Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix24.02.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#84059
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bitiruv malakaviy ishi mavzu Hozirgi o`zbek she’riyatining tara

Iz tushmagan qordek  

quyoshgacha yoyilib ketdi tong 

daraxt shoxlari bo`rtib ko`rinar... 

"Tong  manzarasi"  deb  nomlanuvchi  mazkur  she’rni  tabiat  tasviri  tarzida 

ham, shoir ruhiy holatining eng pok, sokin, ko`tarinki pallasining so`zga aylangan 

shakli  deb  ham  tushunish  mumkin.  Kitobxon  she’r  o`qiyotgandagi  holatiga  ko`ra 

uni  har  safar  o`zgacha  anglayveradi.  Masalan,  "Iz  tushmagan  qordek"  misrasini 

shoir tongni bezovta qilmagan, tongga yo`l tushmagan, deb ham, tabiat va vaqtning 

uyg`un  tasviri  deb  ham  izohlash  mumkin.  Ta’kidlashlaricha,  eng  shirin  va  qattiq 

uyqu  payti  erta  tongga  to`g`ri  kelar,  shu  vaqtda  uyqudan  uyg`onish  qiyinroq 

kecharkan. Shundan ko`rinadiki, shoir tunni bedor o`tkazgan: 

qush qanoti ko`milib qolgan - 

yoqut ufqqa tutashadi harir gilam. 

Gilam ustida 

undan ham harirroq tuman.

15

 

"Qush qanoti ko`milib qolgan - yoqut ufqqa tutashadi harir gilam" satrlarini 

dastlab "erta tongda ufq endi chiqayotgan quyosh nurlaridan qirmizi tusga kiradi - 

yoqut  ufq.  Maysalar  bilan  qoplangan  va  ufqqa  tutashib  ketgan  yer  -  harir  gilam. 

Quyosh  nurlari  tungi  salqin  havoni  asta-sekinlik  bilan  qizitishi  natijasida  paydo 

bo`lgan narsa – gilamdan-da harirroq tuman. Mana shu tuman ortida esa elas-elas 

oppoq  parqu  bulutlar  ko`zga  chalinadi  -  qush  qanotlari  “ko`milib  qolgan”  tarzida 

anglash ham va "shoir ko`nglining tasviri, qush ehtimol ruhdir, tun bo`yi o`zini har 

yoqqa  urgan  bezovta  ruh  tong  chog`i  harir  gilam  -  ko`ngilda  tin  olgandir,  gilam 

                                                           

15

 Ro’zimuhammad B. She’rlar // “Yoshlik” jurnali, 6-son, 2001-yil, 43-bet 



 


 

 

ustidagi  undan-da  harirroq  tuman  esa  ilhomdir,  balki  ijodkor"  deya  qabul  qilish 



ham mumkin. 

  

 



 

     


Sovuq yulduzchalar qoldig`i,

 

yulduzchada tillarang hoshiya.

 

To`yib nafas ol

 

Shaffoflik xira tortguncha.     

 

(Dum-dumaloq nafas

 

yulduz qirrasida titrar).

 

"Sovuq  yulduzchalar  qoldig`i"dan  erta  tongdagi  titrab  turgan  muzday 



shudring  tomchilari  tasvirini  yoki  oppoq  qorga  tushayotgan  quyosh  nurlarining 

jilvalari ifodasini  topgan  har bir  o`quvchi o`zicha  haq. "To`yib  nafas  ol"  - qishda 

nafas  olganda  og`izdan  chiqayotgan  iliq  havo  tashqaridagi  sovuq  ta’sirida  ko`zga 

ko`rinadi:  "Shaffoflik  xira  tortguncha".  Ehtimol,  shoir  soflik,  bokiralikdan  bahra 

olmoqchiligini ifodalayotgandir. She’rda biror mavsumga aniq ishora yo`qliga bois 

tasvirni  musaffo  havodan  boshqalardan  burun  to`yib  nafas  olvolishga  chorlov 

tarzida  ham  tushunish  mumkin.  Chunki  har  bir  odam  ichiga  yutgan  kislorod 

(shaffoflik)ni karbonat angidrid (xira) qilib chiqaradi, havoni buzadi. Buni ezgulik 

qabohatga aylanmasdan oddin uni qabul qil deb tushunish ham mumkin. 

Bahrom  Ro`zimuhammad  she’rlarida,  ko`pincha,  o`zini  tamomila  mahv 

etishga,  o`quvchiga  nima  istayotganligini  aytish  u  yoqda  tursin,  aksincha, 

chalg`itib, niyatini undan yashirishga urinish hollari ko`zga tashlanadi: 



It hangramas,

 

ko`kka qarab uvlamas eshak 



        

  

tovushim parvozdagi qiyofamdir.

 

Shoirning  ushbu  "Parvozdagi  qiyofa"  she’rini  anglash  yengil  kechmaydi. 



Ayniqsa,  yuqoridagi  misralar  o`quvchini  hayratlantiradi.  Nega  endi  it  hangrashi, 

eshak uvlashi kerak? Mantiqqa zid-ku bu! She’rni takror-takror o`qib, shundayam 

"tovushim  parvozdagi  qiyofam"  ochqich  jumlasi  yordamidagina  u  haqdagi  fikrga 

bir qadar oydinlik kiritish mumkin. Tovush - faoliyat. Faoliyat - parvoz. Chunki u 




 

 

insonga asl mohiyatini ko`rsatish imkonini beradi. Shu ma’noda, tovushda har bir 



jonzotning asli bilinadi. Chigirtka chirillashi qurbaqa qurillashidan, bulbul xonishi 

bedana  sayrog`idan  farq  qiladi.  Shu  kabi  it  ham  hangramaydi  (boshqa  jonzot 

qiyofasiga  kirmaydi),  eshak  esa  it  singari  vovullamaydi,  eshakligicha  qolaveradi. 

Ya’ni  ikkisi  ham  o`zligicha  qoladi.  Ularning  o`zlikka  egaligi,  turlanavermasligi 

parvozdagi qiyofasidir. Shu sababdandir yaxshi ijodkor haqida: "O`z ovoziga ega", 

– deyiladi. Yoki: 



g`adir-budir Kun tug`ildi,

 

to`rt tarafda shovqin -

 

arrakashlar shovqini

 

tasviri  nimani  anglatadi?  She’riyatning  fusuni  ham  asli  mantiqsizlik  bag`riga 



mantiqni  jo  qila  olishidadir.  Tug`ilgan  g`adir-budir  kun  va  arrakashlar  shovqini 

inson  umri  va  uning  tug`ilayotgan,  o`tayotgan  har  bir  kun  hisobiga  qisqarib, 

"arralanib"  borishini  bildiradi.  Bu  fikrlar  -  shaxsiy  talqin,  xolos.  Ehtimol,  shoir 

nazarda  tutgan  narsa  bunga  butunlay  teskaridir.  Balki  boshqa  o`quvchi  she’rning 

butunlay boshqa qirrasini ko`rar. 

Shoiri  yo`q  she’rlar  sermazmun,  tagma’noga  boy,  kishini  o`ylanishga, 

izlanishga  majbur  etadigan,  ohori  to`kilmaydigan,  sirliligini  yo`qotmaydigan 

matnlardir.  Aslida  badiiy  asar  anglanilmagan  qirralari  bilan  go`zal  va  sirlidir

16



Adabiyotning  kuchi  ham  shunda.  Bunday  joziba  muallif  ishtirokidan  qat’iy  nazar 



ilohiy shavq bilan yaralgan har bir asarda bo`ladi. 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə