Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 79,57 Kb.
səhifə10/11
tarix29.04.2022
ölçüsü79,57 Kb.
#86231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
“Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga psixologik tayyorlash Barno

Birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli «Nomo Sapiens sifatida o’rganiladi.

Ikkinchidan, tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti Tariqasida shaxs tadqiqi etiladi.

Uchinchidan, individ muayyan ko’lamda o’zgaruvchan, taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishning yetakchi tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv tarbiya predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq bilan ko’p qirrali hamda aloqaga kirshlishi quyidagi tarzda namoyon bulishi mumkin:

-tabiatning biologik va abiotik omillari - inson;

-jamiyat va uning tarixi taraqqiyoti - inson;

-inson - texnika;

-inson madaniyat

- inson va jamiyat yer va fazo;

XXI asrda ham odam individ, shaxs, subyekt, komil inson sifatida talqin qilinishda davom ettiriladi, Lekin har bir tushuncha mohiyatida sifat o’zgarishlari yuz berishi mumkin.

Insonning tabiatini o’zlashtiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacha qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil-inson ortirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishdir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo’lib, u kishining iidividual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib toiadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam tugilib o’sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo’lsa, ikkinchisi, odamga o’zsxq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nixoyat, uchinchisi odamga nasliy yo’l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir.

Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rol hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o’ttanimizdek, faqat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bog’liqdir. Bu faktor nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va ko’zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tugma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hyech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hyech vaqg uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari. bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l: bilan berilmaydi. Nihoyat, nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematika qobiliyatlarda nasliy yo’l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ruyobga chiqish uchun albatta, ma’lum sharoit bo’lishi kerak.


Yüklə 79,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə