Nizomiy nomidagi


Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari



Yüklə 62,08 Kb.
səhifə3/8
tarix16.04.2023
ölçüsü62,08 Kb.
#105902
1   2   3   4   5   6   7   8
305-GURUH O‘rmonova Sharifa“Pedagogik texnikaning ta’lim tarbiya jarayonidagi o‘rni”

1.2. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.

O‘qituvchining tashqi ko‘rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o‘qituvchining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo‘ladi va ular o‘qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, mashg‘ulotlarni samarali va mazmunli o‘tishida puxta zamin tayyorlab beradi.


Pantomimika- bu gavda, qo‘l va oyoqlarning harakatidir. U asosiy firkni ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. O‘qituvchi o‘zgavdasi, qo‘li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik ma’lumotlarning obrazini “chiza” olsa, o‘quvchilar bundan zavqlanadilar, ular ichki his-tuyg‘ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo‘shilib butun ongini o‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirishga qaratadilar. Pantomimika gavdani rost tutib yura bilish, qo‘l va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi, fikrlarini aniq va to‘liq bayon qilib qo‘lini, boshini turli harakatlarda ifodalash o‘qituvchining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning uchun o‘qituvchining o‘quvchilar oldida o‘zini tuta bilish holatini tarbiyalashi lozim (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish). O‘qituvchining yurishi, qo‘l va oyoq orqali imo- ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo‘lishi kerak. Masalan: auditoriyada orqaga oldinga tez-tez yurish, qo‘llari bilan turli imo-ishoralar qilish, boshini har tomonga tashlash vahokazo. Bunday holatlar dars davomida o‘quvchilarning e’tiborini bo‘lib, g‘ashini keltiradi va o‘rganilayotgan fanga, o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik kayfiyatini uyg‘otadi.
O‘qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o‘z hissiy holatini boshqara olishi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida qizg‘in kuzatuv ostida bo‘ladi. Uning kayfiyatidagi o‘zgarishlar pantomimik harakatlarida namoyon bo‘ladi. Shu tufayli o‘quvchilarga ta’lim-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish jarayonida (darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umid baxshlik, xayrixohlik kayfiyatida bo‘la olish qobiliyatlariga ega bo‘lishi zarur. Pantomimik harakatlar tizimi o‘qituvchiga birdaniga paydo bo‘ladigan ko‘nikma emas. Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz ishlashi, ilk pedagogik faoliyati davrida kamchiliklarini tezda topib bartaraf eta olishi darkor. Chunki, yillar davomida o‘qituvchi o‘zining har bir harakatiga moslashib uni odat qilib olishi mumkin. Mukammal pantomimik malakalarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, ko‘p yillik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimin io‘zida tarbiyalab asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini saqlay oladi.

Yüklə 62,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə