Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 79,57 Kb.
səhifə2/11
tarix29.04.2022
ölçüsü79,57 Kb.
#86231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
“Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga psixologik tayyorlash Barno

Foydalanilgan Adabiyot……………………………………………………………30

Kirish

Muammoning dolzarbligi. Ilk bolalik va maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini ilmiy, nazariy jihatlarini o’rganish oliy pedagogik ta’limda muhim amliy ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan ta’kidlash lozimki, jamiyat - bu insonlar, shu jumladan bolalar muammosi majmuidir. Demokratik jamiyatning rivojlanishi va ma’naviy salohiyati ko’p jixatdan ana shu bolalarga beriladigan psixologik, tarbiyaviy ta’lim mazmuniga bog’liq. Har bir bola jamiyatda yashar ekan, u unda o’ziga xos o’rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, shuning uchun u o’ziga xos intilish, layoqat va faollik, intelektual mehnat namunalarini namoyish etadi. Bolalar o’rtasidaga o’zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdaga o’rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini o’rganuvchi qator pedagogik fanlar mavjud bo’lib, ularning orasida psixologiya alohida o’rin egallaydi. Pedagogik psixologiya fani bolalar shaxsining tarkib topishini va ularni o`qitish masalalarini o’rganar ekan, birinchi navbatda bolalar psixologiyasi bilan maxkam bog’liqdir, chunki bolalarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olmay turib, o`quvchilar shaxsining tarkib topishini, ularni o`qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini aniqlab bulmaydi.

Pedagogik psixologiyani o`qitish va tarbiyaning asosini o’rganib va ishlab chikib, o`qitishning va tarbiyaning mazmunini tashkil qiladigan darsliklarga va turli o`quv qurollariga bo’lgan talabni aniqlash, o`qitish va tarbiyaning rasional va samarali metodlarini topish, o`quvchi yoki tarbiyalanuvchilarning bilimlarga e’tiqod kilishiga erishish qonuniyatlarini ochish; o`quvchilarni mehnat va ijtimoiy faolyatiga tayyorlashning psixologik asoslarini ishlab chikish imkoniyatiga egadir.

O’qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini o’rganish pedagogik psixologiyaning predmetini tashkil qiladi. Bu fan o`quvchilar va tarbiyalanuvchilar tafakkurining shakllanishini o’rganadi; o’zlashtirish prosessini idora qilish, aqliy faoliyat usullari va malakalarining tarkib topish muammolarini tahlil qiladi, o`qitish jarayonining, o`quvchi va o’qituvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi munosabatlarning, ta’lim oluvchilar jamoasidagi o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli bo’lishiga ta’sir qiladigan psixologik faktorlarni aniqlaydi; o`quvchilarning individual psixologik tafovutini, bolalar bilan olib boriladigan o`quv-tarbiya ishlarining psixologik xususiyatlarini o’rganadi.

O’smir psixologiyasining predmeti rivojlanayotgan inson shaxsining psixologik xususiyatlari va psixik jarayonlari ontogenezini, inson psixikasining har bir yosh davridagi o’zgarishini o’rganadi.

Pedagogik psixologiyaning predmeti ta’lim tarbiyaning psixologik qonuniyatlari tashkil qiladi. Pedagogik psixologiya ta’lim jarayonini boshqarishning psixologik masalalarini o’rganadi. Bilish jarayonlarining rivojlanishini tahlil qiladi. Aqliy taraqqiyotning ishonchli mezonlarini izlaydi. Tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar orasidagi o’zaro masalalarni o’rganadi. Bundan tashqari pedagogik-psixologiya bolalarga individual yondashuv masalalarini ham o’rganadi.


Yüklə 79,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə