Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix24.02.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#84059
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bitiruv malakaviy ishi mavzu Hozirgi o`zbek she’riyatining tara

 

II.2. 

Istiqlol davrida doston shaklida yaratilgan asarlarga munosabat.

  

Abduvali  Qutbiddinning  «Izohsiz  lug`at»  dostoni  garchi  istiqloldan  avval 

yozilgan bo`lsa ham birinchi modern yo`nalishidagi doston bo`lgani uchun tahlilga 

tortildi. Dostonga Navoiyning 

Dudi ohimning quyundek pech ila tobin ko`rung, 

Tiyra hijron oqshomining bahri girdobin ko`rung. 

                                                           

16

 Yo’ldosheva M. She’r muhimmi, shoir? // “Yoshlik” jurnali, 4-son,2003-yil. 38-bet. 




 

 

misrasi  epigraf  qilib  olingan.  Mana  shu  misra  dostonning  butun  leytmotivini 



tashkil  qiladi.  Ya’ni  shoirning  nimadan  kuyinishi,  iztirob  chekishi,  uning  sabab-

oqibatlari noan’anaviy usulda inkishof qilingan. Doston ixcham: o`n besh qismdan 

iborat.  Har  bir  qism  o`z  kompozitsiyasiga  va  mustaqil  motiviga  ega.  Birinchi 

qismda  bobo  bilan  nevara  muloqati  beriladi.  Boboning  yelkasida  sanduvoch 

o`tiradi. Bilamizki sanduvoch (bulbul) muhabbat, ezgulik ramzi. Bobo pichirlaydi, 

«Yurakni ko`p etmajak makon». Nevara tushunmayman, deydi. Lekin mushohada 

qilinsa,  bu  gapning  zaminida  katta  fikr  borligi  anglashiladi.  Ma’lumki, 

odamzodning ko`zi och bo`ladi. «o`zi to`ysa ham, ko`zi to`ymaydi» degan maqol 

bejizga  aytilmagan.  Aql  va  yurak  uni  jilovlab  turmasa,  ko`p  noxushliklar  sodir 

bo`lishi mumkin. Ana endi ko`z yurakni makon tutib olsa, nima bo`lishini tasavvur 

qilib  ko`ring.  Bobo  shundan  tashvishda.  Boboning  gapini  sanduvoch  ham 

tasdiqlaydi («Sanduvoch boshini qimirlatar bir marom»). U yana pichirlaydi: 

Tilni ipdek eshib bo`larmi. 

Jonni bo`lurmi unga o`tqazib, 

Keyin sanab bo`lurmi jonni 

Oxirgi kungacha, uzmasdan?! 

Bu  yerda  bobo  qilishi  lozim  bo`lmagan  narsalarni  bajarishga  urinishning 

oqibatidan xavotirda. Bobo yana gapiradi: 

... – Odam – 

etga o`ralgan, et esa zahar. 

Kosasida biqirlayotgan - ko`pikdir?! 

Turkiy  tasavvuf  she’riyatining  yirik  vakili  Yunus  Emro  «To`rt  kishidir 

yo`ldoshim... deydi. «Ul to`rtning biri - jon, biri - din, biri - imon, biri - nafsdir»

1



Nafs  uchala  yo`ldoshning  ham  dushmanidir.  Inson  jismini,  ruhini  pok  saqlamoq 

uchun nafsni tiyish kerak. Nafsni tiymaslik esa tanaga zahardek ta’sir qiladi.  

Ikkinchi  qismda  ham  boboga  murojaat  qilinadi.  Bobo  bu  o`rinda  donolik 

to`g`rilik  ramzi.  U  Ollohning  qudratini  anglashga,  o`shanga  qarab  qadam 

                                                           

1

 Ibrohim Haqqul. Tasavvuf va she’riyat. –T.: 1991-yil, 17-bet. 




 

 

tashlashga  undaydi.  Shunday  qilinganda  inson  yomon  harakatlardan  o`zini  tiyadi. 



Bu  bilan  hayotning  bir  maromda  davom  etishini  va  o`zining  umrini  ta’minlaydi. 

Shoir  shulardan  kishini  ogoh  qilar  ekan,  masala  mohiyatini  bugunga  buradi.  U 

yozadi: 

Shunda farog`at mamlakatlari, millatlari, odamlari 

Hech qachon bir-birlarini kamsitmaslikka ont ichishadi.  

Tilni, qalbni, naslni buzmaslikka, ezmaslikka 

Qasam yod qilishadi. Tiyilishadi! 

Dengizlarni quritishmaydi, 

o`rmonlarni kesishmaydi, 

Osmonni teshishmaydi. 

Bu  yerda  izohning  hojati  yo`q.  Chunki  shoirning  nima  demoqchi  ekanligi 

shunday sezilib turibdi. 

Keyingi  qismlarda  dunyoni  kemiruvchi  va  kemiriluvchilar  o`z  qilmishlariga 

yarasha  jazosini  olib,  kavakdagi  sichqonlarday  kavaklarda  chiy-chiylab  yurgan 

sichqonlarga  o`xshatsa,  boshqasida  esa  qo`rqqanligi,  hamiyatsizligi,  g`urursizligi 

tufayli  o`z  yeriga  boshqalarni  xo`jayin  bo`lishiga  yo`l  qo`ygan,  o`z  qiyofasini 

yo`qotgan  shaxslar  fojiasini  chizadi.  «Qo`li  maymunnikiday  oyoqlari  filsiyoq... 

Belkurakka suyanib tamaki tutatib» turgan odam mozorni buza boshlaydi, chiqqan 

narsani  qopiga  joylaydi,  gumbaz  va  minorlarni  maydalaydi.  Vijdoni  jindaygina 

bosh ko`targan odamni «Nima qilyapsan?» degan so`rog`iga shunday javob beradi: 

- Xo`jayin xursand bo`ladi 

sut beradi 

Yovg`on beradi, 

Osh beradi kechqurun 

-  deydi  va  suyaklarni  irg`ita  boshlaydi.  Bundan  g`azabga  kelgan  odam 

belkuragini tortib olib, «o`ldiraman» deganiga: 

U hayron bo`ldi. Angraydi. Birdaniga piqillab 

yig`lay boshladi: 




 

 

– sen xo`jayinning dushmanisan, sen davlatga qarshi, 



– sen... sen... sen 

xo`jayin mendan xafa bo`ladi, 

endi nima yeyman? 

Shu lavha  Gulxaniyning «Zarbulmasal»idagi «Tuya bilan bo`taloq» masalini 

yodga  soladi.  Tuyaning  erki  o`zida  bo`lmaganidan,  bolasini  emiza  olmaganidek, 

bu barzangining ham ixtiyori o`zida emas, yuqoridagilarda. Shoir yozadi: 

Boshini sarak-sarak qila boshladi, 

Eshakday chopdi-da ketdi. 

Gangib turib qoldim uzoq muddat, 

Keyin qo`llarim, oyoqlarim, 

Oyoqlarim, qo`llarim 

Bir, ikki, uch... 

Mozorni tepkilay boshladim. 

Ha, muhit kuchli. Zo`ravonlik har qanday irodani ham sindiradi, mute qiladi. 

Bu hol kechagi kunimiz qiyofasi va o`zimizning fojiamizdir.  

Mana  ko`rib  o`tganimizdek,  modern  yo`nalishidagi  she’riyat  ezgu  g`oyadan 

holi  emas,  faqat  tashbehlar,  voqea  tasviri  noreal.  Agar  mohiyatiga  nazar  solinsa, 

uni inkor qilish noo`rin. 

Umuman olganda, Abduvali Qutbiddinning hayotga qarashi, dunyoning idrok 

etishi  an’anaviy  emas,  boshqachadir.  Doston  ham  xuddi  shuning  mevasidir.  Bu 

haqida  yozuvchi,  adabiyotshunos  Ulug`bek  Hamdam  shunday  deydi:  «Dunyoda 

azal-azaldan  ikki  buyuk  kuch  bor,  Dunyo  azal-azaldan  shu  kuchlarning  orasida 

taqsimlab  olingan.  Birining  ismi  –  Oq,  ikkinchisining  esa  –  Qora.  Ismlarning 

boshqacha  talaffuzi  ham  mavjud:  Ezgulik  va  Yovuzlik,  Ma’rifat  va  Johillik, 

Malaklik  va  Shaytonlik,  Ozodlik  va  Tutqunlik,  Ruh  va  Jism  (Nafs)...  Shoirning 

pirovard  maqsadi  go`zallik  yaratish  bo`lsa-da,  o`rni  kelganda  barobar,  ezgulik  va 

ma’rifat,  halollik  va  shafqatlilik...  yonida,  ular  bilan  bir  safda  turib  kurashadi. 



 

 

Chunki uning yaratilishi shunday. Shoir dunyoda oq rangning ko`p bo`lishi, g`olib 



bo`lishining  tarafdori.  Agar  qora  rangning  hissasi  ko`payib,  atrofni  Yovuzlik, 

Jaholat,  Tutqunlik,  Nafs  kabi  balolar  qoplay  borsa,  shoirning  bag`ri  ulkan  jang 

maydoniga aylanadi. Shaxsan uning «mushugini birov «pisht» demasa-da» hassos 

qalbi Dunyo muvozanatiga putur yetkanidan nihoyasiz iztiroblarga tushadi... 

Dostonning  «Izohsiz  lug`at»  deb  nomlanishining  siri...  asosida  turgan  o`sha 

ikki  azim  Kuchlar  qismatini  eslasak,  nomlanish  mantiq  va  mazmun  kasb  eta 

boshlaydi:  izohsiz  lug`at,  ya’ni  izohga  hojat  yo`q!  Dunyo-dunyo  bo`libdiki, 

dostonda tilga olingan Kuchlar va ularning omonsiz jangi bor. Dunyo deb atalgan 

kitob shu ikki so`zdan iborat: Oq va Qora! Biroq ularga izoh berilgan, izohni har 

kishining  o`zi  yozadi,  kimning  qismatiga  oqni  ta’riflash,  kimnikiga  qoraning 

sharhini  bitish  tushadi.  Shunga  qaramay,  shoir  baribir  o`z  tanlovini  izhor  qilib 

ketmoqda: 

Barmog`im qaboqqa qo`ydim, o`rtandi, 

Emrandim, nigohim tindi, aylandi. 

Bildim, a’zoyi badanim hayot shirasidan, 

Hamshiram – turna, 

Qondoshim – jayron, 

Jigarim – arg`uvon. 

 

Xonu turobdaman,  



Inim-qumursqa, og`am-ot, 

Bildim – odamiyzodman, 

Odamiyzodman... 

So`nggi «Bildim – odamiyzodman, Odamiyzod», degan misra shoirning o`sha 

mangu kurashda qaysi tomonda ekanini bildiradi... Chunki odamiyzod bo`lish oson 



 

 

emas,  buning  uchun  kishi  «Qora»ning  lazzat-farog`atidan  voz  kechib,  «Oq»ning 



zahmatlariga bardosh berishi shart!..

1

  



Noan’anaviy  tashbehlar  zaminida  qanday  g`oya  yotishini,  ularning  ayrimlari 

estetik  tasvirdan  holi  ekanligini  taniqli  yozuvchi  olim  Pirimqul  Qodirov  juda 

yaxshi  ochib  bergan:  «Modernizmda  moziyning  an’anasiga  amal  qiluvchi  ayrim 

ijodkorlar  ham  insonlar  va  hatto  millatlarga  nisbatan  juda  balanddan  kelib,  katta-

katta ayblar qo`yadilar. 

Buning  bir  misolini  iste’dodi  ko`pchilik  tomonidan  tan  olingan  taniqli  shoir 

Abduvali  Qutbiddinning...  «Izohsiz  lug`at»  nomli  dostonida  ko`rish  mumkin.  Bu 

dostonda  o`tmishdagi  mustamlaka  zulmi  ostida  yashagan  insonning  fojiaviy 

xatolari quyidagicha izohlanadi: 

Vataning bor edi, sotding, 

Onang bor edi, otding. 

Lazzatga, safoga, ishratga almashding bor-u budingni 

cho`chqaga xizmatga kirding, 

to`ng`izning amrini bajarding 

esizgina odam, qizil va sariq shoqol, 

ko`z uzmay kuzatib turibdi har bir harakatingni. 

ko`zingdan, burningdan bitlar chiqmoqdalar 

amal-taqal qilib, og`zingdan semirib ketgan 

qurbaqa zo`rg`a tushayotir – kekirtagini yorib 

yuborar... Esizgina odam, achinaman, afsuslanaman... 

kechikmadikmikan? Odamni qutqarmoqqa?!

1

  



 Mustamlaka  zulmi  ostida  ezilgan,  aldangan,  yomon  xatolar  qilgan,  bor-u 

burdidan ayrilgan odamga shoir avval balanddan kelib dahshatli ayblar qo`yadi, bit 

va  qurbaqalar  timsolida  uning  qiyofasiga  jirkanchli  tus  beradi.  So`ng  ayb  faqat 

odamning  o`zida  emasligini,  tuzum,  muhit  ham  aybdor  bo`lganini  tushungani 

                                                           

1

 U.Hamdam. Dunyoni yangicha ko`rish ehtiyoji. Jahon adabiyoti. 2002-yil, 12-son, 153-154-betlar. 



1

 Sharq yulduzi, 1990-yil, 10-son. 11-bet. 




 

 

uchun  «Esizgina  odam!»  deb  chin  dildan  achinadi.  Nihoyat  kechikmadikmikan 



Odamni  qutqarmoqqa?!»  degan  savol  bilan  o`z  maqsadini  anglatadi.  Katta  harf 

bilan  yoziladigan  odamni  qutqarmoq  esa  ezgu  maqsaddir.  Shu  tarzda  dostonga 

insonparvarlik ruhi qaytib keladi. 

Modern  asarlarining  yana  bir  xususiyati,  ijodkor  tabiat  va  jamiyat 

hodisalaridan  tug`ilgan  o`y-fikrlarini  o`z  tasavvuridagi  holatlarda  reallashtirishga 

intilishdir.  Bu  holatni  Nabi  Jaloliddinning  «Chiptasiz  odamlar»  (1997)  dostonida 

ko`rish mumkin. 

Mixail  Bulgakovning  «Usta  va  Margarita»  nomli  mashhur  asarida  shunday 

epizod  bor.  Moskvada,  Patriarx  ko`li  yoqasida  Mixail  Aleksandrovich  Berlioz 

bilan  shoir  Ivan  Poniryov  bamaylixotir  musohaba  qurib  o`tirishganda,  ular 

o`rtasida bahs ayni qiziganda paydo bo`lgan notanish kimsa o`rtaga shunday savol 

tashlaydi: 

«- Ha, attang! – dedi notanish ajnabiy ko`zini chaqnatib, so`ng gapida davom 

etdi:  -  Lekin  meni  boshqa  masala  bezovta  qilyapti:  agar  xudo  yo`q  bo`lsa,  unda 

bashariyat hayotini va umuman, yer yuzidagi barcha jonzotlarni Kim boshqaryapti, 

degan savol tug`iladi. 

Bu, ochig`ini aytganda, uncha oydin bo`lmagan savolga Bezdomniy jahl bilan 

shosha-pisha javob qiladi: 

-  Kim  bo`lardi,  insonning  o`zi-da!»

2

.  Bu  fikr  dostonga  ham  tegishli  bo`lib, 



uning  zamiridagi  g`oyani  ochishga  xizmat  qiladi.  Ma’lumki,  hayotda,  jamiyatda 

ro`y 


beradigan 

voqea-hodisalar 

(tabiat 

hodisalaridan 

boshqa 

barchasi) 

insoniyatning  sa’y-harakatiga,  qilmishiga  bog`liq.  Ularning  faoliyati  tufayli  jang, 

urush bo`ladi, vayrongarchilik ro`y beradi, odamlar kulfatlarni boshidan kechiradi, 

taraqqiyot  tanazzulga  yuz  tutadi  yoki  gullab-yashnaydi,  xalq  har  tomonlama 

farovonlikka  erishadi.  Lekin  ko`pchilik,  bu  holat  davr,  zamon,  jamiyat,  muhit, 

sharoitga nisbat berishadi. To`g`ri, uni qaysi bir ma’noda ta’sir qilishi fakt. Biroq 

ularni  yuzaga  kelishi  insoniyat  aql-zakovati  yoki  johilligi  mevasi  ekanligini 

                                                           

2

  Bulgakov M. Usta va Margarita. –T.: 1987-yil, 17-bet. 




 

 

unutmaslik  kerak.  Nabi  Jaloliddin  dostonida  masala  mohiyatini  to`g`ri  yoritgan 



holda, negadir o`ziga qarshi ham boradi. Shoir yozadi: 

Lovullab keladi nimadir, 

Qarsillab keladi bir balo 

Teshilar, 

Yonadir, 

Sinadir, 

to`kilar dunyo, 

Yana kim biladi?... 

Bilardir... 

Bir chimdim umrga ishongan 

Xayollar bag`rini tiladir. 

Tegolmay qayrilgan nishonga 

Yoylar biladir. 

Tinmayin qilgan u tavallo – 

Yo nafs 

Yo la’in. 

Demak, inson bir chimdim umrini abadiy deb bilib, Yaratganni unutib, nafsga 

berilish  orqali  boshiga  balolar  yog`iladi.  Dostonning  ikkinchi  qismida  bu 

kimsalarning ta’rifini beradi: 

Tangrining yuziga oyog`in 

Bigiz qilolmay dahriy 

- deydi. Bu juda to`g`ri ta’rifdir. Lekin shoir o`sha joyda XX asrda insoniyat 

boshiga  yog`ilgan  balo-qazolar  uchun  ba’zi  bir  insonlarni  emas,  asrni  qoralaydi, 

uni la’natlaydi: 

Yigirmanchi asr... 

Ko`zing teshilsin. 

Agar bo`lsa o`sha ko`zlaring 

Ko`zlaring yo`q, 




 

 

yo`q edi sening, 



Yigirmanchi asr – 

So`qir ajdaho!.. 

Vaholanki,  bu  balolarda  asrning  aybi  yo`q.  Agar  insoniyat  raqamlar  bilan 

belgilab,  vaqtni  hisoblamaganda,  uni  qaysi  asrligi  ham  bilinmaydi.  Tabiiy  yuz 

beradigan  hodisalarni  hisobga  olmaganda  hayot  uchun  kundan  –  kunni,  oydan  – 

oyni,  yildan  –  yilni,  asrdan  –  asrni  farqi  yo`q.  XX  asrda  yuz  bergan  barcha 

fojialarni  o`q  ildizi  inqilob  yaratgan  xudosizlarga  borib  taqaladi.  Ular  yurtni 

ko`plab  asl  farzandlarini,  ya’ni  imon-e’tiqodli,  xalq  manfaati,  erki  uchun  yonib 

kuyadigan,  kurashadigan,  g`ururli  insonlarni  chiptasiz,  o`z  ona  yeridan  munosib 

joy ham bermay, borsa kelmasga jo`natadilar. 

Taqdiri  azal  degan  fikr  bor  gap.  Bu  insoniyatning  foniy  dunyodan  abadiy 

oxiratga  ketish  muddati.  Bugungi  til  bilan  aytganda  umri  belgilangan  chipta.  Bu 

hol tabiiy holda ro`y bersa, barcha narsa tinchlik bilan o`tadi. Lekin insoniyat qo`li 

bilan  sodir  etilsa,  Dunyo  to`lg`onadi.  Chunki  u  chiptasiz  jo`natiladi.  Ma’lumki, 

chiptasizning  joyi, makoni bo`lmaydi. Buning so`rovi bor. Bu ishni qilganlarga bir 

umr  tavqi  la’nat  yog`iladi.  Bundaylar  “Osh  berganga  tosh beradilar”,  mana,  shoir 

bu haqida nima deydi: 

Sharqning bolasi – 

Turkiston!.. 

«Shimol och!» 

Oshini berdi 

Va boshini berdi 

Boshini yedi uning 

Shimoliston 

Barcha  dinlar  muhtojlarga  muruvvat  qo`lini  cho`zish  insoniylik  sanaladi. 

Lekin  dinni  inkor  etganlar  uning  mohiyatini  tushunmaydi.  Ular  nafs  bandalari. 

Olgan  sari  olgisi  keladi.  Biroq  hamma  narsaning  chegarasi  bor.  Shuni 

anglatmoqchi bo`lganlar esa ularning dushmani. Bular esa yurtning asl farzandlari, 




 

 

Zardusht  tili  bilan  aytganda,  a’lo  insonlar.    Bulgakov  va  Cho`lpon  shunday 



insonlar edi. Bu borada shoir yozadi: 

O`n ikki yil kuygan junun. 

«Yo haq!» deya suygan junun, 

Bilarmidi Turkiston aro 

Ulug` yarog` otilgan kuning?! 

Moskovda, 

Chekka bir kulbada, 

Toshkentda, 

Chekka bir o`rada 

Jonini topshirgan, 

Shonini topgan 

Ikki buyuk so`z 

Bir juft sog`inch 

Mixail  


Cho`lpon 

Bular yaratganning bergan umr muddatini na’sh-u namo bilan yashashga to`la 

haqli  edi.  Lekin  «Bo`ynida  kapalak  bo`yinbog`li»lar  umr  sha’mini  erta 

so`ndirdilar,  ya’ni  chiptasiz  oxiratga  jo`natdilar.  Ularning  o`rnini  egallab,  shuhrat 

taxtiga  o`tirmoqchi  edi,  biroq  la’nat  kursidan  joy  olishdi.  Ularning  nazdidagi 

«chiptasizlar»  esa  hayot  poydevoriga  ezgulik  g`ishtini  qo`yishga  ulgurganlari 

uchun umrini abadiylashtirdilar. Doston zamiridagi g`oya mana shudir. 

 

 



 

 

 



 

 



 

 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə