Nazariy savollar Xalq og’zaki badiiy ijodi haqida ma’lumot


A.Navoiyning “Hayrat ul abror” va “Farhod va Shirin” dotonlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarning aks ettirilishi



Yüklə 35,34 Kb.
səhifə5/6
tarix24.12.2023
ölçüsü35,34 Kb.
#158505
1   2   3   4   5   6
oraliq nazorat

A.Navoiyning “Hayrat ul abror” va “Farhod va Shirin” dotonlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarning aks ettirilishi.

Hayrat ul-abror (oʻzbekcha: Yaxshi kishilarning hayratlanishi) — Alisher Navoiy qalamiga mansub "Xamsa"ning birinchi dostoni (1483) boʻlib, pand-nasihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston. 3,988 baytdan iborat boʻlib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan. Aruzning sareʼ bahrida yozilgan. Asar anʼanaviy muqaddima — hamd va naʼt bilan boshlanadi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari mana shu muqaddimada oʻz aksini topgan. Uningcha, dunyoning boshi ham, oxiri ham, yaratuvchi ham, kuzatuvchi ham Allohdir: Avval oʻzung, mobayn oʻzung, Barchaga xoliq, boriga ayn oʻzung.
Asarda shoir Alloh, borliq, inson haqida shunday fikrlaydi: bir vaqtlar bu jahon pinhon (yashirin) edi. Na yer, na koʻk, na kun, na tun — hech narsa yoʻq edi. Sendan boshqa hech kim, hech narsa yoʻq edi. Nozir ham, manzur ham oʻzing eding. Ishqingdan mast, husningdan masrur eding, husning jilvasiga cheku chegara yoʻq edi. Senga koʻzgu kerak boʻldi va shu maqsad bilan dunyo maydonga keldi. Demak, dunyo sening jamolingga oynadir. Sen dunyoni gʻoyat goʻzal (latif) qilib yaratding, lekin hammasidan insonni ulugʻ (sharif) aylading. Binobarin, Alloh har narsadan ulugʻ va yaqin tutgan inson ham tabiatning, ham jamiyatning gultojidir. Navoiy dunyoni Allohning namoyon boʻlishidir, deb biladi. Inson esa uning markaziy siymosi.
2 bob ustozlar taʼrifiga bagʻishlangan, 2 bob soʻz va undagi maʼno haqida. Soʻng Husayn Boyqaroga, ulugʻ pirlar: Bahouddin Naqshband, Xoja Ahrorga bagʻishlovlar keladi. Nihoyat, 22-bobdan maqolatlar boshlanadi. 1-maqolat iymon, 2-maqolat islom, 3-maqolat shohlar haqida. Unda shoir bevosita shohga murojaat qiladi: "Ey, dabdabasi olamni tutgan sulton, senga haq hukmfarmolik berdi, qoʻlingni baland qilib, el-xalqni, ne-ne buyuklarni qoshingda past etdi. Lekin shuni bilki, sen ham ularning koʻpidan ojizroq bir bandasan... Haq senga vazifa topshirgan. Birinchi vazifa — bergan neʼmatiga shukr qilmoq, ikkinchisi — xalqni xurram tutmoq, haqini haqlab bermoq, asramoq. U senga omonat berilgan. Agar sen elning bir siniq ignasini tortib olsang, oxiratda olmos xanjar boʻlib, bagʻringga qadaladi. Ingichka bir ip kabi zarar yetkazgan boʻlsang, uni seni halok qiluvchi ilon deb bilaver... Beayb Parvardigor, lekin ayb qildingmi, tavba qil. Adolatsizlik qildingmi, adolat qil". Shu tariqa har bir maqolat bir mavzuga bagʻishlangan. Shoir dastlab mavzu bilan tanishtiradi. Unga munosabat bildiradi, yaʼni tasdiq yo inkor etadi, ayni mavzuga munosib biror ibratli hikoya keltiradi.
Navoiy dostonda umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollar qoʻyadi va keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob beradi. Dostonda oʻsha davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar oʻz ifodasini topgan.

Farhod va Shirin — eronlik xalqlar adabiyotlarida anʼanaviy mazmunga ega boʻlgan va bir necha ijodkorlar tomonidan qalamga olingan ishqiy qissa va dostonlardan birining nomi.


Farhod va Shirin timsollari fors-tojik adabiyotida X-XI asrlardan boshlab Abulqosim Firdavsiyning „Shohnoma“, Nizomiy Ganjaviyning „Xusrav va Shirin“, Xusrav Dehlaviyning „Shirin va Xusrav“, oʻzbek shoiri Qutbning „Xusrav va Shirin“ dostonlarida eng fidoyi oshiq va maʼshuqalar sifatida tasvirlangan. Alisher Navoiy Sharqda bu anʼanaviy ishqiy qissani qayta ishlab, uni yangidan shakllantirgan, Farhod va Shirinni dostonning bosh qahramonlari sifatida tasvirlagan va unga „Farhod va Shirin“ deb nom qoʻygan.
Navoiy yigitlik davrida „Topmadim“ radifi bilan yozgan gʻazallarining birida yoshligida oʻzi qayta-qayta oʻqib, diliga jo qilgan dostonlar toʻgʻrisida soʻz yuritadi, unda shunday bir bayt bor: "Koʻp oʻkudum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin, Oʻz ishimdin bulʼ ajabroq dostone topmadim".
Demak, Navoiy yoshligidan boshlab mashhur oshiq va maʼshuqalar, shu jumladan, Farhod, Shirin haqidagi qissalarni koʻp va qayta-qayta oʻqigan. Shu bilan birga, bu dostonlar vaqt oʻtishi bilan uning shaxsiyati, shaxsiy his tuygʻulari ila birlashib ketgan va koʻnglida Farhod va Shirin haqida butunlay yangi bir doston gʻoyasi shakllana boshlagan. Bu ijodiy reja esa 1483-1484-yillarda amalga oshirilgan.
Navoiyning „Farhod va Shirin“ dostoni u yaratgan „Xamsa“ning 2-dostoni boʻlib, unda Farhod oddiy tosh yoʻnar oshiq emas, balki xoqonning oʻgʻli, aniqrogʻi, Xoʻtan mamlakati podshosining qarilikda koʻrgan yakka-yu yagona farzandi boʻlib, yoshligidan fanning barcha sohalariga qiziqqan, harbiy bilimlarni, ayniqsa, toshyoʻnarlik, kasbini egallashga uringan. U Shirinni otasining xazinasidagi sehrli oynada koʻrib, darhol sevib qoladi. Unga erishish uchun turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. U Arman elida Shirin uchun qazilayotgan ariqni bitkazish ishlarida oʻzining nimalarga qodir ekanini koʻrsatadi. Ammo bosqinchi Eron hukmdori Xusrav bilan kurashda xiyla bilan qoʻlga olinib, qahramonlarcha xalok boʻladi. Uning sevgilisi Shirin esa uning jasadi ustida jon beradi.
15-asrdan keyin turkiy xalqlar adabiyotida Farhod va Shirin nomlari bilan bogʻlangan dostonchilikka Navoiyning shu nomdagi asari oʻzining katta taʼsirini koʻrsatdi. Uygur shoiri Xirqatiyning (17-asr) "Muxabbatnoma va mehnatkom" hamda Abduraim Nizoriyning „Farhod va Shirin“ dostoni Farhod haqidagi xalq afsona va rivoyatlari bilan bir qatorda Navoiy dostonidan ruxlanib yaratilgan. 19-asrda yashab ijod qilgan oʻzbek shoiri Mahzunning „Farhod va Shirin“ dostonida ham Farhod bilan bogʻlik. Navoiy asarlaridagi asosiy syujet chizigʻi saqlangan. Bu dostonida Mahzun Navoiy gʻazallaridan ham foydalangan. Mashhur oʻzbek xalq baxshisi Fozil Yoʻldosh oʻgʻli repertuarida „Farhod va Shirin“ dostoni ham boʻlib, mazmuniga koʻra u koʻp jihatdan Navoiy dostoniga yaqin.
1922-yilda „Farhod va Shirin“ nomi bilan oʻzbek shoiri va dramaturgi Xurshid tomonidan musiqali drama, 1941-yilda mashhur ozarbayjon shoiri Samad Vurgʻun tomonidan drama asari yaratildi. Bu asarlarning yuzaga kelishida Navoiy dostoni birinchi manba boʻlishi bilan birga ularda ulugʻ shoir kuylagan insonparvarlik, mehnatsevarlik, zulmni qoralash goyalari, xalqchillik yanada yorqin oʻz aksini topdi.


Yüklə 35,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə