Nizomiy nomidagi


XULOSAVATAKLIF-TAVSIYALAR



Yüklə 62,08 Kb.
səhifə7/8
tarix16.04.2023
ölçüsü62,08 Kb.
#105902
1   2   3   4   5   6   7   8
305-GURUH O‘rmonova Sharifa“Pedagogik texnikaning ta’lim tarbiya jarayonidagi o‘rni”

XULOSAVATAKLIF-TAVSIYALAR


Hozirgi davr talablari nuqtai nazaridan, o‘qituvchiga qo‘yilayotgan javobgarlik hissi kengayib, murakkablashib bormoqda.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlaming yuksak natijalari bevosita o‘qituvchilarning qizg'in mehnati samarasiga bog'liq. Vatanimizning porloq kelajagi uchun yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib voyaga etkazishda o‘qituvchining kasbiy bilimi, faoliyat texnikasi mutlaqo yangilanib, hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajada bo‘lishi kerak.
O‘qituvchining pedagogik texnikasi ham vatanparvarlikka, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlashga, o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishiga asoslangan bo‘lishi shart. Shu ma’noda taniqli adib Tursunoy Sodiqova asarlarida hozirgi kun o‘qituvchisiga qo‘yiladigan “Murabbiylikning shartlari” oqilona berilgan: ‘‘...Siz insonlarning hech bir yo‘q joydan “shoxini kо ‘kartirish ”, qulfi dilini ochish, dunyosini kengaytirish, kechagi holatidan bugunini yuksakroq qilish uchun bu ishga qo`l urdingiz.
Ammo oldin biling: umringizni sarflab olib borayotgan harakatlaringiz ro‘parangizdagi о‘quvchiga yoqayaptimi, yo‘qmi? Bor gap shunda! Murabbylikni xohlagan, shu kasbga о‘qigan odam murabbiy bo‘lib qolmaydi. Ustozlikning o‘ziga xos parhezlari, bosib o‘tilmaydigan chegara chiziqlari bordir! Birinchidan, dilingizda ustoz—murabbiyning yozilganu yozilmagan qonun-qoidalariga bo‘ysunaman, degan Allohga qasamingiz bo‘lsin Ikkinchidan, niyatingiz sof bo‘lsin! Men insonlarni faqat yaxshilikka о‘rgataman deng, orqamda о‘z qo‘lim bilan yaratilgan fayzli bog‘lar qoladi, deb tilak tilang! Toki shogirdlaringiz sizning sharofatingiz bilan faqat savob ishlarga dahldor bo‘lsinlar. Uchinchidan, haqiqiy murabbiy bo‘laman desangiz, birovga biror narsa õrgatishni astoydil xohlang va siz ilmga nisbatan muhabbat qo‘ying! Har bir ishingizga fidoyilik bilan kirishing. Buning otini ixlos deydiladi! Shu ishtiyoq sizda qanchalik kuchli bo‘lsa, Tangri sizga shuncha uquv beradi, ep beradi, mushkullaringizni O‘zi osonlashtiradi.
Murabbiylikda ta’tilga chiqish, sog'ligi, kayfiyatiga qarab faoliyatini to‘xtatish degan gap yo‘q. Yo‘lda ham, cho‘lda ham, hammafasl, ham manzilda, qo‘yingchi, umrigizning oxirgi nuqtasigacha siz faoliyat ustidasiz. Bu degani, sizning borlig'ingiz, har bir so‘z, har biri shorangiz odamlar uchun nur, madad va xaloskorlikdir. Nazardan qolgan, qarg‘ish olgan, loqayd murabbiylar tarbiya maskanlariga qadam bosmasliklari kerak. Ular ishlayveradilar, ammo o‘qituvchilikning noni yuqmaydi, ro‘shnolik ko`rmaydilar, falokatlari arimaydi, niyatlariga yetmaydilar. Chunki muqaddas kitoblarda “ne bersak, egallab turgan kasb koringizdan berurmiz” deb yozilgan. Kasbga halollik buyuk ibodatdir”' .
O‘qituvchidan o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lishni, fidoyilikni, yuksak ma’naviyatni, tinimsiz mehnatni o`quvchilarga nisbatan mehr va muhabbatni, halol va pokiza bo‘lishi talab qiladi. Bu aynan о‘qituvchi pedagogic texnikasining ham muhim xususiyatlaridan biridir.

Yüklə 62,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə