Onangizni qadrini biling



Yüklə 15,43 Kb.
tarix02.04.2023
ölçüsü15,43 Kb.
#104031
Onangizni qadrini biling


Onangizni qadrini biling

Devorlarni ushlab yura boshlasam Mehmoning kelganda o'tiraman jim


Gaplarim noto'g'ri qura boshlasam Onang ekanligim bilmaydi hech kim
Kallai saharlab tura boshlasam Xonamga qamasang og'riydi dilim
Menga qovog'ingni uyma jon bolam Menga qovog'ingni uyma jon bolam
Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam

Choyinga bo'ktirib yesam nonimni O'ksib yig'layversam xuda-bexuda


Xotining koyisa olma yonimni Birorta on qumsab qolsam gohida
Keyin qiynoqlarga qo'yib jonimni To'rdan go'rim yaqin bilgan chohida
Menga qovog'ingni uyma jon bolam Menga qovog'ingni uyma jon bolam
Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam

Bir gapni o'n marta qaytarib aytsam


Nonga deb ketsamu non olmay qaytsam
Bir kun sog'u o'n besh kun to'shakda yotsam
Menga qovog'ingni uyma jon bolam
Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam

Qimmat idishlaring sindirib qo'ysam


Ko'rpamni quyoshga iydirib qo'ysam
Ustimdan hammani kuldirib qo'ysam
Menga qovog'ingni uyma jon bolam
Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam

Kelmasang o'n marta qilsam qo'ng'iroq


Qaydasan bolam deb ho'p qilsam so'roq
Bilsang havotirdan o'lgan yaxshiroq
Menga qovog'ingni uyma jon bolam
Aslo yolg'izlatib qo'yma jon bolam
Yüklə 15,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə