Nazariy savollar Xalq og’zaki badiiy ijodi haqida ma’lumot


Hayot sharobidan bir qultum yutay



Yüklə 35,34 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü35,34 Kb.
#158505
1   2   3   4   5   6
oraliq nazorat

Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g’animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy
bo’lib jaranglagani bejiz emas. Shunda U, ya’ni Alloh, hamisha tirik ekan, asl ma’rifatli, iymonli insonlarning umri boqiydir, degan ma’noni ko’rishimiz mumkin.
Adibning ‘’Vaqt’’ she’ridagi ushbu misrasida ‘’bir qultum’’ lahzaning boshqa bir shakli ‘’ nafas’’ning sharobga bog’liq ekanligini bildiradi. Barchamizga ma’lumki, nafas olinadi-chiqariladi. Sharob esa qultum holida yutiladi. Bu yerda bir qultum sharob, bir lahzaga tenglashtirilyapti. Lahza esa g’animat sifatida ‘’umrzoq soqiy’’ bilan qiyoslangan. O’ta nozik ishora bilan ‘’g’animat’’ ‘’umrzoq’’ qa, ‘’damlar’’ mangulikning hoziru-nozir vakili hisoblangan ‘’soqiy’’ga qarshilantirilmoqda. Shuning uchun mangulikka sobit timsol kerak, uni esa jumlaning ushbu qatorida ko’rishimiz mumkin: quyosh-ku falakda kezib yuribti’’, umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.
Ba’zan shoir ijodidagi zamonasizlik haqida gapirilganiga guvoh bo’lamiz. ‘’Vaqt’’ she’rini ham ushbu oqimga qo’shib qo’yishadi. Zamonasizlik zamonga, davr talabiga qarab ish tutishlikni, ijod qilishni anglatsa, unda ‘’Vaqt’’ she’ri bunday zamonasizlikdan ancha yuqori turadi. Umuman , bu kabi asarlarga oddiy mezon bilan yondashibham, bunday me’zonlarni ‘’Vaqt ‘’ kavi she’rlarga qo’llab ham bo’lmaydi. She’rni zamonasiz asarlar sirasiga kiritganlarni, unda joriy zamonga oid voqea –hodisa va shaxslar tilga olingani bizni chalg’itgan bo’lishi mumkin. Lekin biz o’zimizni G’afur G’ulomning o’rniga qo’yib ko’rsak hamda vaqt haqida she’r yozsak, qanday qilib davrimizdagi hodisalarni tilga olmasligimiz mumkin. G’afur G’ulom ham o’z zamonasining davri haqida yozgan, shuning uchun ham adibning ushbu she’rini zamonasizlik deyishga haqqimiz yo’q deb hisoblayman. ‘’Vaqt’’ she’riga kelsak, bu she’r batamom vaqt haqida yozilgan, zamona esa shu vaqtning bir parchasi, abadiyat nigohida qaralsa, u mutlaq vaqtning bir parchasi xolos. ‘’Vaqt’’ she’rini zamonasiz asarlar sirasiga kiritayotganlar esa, she’rning mohiyatini yaxshi tushunmagan hamda uni anglamagliklaridan dalolatdir. G’afur G’ulomning ‘’Vaqt’’ she’rini qisqacha tahlil qilish natijasida, vaqtning qadri, har bir o’tadigan soniyamizning qadrini anglashimiz, uni behuda narsalarga sarf qilmasligimiz kerak.
Vaqt qadrlay bilgan odam foydasiga yuradi. Ibn Qayyum aytadi: “ Aslida, inson vaqti uning umridir. Vaqt bulutlardek o’tib ketadi. Kishi o’z zamoni va vaqtining qadrini bilishi, hatto biror lahzasini behuda o’tkazmasligi vashu asnoda eng afzal so’z va ishlarni bajarishi lozim. Doimo niyati yaxshilikda bo’lishi va bajariladigan amallarida sustkashlik qilmasligi kerak.
Shunday ekan har birimiz, o’tayotgan har bir daqiqa, har bir onimizni nimaga sarf qilayotganimizni anglashimiz kerak. Umr bir marotaba beriladi. Shu berilgan umrdan, samarali foydalanish har birimizning o’z qo’limizda.


  1. Yüklə 35,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə