Nazariy savollar Xalq og’zaki badiiy ijodi haqida ma’lumot



Yüklə 35,34 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü35,34 Kb.
#158505
1   2   3   4   5   6
oraliq nazorat

II. Amaliy topshiriq:

  1. G’ulomning “Vaqt” she’ridagi ilgari surilgan g’oya.

G’afur G’ulom ijodiga nazar solsak, uning she’rlari , asarlari hamda hikoyalari naqadar ichki tuyg’u bilan ifodalanganini ko’rishimiz mumkin. Uning ijodi har jabhani o’z ichiga qamrab oladi. G’afur G’ulom ham ijodkor, ham adabiyotshunos va shu bilan birgalikda akademik- shoir hisoblanadi. Uning ijodiy mahsuli juda ko’p qamrovli bo’lib, ijodga turli usullar bilan yondashgan. Adibning ‘’Vaqt’’ she’ri hammaga ma’lum va mashhur she’rlaridan biri hisoblanadi. G’afur G’ulomning ‘’Vaqt’’ she’ri haqida gapiradigan bo’lsam, bu she’r adibning jiyani tufayli boshlanadi. Ya’ni ‘’Vaqt’’ she’ri sarlavhasida ostida quyidagi so’zlar bitilgan : ‘’Menga soat taqdim etgan jiyanim Hamidulla Husan o’g’liga bag’ishlangan ’’ debyozib qo’yilgan.
Shoir ushbu she’rini yozgan paytda, g’oyat murakkab, sharqona-o’zbekona fikr cheklangan, fikr-mulohazalar esa markscha – lenincha fikr yuritiladigan davr edi. G’afur G’ulom ushbu aqidalar chizig’idan yurmaslik qanchalik xavfli ekanini bilar va shu muhit ichida turib ham ‘’Vaqt’’ she’rini yaratolgan ijodkor edi. Bu davr tuzumini qarshilab o’tish hamda yengib o’tish botqoqqa turib parvoz qilishdan ham qiyin ish edi. Biz shu o’rinda yozuvchi Omon Muxtorning quyidagi so’zlarini yodga olsak ayni muddao bo’ladi: ‘’Hali aytganimiz minbardagi shoir sifatida tanilgan G’afur aka aslida faylasuf, mutaffakir edi. Davr imkon bersa, u faqat falsafiy hamda umuminsoniy she’rlar yozar edi. Zotan, XX asr o’zbek adabiyoti she’riyatidagi G’afur akaga yetkazib, ‘’eng kichik zarradan Yupitergacha….’’ deya keng nafasda so’zlagan boshqa shoir uchramaydi’’.
G’uncha ochilguncha o’tgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik
Ba’zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so’nishi uchun yetgulik.
Adibning ‘’ Vaqt’’ she’riga yuzaki qaraydigan bo’lsak, oddiy ma’no bordek tuyuladi, lekin bu she’rni chuqur o’rgansak, o’ta mavhum hamda qudratli hodisani guvohi bo’lishimiz mumkin. Chunki vaqtsiz hech narsa qilib bo’lmaydi. Hamma ishning oxiri borib vaqtga taqaladi. Bu bandda har bir soniya, har bir on nazarda tutilgan. Vaqt go’yoki kapalak umriga qiyos etilgan, chunki barchamizga ma’lumki, kapalak umri naqadar oz va shu bilan birgalikda bizning umrimiz ham. Shoirning ‘’Vaqt’’ she’ri da vaqt atamasi zohiran soda, botinan esa tushunilishi qiyin she’r hisoblanadi. She’r misralari sirtdan qaraganda oddiy bo’lib ko’rinadi, ularning ma’nosini anglashimiz esa biroz qiyindek tuyuladi. She’r ma’nosini anglamaguncha esa , uning obrazini shakllantira olmaymiz. Bu turdagi she’rlarda avval obraz ko’zga tashlanib, keyin obraz bilan birgalikda ma’no anglashiladi. Lekin G’afur G’ulomning ‘’Vaqt’’ she’rida esa avval so’z va misralardagi ma’noni anglashimiz lozim, shundan keyingina esa bizning ongimizga she’r obrazidagi tasavvurlar kela boshlaydi. Go’yoki, ‘’Vaqt’’ she’ri chalg’ituvchi soddalikni bosib o’tib, zamirida zil ma’nolar yashiringan misralarni anglashga uringan, shunday urinishdan zavq tuya oladigan intellektual kitobxon mulki hisoblanadi. ‘’Vaqt’’ she’rini yuzaki o’qish vaqtni besamar o’tkazish bilan barobardir.
Vaqt Alloh taolo izmidagi sir-sinoatidir. ‘’Vaqt’’ haqida shunchalik mukammal she’r yozgan shoir shu haqiqaqtni bilmasmidi. Albatta, bilardi. Shoirning qizlari Olmos opa o’z esdaliklarida ul zotning do’st-nadimlari ( e’tiborlisi shundaki , ularning barchasi eskicha ta’lim olgan madrasa ko’rgan milliy ziyolilar edilar) yarim tunda allaqaysi radioto’lqinlardan Qur’on tilovatlarini tinglab, yig’lab o’tirishganini ko’rgani haqida yozgan. Bu totalitar davrda yashagan ma’rifatli o’zbek ziyolisi ikkiyoqlama, avra-astar hayot davrida yashaganligidan dalolat berib turadi.
U bir tomondan sho’ro g’oyalarini qabul qilgani holda, ikkinchi tomondan esa asriy zotiy o’zakdan voz kechmaganligini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, ‘’Qur’oni karim’’dagi ‘’Oyatul kursi’’ da ilohiy qalam bilan bitilgan ‘’Faqat uning o’zi bordir.U tirik va abadiy turguvchididir’’ kalomi shoirning ongida

Yüklə 35,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə