Mundarija: Kirish I bob. Kar bolalarning talaffuz malakalari ustida ishlashning ilmiy nazariy asoslari



Yüklə 53,61 Kb.
səhifə1/8
tarix11.05.2023
ölçüsü53,61 Kb.
#109707
  1   2   3   4   5   6   7   8
Tayyorlov guruhlarida kar bolaning talaffuz malakalari ustudi ishlash


Tayyorlov guruhlarida kar bolaning talaffuz malakalari ustudi ishlash
MUNDARIJA:
Kirish
I BOB. KAR BOLALARNING TALAFFUZ MALAKALARI USTIDA ISHLASHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Muammoning pedagogik psixologik metodlari adabiyotlarda yoritilishi.
1.2. Tayyorlov guruhidagi kar bolalarning oʻziga xos xususiyati.
II BOB. KAR BOLALAR TAYYORLOV GURUHIDA BOLALAR USTIDA ISHLASHNING SAMARALI YOʻLLARI.
2.1. Talaffuz malakalari ustida ishlashning karreksion pedagogik ish tizimi.
2.2. Tayyorlov guruhidagi kar bolalar talaffuz malakalari ustida ishlashda qoʻllaniladigan samarali metodlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritgan davrni sarhisob qilsak, hukumatimiz tomonidan inson manfaatlarini ko’zlash va himoyalash jarayonida jamiyatimizning alohida yordamga muhtoj qatlamiga jiddiy e’tibor qaratib kelinayotganini kuzatamiz. BMTning bolalar muammolari bilan shug’ullanuvchi YuNISEF tashkilotining ijtimoiy monitoring natijalarida ham O’zbekiston bu borada o’ziga xos yutuqlarga erishayotgan davlatlardan biri ekanligi ko’rsatiladi1. Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritgan davrni sarhisob qilsak, hukumatimiz tomonidan inson manfaatlarini ko’zlash va himoyalash jarayonida jamiyatimizning alohida yordamga muhtoj qatlamiga jiddiy e’tibor qaratib kelinayotganini kuzatamiz. BMTning bolalar muammolari bilan shug’ullanuvchi YuNISEF tashkilotining ijtimoiy monitoring natijalarida ham
Mamlakatimizda eshitishida nuqsoni bo’lgan tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarining sog’lom tengqurlari qatori milliy ruhda tarbiyalanishlari, aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy jihatdan kamol topishlari, jamiyatdagi ijtimoiy hayotga mustaqil, etuk fuqarolik darajasida tayyor bo’lib etishishlari masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ushbu vazifalarni hal etishda so’zlashuv nutqi markaziy o’rinni egallaydi.
Ma’lumki, til vositasida inson muloqotga kirishadi fikr almashadi, axborot oladi, bilim, ko’nikma va malakalarni egallaydi. Jamiyatda tilni o’zlashtirish jarayoni kishilarning o’zaro nutqiy faoliyati (kommunikastiyasi) sharoitida amalga oshadi. Ushbu jarayonda insonning eshitish faolligi o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, u so’zlashuv nutqining shakllanishi va rivojlanishidagi bosh omillardan biridir. Shunga ko’ra ham ushbu masala jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida yashab o’tgan olim va pedagoglarning diqqat markazida bo’lib kelgan.Zamonaviy maxsus ta’lim tizimining nazariy asoschisi L.S.Vigotskiy eshitishning buzilishi oqibatida yuzaga kelgan soqovlik – insoniy nutqning mavjud bo’lmasligini keltirib chiqarsa, o’z navbatida, nutqni egallay olmaslik umumiy madaniy rivojlanishga katta salbiy ta’sir ko’rsatishini alohida qayd etadi2.
Eshitishida nuqsoni bo’lgan tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarini atroflicha o’rgangan R.M.Boskis eshitish analizatori funkstiyasining nisbatan oz buzilishi – shivirlashni idrok etish imkoniyatining chegaralanishi ham bola nutqining me’yorda rivojlanishiga, buning oqibatida mantiqiy tafakkurining shakllanishiga to’sqinlik qilishini ko’rsatib o’tadi 5.
Zamonaviy surdopedagogika sohasidagi qator yutuqlar so’nggi yillarda
E.I.Leongard, E.G.Samsonova (1991), N.D.Shmatko, T.V.Pelimskaya (2003), I.V.Koroleva, V.I.Pudov, O.V.Zontova (2001), A.D.Salaxova, N.V.Kochegarova (2001), V.N.Svodina (1998) kabi etuk olimlar tomonidan olib borilgan kurs ishi ishlari bilan bog’liq. Ularning tibbiyot hamda pedagogika sohasidagi yutuqlardan keng foydalangan holda olib borgan izlanishlari eshitishida muammosi bo’lgan bolalar abilitastiyasi va reabilitastiyasi darajasining yuqorilashuviga, eshitish va nutq muammosining erta korrekstiya qilinishi orqali erta ijtimoiy moslashuviga samarali ta’sir ko’rsatmoqda3. Eshitishida nuqsoni bo’lgan tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ta’lim-tarbiyasi muammolarini tadqiq qilish L.S.Vigotskiy,

  1. M.Boskis, K.G.Korovin, V.A.Sinyak, A.G.Basova, S.F.Egorov, A.G.Zikeev,

  2. A.Zikov, A.I.Dyachkov, E.V.Mironova, N.G.Morozova, B.D.Korsunskaya, E.I.Leongard, M.K.Sheremet, N.D.Shmatko, L.A.Golovchist kabi rus olimlarining diqqat markazida bo’lib keldi. Ushbu olimlarning olib borgan kurs ishilari natijasida eshitishida muammosi bo’lgan bolalar ham, xuddi sog’lom tengqurlari kabi, ijtimoiy shaxs bo’lib etishishlari uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanliklari hamda ulardagi mavjud kuchli imkoniyatlarni ishga solish nutqni rivojlantirish asosida amalga oshirilishi lozimligi isbotlandi4. Bolalarning nutqni egallab borishlari sari ularda ijtimoiy (hayotiy) malakalarning shakllanishiga oid imkoniyatlar kengayib boraveradi. Aniqrog’i, faoliyat asosida rivojlantiriluvchi nutq ijtimoiy me’yorlarni egallashning zaruriy shartidir. B.D.Korsunskaya, M.K.Sheremetlar zaif eshituvchi bolalar nutqiy muammolarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar nechog’li erta boshlansa, ularning hayotga, ya’ni ijtimoiy moslashuviga shu qadar erta muvaffaq bo’lishini ta’kidlasalar, E.I.Leongard,

E.G.Samsonova, N.D.Shmatko, T.V.Pelimskaya, L.A.Golovchist bu jarayonda asosiy, ya’ni hal qiluvchi o’rinni ota-onalar va oila a’zolari egallashlarini uqtiradilar.
Milliy surdopedagogikada olib borilgan kurs ishilarda N.Sh.Bekmurodov ,
X.M.Gaynutdinov, F.J.Alimxodjaeva, U.Yu.Fayzieva, N.H.Dadaxo’jaeva,
F.U.Qodirova eshitishida muammosi bo’lgan tarbiyalanuvchilar ta’lim-tarbiyasi jarayonini takomillashtirish orqali ularning ijtimoiy moslashuvlari darajasini ko’tarishning yo’l va vositalari asoslab berildi.Maxsus ta’lim sohasida eshitishida nuqsoni bo’lgan tarbiyalanuvchilar nutqini rivojlantirish, tayyorlov guruh zaif eshituvchi bolalar nutqini rivojlantirish masalalari umumiy tarzda o’rganilgan5 ,ammo yakka mashg’ulotlarda eshitishda nuqsoni bo’lgan tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarining talaffuz malakalarini shakllantirish muammolari ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o’rganilmagan.Kurs ishilarni o’rganish va ularni tahlil etish natijasida yakka mashg’ulotlarda eshitishda nuqsoni bo’lgan tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari talaffuz malakalarini shakllantirish tizimli yondashishni talab qiladigan o’ta murakkab, ko’p qirrali ijtimoiy-pedagogik muammodir, degan xulosaga keldik. Maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotilar sharoitida yakka mashg’ulotlarda eshitishda nuqsoni bo’lgan tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarining talaffuz malakalarini shakllantirishning samarali shakl va usullarini izlab topish, yaratish hozirda dolzarbligi bilan muhimdir.

Yüklə 53,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə