Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini



Yüklə 79,57 Kb.
səhifə6/11
tarix29.04.2022
ölçüsü79,57 Kb.
#86231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
“Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga psixologik tayyorlash Barno

maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini va intelektual rivojlanishi masalalarining ta’sirchan psixologik vositalari, metodlarini aniqlash;

-psixologiyada ilk bolalk va maktbgacha yoshdagi bolalar shaxsining rivojlanishi muammosi jarayoninining ilmiy amaliy jihatlarini, tadqiq qilish.

Kurs ishining: Kirish, ikki bob, to’rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan.

I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga psixologik tayyorlash

Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti

Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o’quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta’sir ko’rsatishning zarur shartidir.

Inson - biososial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tugma ravishda Tashqil topgan xususiyatlari (masalan, ko’rish yoki eshitish sezgilarining, shuningdek, oliy nerv tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatinig ongli subyekti va ijtimoyy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning xulq-atvor (masalan, axloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo’ladi.

Xush, odam psixikasi va xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan bu xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkin? Inson psixikasining tabiati biologik yoki inqilobiy harakterga egami?

Inson shaxsinig tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning muammosi o’z mohiyati jihatidan g’oyaviy harakterga ega, Shu bois, bu masalani hal qilishda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan turli oqimlar, yo’nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogepetik konsepsiya, nazariya bo’lsa, ikkinchi oqim sosiogenetik konsepsiyadir.

Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX asrning ikinchi yarmida maydonga kelgan.

Bola psixik xususiyatlarining tugma tabiati haqidagi ma’lumot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablarining asosini Tashqil etib kelmoqda. Mazkur ta’limot inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yo’l bilan azaldan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga yetilish jarayonidan iborat deb ta’kidlaydi. Ma’lumki, nasliy xususiyatlar tug’ma yo’l bilan nasldan naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bo’lishiga qaramay, bu oqim namoyandalari inson shaxsi va uning barcha xususiyatlari «ichki qonunlar» asosida, yani nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog’liqdir, deb ta’kidlaydilar.

Biogenetik ta’limot, inson qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (chunonchi, imkoniyatlarning chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib qo’yilganligini, o’quvchi imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so’ng ta’lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish, ularning aqliy iste’dod darajalariga qarab turli mavqyedagi maktablarda tahsil olishga zarur deb ta’kydlashadi.

Chunonchi, bu yo’nalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog E.Torndayk o’quvchilarning «tabiyaviy kuchlari» va «tugma mayllar”i psixik rivojlanishning yetakchi omili qilib ko’rsatib, muhitning, ta’lim-tarbiyaning ta’siri - ikkinchi darajalidir deb aytadi.

Avstraliyalik psixolog K.Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotini emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb ta’kidlaydi.

Amerikalik pedagog va psixolog Dj.Dyui-inson tabiatini o’zgartirib bo’lmaydi, odam irsiyat vositasida hosil qilgan ehtiyojlari va psixik xususiyatlari bilan tug’iladi. Bu ehtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo’lib, bazida o’zgarishi, tarbiyaning esa miqdorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi.

Venalik vrach-psixolog Z.Frey mazkur oqim namoyandasi sifatada shaxsning faolligani, uni harakatta keltiruvchi kuchlarni quyidagi tarzda tushuntirishga intiladi. Odam o’zining qadimiy hayvon tariqasidagi avlod-ajdodlaridan nasliy yo’l bilan utgan instinktiv mayllarning namoyon bo’layotgani tufayli faoldi. Z.Freydning fikriga ko’ra, instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi. Z.Freyd, shaxsning faolligini dastavval jinsiy mayllar bilan boglaydi. Biroq instanktiv mayllar jamiyatda xuddi xayvonot olamidagidek erkin namoyon bo’lavermaydi. Jamiyatdagi jamoa hayoti odamni, undagi mavjud instinktiv mayllarni (‘ni, jinsiy mayllarni) juda ko’p jihatdan cheklab qo’yadi. Oqibatda odam o’zining ko’p instinktlari va mayllarini bosishga, tormozlashga majbur bo’ladi. Uning ta’limotiga ko’ra, tormozlangan instinkt va mayllar yo’kolib ketmaydi, balki bizga noma’lum bo’lgan ongsizlik darajasiga o’tkazilib yuboriladi. Ongsizlik darajasidagi bunday instinktlar va mayllar har turli «komplekstiv birlashadilar, go’yo inson shaxsi faolligining haqiqiy sababi ayni shu «Komplekslar»ni namoyon bo’lishidir. Z.Freydning ta’limotidan uning ochiqdan-ochiq biologizatorlik targ’ibotchisi ekanligini, inson shaxsining faolligini jinsiy mayllardan iborat ekanligi haqidagi nazariyasi Ilmiy asosga ega emasligini e’tirof etish mumkin.

Bunday ta’limotlardan, xususan din homiylari keng foydalanib, insonning taqdiri ana shu ilmlar bilan chambarchas bog’liqdir, deb ta’kidlashadi.

L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi;



  1. Chaqaloqlik davri inqirozm.

  2. Go’daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz.

  3. Ilx bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.

  4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.

  5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz.

  6. Puberdat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz.

L.S.Vigotskiy o’zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida Ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq, bu mulohazalarda ancha munozarali, bahodi o’rinlar ham mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi Ilmiy tarixiy ahamiyatiga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to’g’risidagi mulohazali va olga surgan g’oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir.

D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontyev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi, Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi



Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo’lgan davr Bog’cha yoshi davri хisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o’zgarishlari bo’lishini
inobatga olgan хolda 3 davrga: (3-4 yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik Bog’cha
yoshi), (4-5 yosh) o’rta maktabgacha davr, (o’rta bog’cha yoshi), (6-7 yosh) katga
maktabgacha davr (katta Bog’cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va хodisalar olami bilan
munosabatga kirishadi.

Bola insoniyat bo’lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o’zlashtirib,
egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan хattiхarakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat
motivlarining rivojlanishi, хobiliyatlarning o’sib borishi, katga yoshli kishilarning
bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog’i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab
bolaning mustaqi faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog’cha yoshdagi bolalarga
beriladigan tarbiya, ularning murakkab хarakatlarini o’zlashtirish, elementar gigiena,
madaniy va meхnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish, хamda ijtimoiy
axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini хosil qilishga хaratilishi lozim.
Mashхur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning Bog’cha yoshidagi davr
shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari
shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Bog’cha yoshdagi bolalarning ko’zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri,
ularning хarakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini
shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko’rsatishni talab qiladi, lekin u
faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliхadi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bo’lgan munosabat orqali bola axloq me'yorlari,
kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha
boshlaydi.
Bog’cha yoshidagi bola endi o’z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning
хarakati muvofiqlashtirilgan хolda bo’ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana
boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o’zi bilganlarini mustaхkamlashga
eхtiyoj sezadi, o’zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu
davrdagi bolalarga xos xususiyatdir.

Bog’cha yoshidagi bolalarning eхtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib
boradi. Bog’cha yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to’la o’zlashtirganlari va хaddan
tashqari xarakatchanliklari tufayli ularda o’zlariga yaqin bo’lgan katta odamlar va
tengdoshlari bilan munosabatda bo’lish eхtiyoji tuqiladi.
Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular
endi Bog’chadagi o’rtoqlari va qo’ni-qo’shnilarning bolalari bilan хam jamoa bo’lib
o’ynashga хarakat qiladilar. Хamma narsani bilib olishga bo’lgan eхtiyoj kuchayadi.
Bog’cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo’lgan kuchli eхtiyojlardan yana biri, uning
хar narsani yangilik sifatida ko’rib, uni хar tomonlama bilib olishga intilishidir.
Bog’cha yoshidagi bolalar хayotida va ularning psixik jiхatidan o’sishida
qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi eхtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga
undovchi omillardan biridir. Shuning uchun хam qiziqishni bilish jarayoni bilan
bog’liq bo’lgan murakkab psixik хodisa desa bo’ladi. Bolaning kamol topishida
qiziqishning aхamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin хadar chuхurroq
bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shuхullanishdan
zerikmaydi. Bu esa o’z navbatida bolaning diqqati хamda irodasi kabi muхim
xislatlarni o’stirishga va mustaхkamlashiga yordam beradi.

Bola shaxsining rivojlanishida ham o’zgarishlar yuz beradi. Uning shahsiy xulq atvori aktivligida esa motivlar shrarxiyasi paydo bo’la boshlaydi. O’zining va tengdoshlarining ishlarini baholay boshlaydi. Shu tarzda o’z-o’zini baholash yuzaga keladi. Maktabgacha yosh davr davomida maktab ta’limiga tayyorlik shakllanadi.

6 yoshli bolada bilimga qiziqish, (narsa va hodisalarning xossalarini qidirish va taqqoslash, ajablanish) oddiy aqliy operasiyalarni bajara olish qobiliyati shakllangan bo’lishi, emosionalg’irodaviy jihatlari, muloqot ko’nikmalari yetarlicha bo’lishi kerak.



Yüklə 79,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə