni, shakl, metodlari va vositalari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, qo’lga kiritilgan natijalar ta’lim oluvchilarning pedagogik texnikani takomillashtirish.
I-BOB.PEDAGOGIK TEXNIKA VA UNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
1.1. “Pedagogik texnika” tushunchasi.
Pedagogik texnika - o‘qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari - bu avvalo o‘qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko‘nikmalari hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so‘zlay olishi, o‘z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg‘usini jilovlay olishi, o‘zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va panto- mimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so‘zning cheksiz qudrati orqali o‘quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o‘tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir.
O‘qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko‘nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida o‘qituvchi ta’lim muassasalarida ta’lim- tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo‘ladi:

  • Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika,pantomimika);

  • Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;

  • Mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi;

  • Nutq texnikasini (nafasolish, ovozniboshqarish, nutq tempi) bilishi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi.

Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liqbo‘lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamraboladi:

  • O‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;

  • Ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi;

  • Ta’lim muassasasida va o‘quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;

  • T‘quvchilar bilan pedagogic muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi .

O‘qituvchining tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o‘z harakatlarini boshqarishida aktyorlik san’atiga xos bo‘lgan xususiyatlari, ya’ni mimic va pantomimic qobiliyatlari muhim rol o‘ynaydi. Aktyor bir obrazni ma’lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko‘rinishda sahnada namoyish etsa, o‘qituvchi butun o‘quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni o‘tilgan mavzular bilan bog‘lab, zamonaviy innovatsion usullar vositasida o‘quvchilar ongiga etkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko‘radi, sinf jamoasidagi o‘ziga xos pedagogic va psixologik muhitni, har biro‘quvchining shaxsiy xususiyatlarin ie’tiborga olib pedagogic faoliyat ko‘rsatishga majbur. Bunday ulkan mas’uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o‘qituvchidan yuksak pedagogic texnik tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi pedagogic mahorat tizimida pedagogic texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqaraolishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutqtexnikasin iegallashi va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntiradi.
Demak, pedagogic texnika o‘qituvchi kasbiy faoliyatida shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisiki, u o‘qituvchining pedagogic faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqarishishlarida asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 62,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə