Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix24.02.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#84059
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bitiruv malakaviy ishi mavzu Hozirgi o`zbek she’riyatining tara

Panoh so`radimmi borimni yechib,  

o`zni urdimi yo biron eshikka?  

Qaltis lahzalarda orimdan kechib,  

Kirdimmi sichqonlar kirgan teshikka?!  

Qaltis lahzalarda sinalar paytim  

dunyoning ko`ziga qaradim qattiq...

11

 

Bu o`rinda ajdodlarimizga xos bo`lgan insoniy g`urur, jo`mardlikni anglab 

olish qiyin emas, ya’ni katta insoniy qadriyatni. Uning «Eski she’r», «Turkiylar», 

«Sharhi hol», «Tariqat» kabi she’rlari ilgari surilgan fikrlar milliy g`oya va milliy 

mafkuraning  shakllanishiga  xizmat  qilishi  shubhasizdir.  Sharq  she’riyatida 

yaratilgan  «Arbayin»larda  avval  hadisning  arabcha.  forscha  yoxud  turkiy 

                                                           

10

 Yo’ldoshev Q. Dastlabki dovon belgilari. // Sharq yulduzi jurnali, 2001-yil, birinchi fasl, 8-bet. 



11

 Shavkat Rahmon. Saylanma. Toshkent, 2004-yil, 126-bet 




 

 

tarjimasi  keltiriladi,  keyin  nasriy  bayoni  beriladi.  A.Oripovda  esa  hadisning  asl 



shakli  keltirilmay  o`zi  berilaveradi.  Chunki,  gap  shaklida  emas,  mazmun  va 

mohiyatdadur. Bugungi she’riyatga A.Oripov «Haj daftari» va «Hikmat sadolari» 

turkumi bilan hozirgi o`zbek she’riyatiga diniy ma’rifiy g`oyalarni birinchi bo`lib 

olib kirdi.  

Modern  she’riyat  ta’siri  R.Parfi,  B.Ro`zimuhammad,  A.Qutbiddin  va 

Faxriyor  ijodida  ko`proq  ko`rinadi.  Taniqli  olim  Ibrohim  G`afurov  yozganidek, 

«ular  shaklda  ko`proq  Nozimga  (Nozim  Hikmat)  va  Neruga  ergashadilar. 

Nerudan  fikrning  quyuqligini,  fikrlarning  oqim  kabi  harakat  qilishini 

o`zlashtiradi.  Nozimdan  esa  shakllarning  grafik  tasvirini  ,  so`zni  baland  darajali 

ehtiros nuqtasiga olib chiqishni o`rganadilar». 

Zamonaviy  she’riyatning  o`ziga  xosligi  aytib  bo`lmaydigan  sezimlarni 

shakllar,  qabariq  tasvirlar,  obrazlar  orqali  mujassam  bo`lganida.  Modern 

she’riyatning  yana  o`ziga  xosligi  hisni  emas,  ko`proq  fikrlashga  o`quvchini 

undashida. 

Bahrom Ro`zimuhammadning bir she’rida shunday misralar bor: 

… 

bitta so`z qoldirgim keldi 



     ruh  yerto`lasidan o`g`irlangan so`z 

     osmon hidi keladigan so`z  

     dunyoning o`zi qadar 

     anglab bo`lmas sir qadar

12

 

misralardan  suratlanayotgan  hissiyot  holat  tugallanmaganligini,  shoir  hamma 

gapini aytishga urinmaganligini payqash mumkin. Shu shoirning: 

ko`zdan ichkariga yo`l yo`q 

so`zdan ichkariga yo`l yo`q 

ammo xo`roz qichqirig`i ortiga 

shafaqrang qishlog`im bekinib olgan 

                                                           

12

 Ro’zimuhammad B. She’rlar // “Yoshlik” jurnali, 6-son, 2001- yil, 43-bet 




 

 

satrlarida  musiqiylik  odatdagi  she’rlarniki  kabi  sezilarli  emas.  Ammo  unda 



ijodkorning chigal kayfiyati bor. Xo`roz qichqirigi tongning belgisi. Demak, tong 

otsa,  xo`roz  qichqiradi.  Xo`roz  qichqirsa,  shafaqrang  qishloq  namoyon  bo`ladi. 

Qishloqning  shafaqrangligi  ham  bejiz  emas.  Ehtimol,  qishloq  endigina 

ko`tarilayotgan quyosh nuriga ko`milgani uchun ham shunday ta’riflanadi.  

 

Badiiy  asarlarning  qismatini  fransuz  adabyotshunosi  Rolan  Bart  asar  umrini 



ikki omil: badiiy matn muallifi bor (tirik)ligi va muallifi yo`q (o`lgan)ligiga asosan 

belgilab,  o`zining  "Muallifning  o`limi"  nomli  maqolasida  shunday  degandi: 

"Mukammal  asarlarda  muallif  fikri  ishtirok  etmasligi  kerak.  Muallifning  matnda 

o`lishi matn umrini uzaytirdi. U faqat o`quvchiga fikrlash uchun xomashyo berishi, 

o`z  pozitsiyasi  bilan  uning  xayolotini  cheklab  qo`ymasligi  va  bu  bilan  asar 

matnining  bir  necha  ma’noli  bo`lishini  ta’minlashi  zarur"

13

.  Olim  bu  yerda  asar 



muallifining jismoniy o`limini nazarda tutmaydi. Muallifi bor matnlar deyilganda, 

yozuvchi pozitsiyasi ma’lum bo`lgan asarlar, muallifi yo`q matnlar deyilganda esa, 

ijodkor  qarashi  ustuvorlik  qilmagan  asarlar  tushuniladi.  Bunday  asarlarni  tahlil 

qilish,  baho  berish  o`quvchidan  muayyan  badiiy  tayyorgarlikni,  so`z  va  uning 

ma’nolarini nozik ilg`ashni, olam hodisalarini badiiy idrok eta bilishni talab qiladi. 

Bu omillar, albatta, asar saviyasini belgilovchi oxirgi, qat’iy mezon emas, shunday 

bo`lsa-da,  asarning  adabiyot  olamidagi  o`rnini,  badiiy  salmog`ini  ko`rsatishda 

muhim ahamiyat kasb etadi. 

Adabiyotimizda yaratilgan qaysi asarni olmang, deyarli barchasida yozuvchi 

"men"i  u  yoki  bu  darajada  bo`y  ko`rsatib  turadi,  chunki  asar  ko`ngil  mevasi,  u 

ijodkor  ichki  "men"idan,  dunyoqarashidan,  tajribalari,  orzu-umidlaridan,  nihoyat, 

og`riqlaridan yaraladi. Unda ijodkor shaxsning aks etmasligi mumkin emas va bu 

narsa  asar  saviyasini  hech  ham  tushirmaydi

14

.  Bo`lmasa,  asar  boshida  yaratilgan 



"O`tkan kunlar"ning to hozirgacha sevib o`qilishini qanday izohlash mumkin? Axir 

Otabekning  ichki  va  tashqi  ko`rkamligida,  Yusufbek  hojining  vatansevarligida, 

                                                           

13

 



www.literature.uz

. Sayti materiallaridan foydalanildi. 

14

 Yo’ldosheva M. She’r muhimmi, shoir? // “Yoshlik” jurnali, 4-son,2003-yil. 37-bet. 




 

 

Mirzakarim  qutidor  andishasida  Qodiriy  "men"ining  ko`rinishlari  namoyon 



bo`lmaganmidi? Ammo masalaning yana bir tomoni ham bor. Asar yozuvchi ijodi, 

farzandi  bo`lish  bilan  birga  alohida,  mustaqil  olam  hamdir.  M.M.Baxtin  o`zining 

"Adabiyotshunoslikka  qarshi"  maqolasida  aytganiday:  "Ijodkor  hech  qachon  o`zi 

yozgan  asarda  namoyon  bo`lmaydi,  chunki  u  yaratuvchi,  o`zi  yaratgan  olamda 

yaratiq  bo`lishi  mumkin  emas".  Asar  ko`ngildan  qog`ozga  tushgan  daqiqadan 

boshlab  umummulkka  aylanadi,  xuddi  bir  inson  kabi  o`z  taqdiri,  umri,  tutumiga 

ega yaratiq bo`ladi. U ham tug`ilishi, yashashi va o`lishi mumkin. Asar har qancha 

madh etilmasin, jild-jild taqrizlar bitilmasin, o`zida bir ilohiy joziba bo`lmasa, vaqt 

o`tishi bilan unutiladi, ya’ni o`ladi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun esa asar muallifi 

"matnda  o`lishi",  asarda  uning  badiiy  irodasi  o`qlog`day  bo`lib  turmasligi  lozim. 

Ya’ni  yozuvchi  kitobxon  xayolotiga  chegara  qo`ymasligi,  unga  davriy,  siyosiy 

sharoitlar  hukmini  o`tkazmasligi,  asar  voqealarini  boshqarmasligi,  o`z  fikrini 

singdirishga  urinmasligi  kerak.  Rolan  Bart  asarda  yozuvchi  pozitsiyasi  ma’lum 

bo`lmasligi zarur, deganida, fikrimizcha, shularni nazarda tutgan. Shunda asar ko`p 

ma’noli, serqatlam bo`ladi, shunda har safar o`qilganda yangi-yangi qirralar kashf 

etilaveradi,  shunda  o`qigan  har  bir  kitobxon  bir-birini  takrorlamaydigan  alohida 

taassurotga  ega  bo`ladi,  uni  o`zicha  tahlil  etadi,  asar  hamisha  navqironligicha 

qoladi.  Har  kim  asarni  o`z  didi,  dunyoqarashi,  tarbiyasi,  muhiti,  yashayotgan 

zamoni va h.k.larga ko`ra talqin qilaveradi. Bunday asarlarga zamona   ham, 

tuzum ham, asosiysi,  vaqt ham hukmini o`tkazolmaydi. Va o`quvchi uni har safar 

ilk bor o`qiyotganday taassurotga ega bo`ladi. 

O`quvchiga necha bor o`qilishidan qat’iy nazar yangi tuyg`ular tuydiradigan 

"muallifsiz"  matnlar  adabiyotda  Anna  Kareninaning  o`limini  istamagan  Tolstoy 

misolida  ma’lum.  "Muallifsiz"  matnlar  o`zbek  adabiyotida  ham  doim  bo`lgan  va 

shunday ijodkorlardan biri Bahrom Ro`zimuhammaddir. 

Bahrom  Ro`zimuhammad  she’riyati  asl  ijodkor  oldiga  Rolan  Bart  qo`ygan 

talabga  javob  beradi,  deb  bemalol  aytish  mumkin.  Avvalo  uning  she’rlarini  tahlil 

qilish,  hatto  qabul  qilish  birmuncha  mushkul.  Negaki,  SO`Z  aytish  qobiliyati  har 




 

 

kimga ham nasib etavermaganiday, SO`Zni qabul qilish, anglab yetish iqtidori ham 



hammada  birday  emas.  Shoir  B.Ro`zimuhammad  so`zni  shunday  ustalik  bilan 

ishlatadiki,  uning  qa’rida,  albatta,  bir  necha  ma’no  bo`ladi.  Shoir  she’rlarining 

hatto zohiriy ma’nosi ham ko`p qatlamli bo`ladi: 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə