Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Yüklə 65,86 Kb.
səhifə1/7
tarix19.07.2023
ölçüsü65,86 Kb.
#119700
  1   2   3   4   5   6   7
Boshlang\'ich sinflarda so\'z birikmalari ustida ishlash



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI


Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishi
403/5 -guruh talabasi Xakimova Maxliyoning
Boshlang'ich sinflarda so'z birikmalari ustida ishlash”
mavzusidagi
KURS ISHI

Toshkent-2023
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………...…….3
I.BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA SO‘Z BIRIKMALARI USTIDA ISHLASHNING SAMARALI USULLARI
1.1. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida so‘z birikmasi yuzasidan berilgan bilimlar tahlili…………………….……………………………………………….5
1.2. Boshlang‘ich sinflarda so‘z birikmalari ustida ishlash……….……………....14
II.BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA SO’Z BIRIKMASI VA GAP USTIDA ISHLASHNING NAZARIY ASOSLARI
2.1. Boshlang’ich sinflarda so’z birikmasi va gap ustida ishlash usullari……….18
2.2. Boshlang’ich sinflarda so’z birikmasi va gap ustida ishlash metodlari….......24
XULOSA…………………………………………………...…..…………………29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………..30

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Grammatik tushunchalarda boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o’ziga xos xususiyati, ya’ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o’ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin bo’lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va boshqalarning o’ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik tushunchaga asos bo’lgan dastlabki materialning o’zi yetarli darajada mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani hisoblanadi. Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda tushuncha juda ko’p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun mavhum tafakkur ma’lum darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Mavhum tafakkur ta’lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig’indisini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni ta- fakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi.O’quvchilarda tushunchani shakllantirishning natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog’liq.

Yüklə 65,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə