Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix24.02.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#84059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bitiruv malakaviy ishi mavzu Hozirgi o`zbek she’riyatining tara

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

I bob. HOZIRGI O`ZBEK SHE’RIYATINING TARAQQIYOT 



TAMOYILLARI 

I.1.

 

Bugungi  kun  she’riyatining  o`ziga  xos  xususiyati.

  Bugungi  o`zbek 

she’riyatining  an’anaviy  tasvir  uslubidan  farq  qiluvchi  yangicha  obrazlar, 

kutilmagan  ramziy  ifodalar,  qochirimlar  tazod  va  parodokslar,  eng  muhimi, 

betakror  serohang,  serma’no  ifodalar  bilan  kitobxonni  o`ylantiradi.  Fikrning 

ixcham, lo`nda shaklda ifodalanishi, zamonamiz va zamondoshimiz ruhiy olamini 

yangi  jihatlardan  poetik  tadqiq  etish  –  insonning  bezovta  ruhini,  dardlarini 

tasvirlash  borasida  erishgan  yutuqlari  o`zbek  she’riyati  yangi  poetik  sarhadlarni 

kashf etayotganligidan dalolatdir. 

 

Xususan,  iste’dodli  shoir  Bahrom  Ro`zimuhammad  yaratgan  ana  shunday 



poetik  kashfiyotlar  an’anaviy  shakllarga  mos  tushmaydi,  gaplarning  grammatik 

jahatdan  parallel  joylashtirilishi,  ritorik  tuzilish  murojaat,  xitob  ohanglarini 

ifodalashga yo`naltirilganligi bilan yangicha: 

Arvohning dastxatini ko`rdim 

qoqilib yiqildim bir bo`lak tushga 

Osmon 


qorachig`i sug`urib olingan 

ko`z kabi 

Boyo`g`li uvillar edi 

huvillab qolgan bog`da 

Soyalar  

hech kim taklif qilmasa-da 

raqsga tushardi 

Yana nima deyishim mumkin 

dunyo keng ekan. 

 

Mazkur  she’rda  Boyo`g`li  uvillayotgan  kimsasiz  bog`,  qorachig`i  sug`irib 



olingan osmon, raqsga tushayotgan soyalar go`yo tush ko`rayotgan odam nigohlari 

orqali  kuzatiladi.  Tush  esa  o`limga  qiyoslanadi.  Shu  bois,  shoir  tasvirlayotgan 




 

 

manzara  jonsiz,  harakatsiz,  ma’nisizday  tuyuladi.  Ammo  insonning  ko`zlariga 



yashiringan olam bilan aql va idrokka singishgan dunyo manzaralari ayni olamning 

turfa  ko`rinishlaridir.  Shoir  dunyoning  kengligini  ta’kidlar  ekan,  uning  rangin 

ekanligiga ham diqqatni qaratadi.  

Jiyda guli 

meni mast qildi 

jin chaldi jiydaning ostida 

Sap-sariq chiroqmikan bu gullar 

yulduz shu’lasidan quvvat olarmi 

nuqul qoshiqchalar jarangi 

Eng xavflisi shundaki 

bolari nektar yig`moq uchunmas 

sizni chaqish uchun keladi… 

 

Jiyda  gulining  iforidan  mast  holdagi  lirik  qahramon  go`zallik  o`g`risi  sifatida 



tasvirlanadi.  Tabiiy  go`zallikning  sharbatini  simiruvchi  bolarilar  bu  «o`g`rini» 

chaqish  uchun  kelayotganday.  Manzara  an’anaviy  poetik  tasvirga  sira 

o`xshamaydi. Shoir aytmoqchi bo`lgan poetik fikr ham yashirin. Tasvirlanayotgan 

manzaradan  kitobxon  o`z  zehni  va  tuyg`ulari  quvvatiga  ko`ra  ma’no  anglaydi: 

go`zallik qarshisida es-hushidan ayrilgan lirik qahramonni jin chalishi natijasida u 

jiyda  gullarini  sariq  chiroqlarga,  jiyda  guliga  parvona  bolarining  harakatlarini 

qoshiqchalar jarangiga o`xshatadi. Ayni shu nuqtada poetik ma’no yuzaga chiqadi: 

bizni  o`rab  turgan  olam  va  uning  go`zalliklaridan  hayratlanishni,  zavqlanishni 

bilmagan  inson  hayoti  ro`yoga  o`xshaydi.  Bunday  odamlar  faqat  yeyish-ichish 

g`ami bilan umr o`tkazadilar, ularni bolarining mashaqqatli mehnati natijasi emas, 

o`z jonining, huzr-halovatining bexavotirligi qiziqtiradi. Bunday odamlar bolaridan 

ham maydaroq, bolarichalik foyda keltirmaydigan, o`z nafsining qullaridir. She’rda 

manzara  ichiga  qarab  harakatlanuvchi  spiral  ko`rinishli  poetik  tafakkur  bu 

dunyoning  rang-barang  manzaralarga  boyligini,  har  bir  manzara  o`z  ichki 

ma’nolariga ega ekanligini ifoda qiladi. Shoir she’rlaridagi har bir so`z, har bir satr 



 

 

muayyan  bir  obrazli  ifodaga,  ramziy  ma’noga  va  ichki  ohangga  ega  ekanligini 



quyidagi she’r orqali ham kuzatish mumkin: 

Uzoq taraddudlanib turdi Qo`rquv 

xotirjamlikka o`xshab bamaylixotir 

tahlikaga chap berib turdi 

Qo`lini soyabon qilib qoshiga 

Vahima yashayotgan uyga qaradi 

qaradi muzaffar navkar singari 

So`ng esa  

so`ng shunday alfozga tushdiki 

qaltiramagan joyi qolmadi. 

 

Qo`rquv  obrazi  orqali  shoir  diqqatimizni  uning  havfli  ma’naviy  illat  ekaniga 



qaratadi.  Kezi  kelganda  qo`rqoq  odamlar  xotirjam,  uddaburon,  ayyor  va  o`ta 

ehtiyotkordirlar.  Ammo  mardlik  talab  qilinganda  ular  o`z-o`zini  fosh  etadi.  Ana 

shu  ma’nolar  qo`rquv  obrazi  orqali  tasvirlanayotgan  manzara-holat  zamiridan 

anglashiladi.  Ko`rinib  turibdiki,  bunday  she’rlarning  chuqur  ma’nolarini  ilg`ab 

olish uchun ikki muhim omilni teran idrok etish talab qilinadi: birinchisi, Navoiy, 

Bedil  singari  san’atkor  ijodkorlarning  merosidan,  an’analaridan;  ikkinchisi,  

umumyevropa  badiiy  tafakkurining  nafis  namunalaridan  boxabarlik  bugungi 

o`zbek  she’riyatida  Bahrom  Ro`zimuhammad  kabi  shoirlar  ijodida  ana  shu  ikki 

muhim  omil  o`zaro  tutashib  yangi  badiiy  kashfiyotlar  yaratilishiga  ta’sir 

ko`rsatmoqda.  Barmoq  vaznida  yozilgan  she’rlardan  farqqiluvchi  hijo,  turoq  va 

qofiyadan  uzoq,  xalq  jonli  tiliga  yaqin  bunday  sarbast  she’rlar  ko`proq  nasrga 

o`xshab ketsa-da, badiiy poetik tili, serma’noliligi, ohangi, so`z qo`llashdagi shoir 

mahorati  ila  she’riyatning  ochilmagan  sarhadlariga  kitobxonni  yetaklaydi, 

o`ylatadi, fikrlatadi.  

Ilonning o`zidan emas 

shaklidan qo`rqaman 

shamoyili sovuq men uchun 



 

 

mabodo mushukka o`xshaganida bormi 



silab-siypalardim ilonni… 

 

Hayotda  muayyan  shakl-shamoyilga,  balki  o`z  nuqtai-nazariga  egalik 



kimlarnidir  cho`chitar,  haq  so`zni  dangal  aytuvchilardan  ko`pchilik  hadiksirar. 

Agar bunday odamlar daf’atan mo`min-qobil yo muloyim kishiga aylanib qolsalar, 

hamma  «yoqtiradigan»  qiyofaga  kirishi  mumkin.  Xo`sh,  mo`min-qobillar  nima 

uchun  barchaga  yoqadi?  Shoir  «mo`min-qobillik»  ortiga  yashiringan  ma’naviy 

illatlar haqida o`ylatayotir. 

«Soyalar suhbati» nomli she’rida shoir rang-obraz va rang-ramzdan mahorat 

bilan foydalangan:  

Menga nima bo`ldi uchta soyam bor 

Ikkitasi rangsiz bittasi sariq 

Hiringlab kuladi bir soyam 

Chunki yo`qotib qo`ydim bolaligimni 

Topganim jiyda gulining ifori 

U ham boshqa bog`ga o`tib ketgandi… 

 

Shoir  inson  umrining  pallalarini  soyalarga  o`xshatadi.  Ikkita  rangsiz  soya  – 



bolalik va yigitlik davrini ma’nisiz o`tkazgan inson umrining soyalari. Sariq rangli 

soya – qarilik chog`i o`z umrini sarhisob etib, o`z ustidan kulayotgan, ya’ni bo`m-

bo`sh  hayoti  ustidan  hukm  chiqargan  insonning  umumlashma  obrazi.  U  hayotda 

yuksak  yo  ezgu  maqsad  uchun  yashamagan,  ammo  qachondir  go`zallikni  sevgan. 

Afsuski, bu go`zallik ham «boshqa bog`ga o`tib ketgandi». 

Keyingi yillarda yaratilgan o`zbek she’riyati namunalarini ko`zdan kechirar 

ekanmiz,  jahon  adabiyotiga  xos  ilg`or  ijodiy  an’analarni  milliy  ruhiyat  ranglariga 

yo`g`irib  ifodalash  an’analarini  ham,  yangicha  talqin  uslubi  va  yangi  shakliy 

izlanishlarni;  an’anaviy  uslubning  xilma-xil  ifoda  ko`rinishlarini  ham  kuzatish 

imkoniga ega bo`lamiz. 

 

Bugungi  o`zbek  she’riyati  markazida  turgan  lirik  qahramon  zamondoshimiz 



qalbida  kechayotgan  his-tuyg`ularni  XXI  asr  kishisining  tafakkur  tarzi,  ruhiy 


 

 

evrilishlari  fonida  ifoda  etmoqda.  Agar  istiqlolgacha  bo`lgan  davr  o`zbek 



she’riyatida  lirik  qahramon  tuyg`ulari  ifodasi  orqali  uning  qalbini  anglashga, 

poetik  tadqiq-u  tahlil  qilishga  intilish  ko`zga  tashlansa,  keyingi  yillarda 

yaratilayotgan  lirika  namunalari  biz  ko`nikkan  shakl  va  uslub  chegaralaridan 

«qalqib  chiqib»,  e’tiborimizni  turfa  manzaralar  tasviriga  qaratmoqda.  Lirik 

qahramon nigohi qadalgan manzara qatiga yashiringan ma’nolarni esa kitobxon o`z 

tafakkur tuyg`ulari, badiiy-estetik idroki va fahmi orqali anglab olishi mumkin. Bu 

xususiyat  she’riyatning  sirli-sehrli  va  rang-barang  inson  olamini  shoir  yoki  lirik 

qahramon qanday anglayotganligini tasvirlashdan o`sha betakror insonlarning turfa 

idroklari-yu his-tuyg`ulariga, ko`ngillariga o`zlari yo`l topishlariga undash, insonni 

anglashga 

intilishdan 

uning 


qalbini 

o`ziga 


anglatish 

tomon 


qadam 

tashlanganligidan  dalolat  beradi.  Hozirgi  o`zbek  she’riyatiga  xos  bu  tendensiya 

qanday ijodiy-estetik tamoyillarda o`z aksini topmoqda? 

1.

 



O`zbek  shoirlarining  o`zbek  klassik  she’riyati  va  xalq  og`zaki  ijodiga  xos 

an’analarni  davom  ettirib,  poetik  nutq  xususiyatlaridan  mohirona  foydalanib, 

ijtimoiy-falsafiy ma’no tashuvchi badiiy umumlashmalarni yaratishga intilishlarida 

ko`rinadi: 

                «Xalqim deyman, ruhim tushib, 

                 Kimlar ko`ngling to`q qildilar 

                Ming so`qiring til topishib, 

                Bir uyg`og`ing yo`q qildilar!»

1

 

Shoira  H.Xudoyberdiyeva  qalamiga  mansub  ushbu  she’rda  muhim  ijtimoiy-



ma’naviy  illatga  kitobxon  diqqati  tortilgan:  qalb  ko`zlari  ochilmagan,  ma’naviy 

«ko`rlar»  birlashib,  el-yurt  dardida  bedor  chinakam  fidoyilarni  yo`q  qilishga 

chog`lanishlarining o`zi katta fojea! Zero,  yaratuvchi, fidoyi Inson darajasini zabt 

etishi  uchun,  avvalo,  inson  o`zligini  yuksaltirmog`i,  xalq  dardi  bilan  yonib 

yashaydigan,  uyg`oq  qalbli  bo`lishi  kerakki,  bunga  «qalb  ko`zi  ochilgan»  buyuk 

                                                           

1

 Xudoyberdiyeva H. Saylanma. –T.: Sharq. 2001. 398-bet. 



 


 

 

insonlargina  erisha  olganlar.  Afsuski,  bunday  insonlar  barmoq  bilan  sanarli. 



Iste’dodsiz, yaratuvchanlik hissidan yiroq, yurt manfaatlaridan o`z xohish-istaklari-

yu manfaatlarini ustun qo`yuvchi ma’naviy ojiz, qalb ko`zlari «ko`r» kimsalar esa 

ko`pchilikni  tashkil  etadi.  Shoira  ana  shu  hayot  haqiqatiga  ishora  qilib,  «Ming 

so`qiring  til  topishib,  Bir  uyg`og`ing  yo`q  qildilar»,  -  deya  salmoqli  poetik  fikrni 

qisqa, ammo yorqin ifoda qilish mahoratini namoyish qilmoqda. 

Poetik nutqning o`ziga xos xususiyati – lakonizmdan foydalanib, e’tiborimizni 

liro-falsafiy  fikr  yo  mushohada  talab  holatlarga,  manzaralarga  qaratish  xususiyati 

shoira Zulfiya Mo`minovaning quyidagi she’rida ham ko`zga tashlanadi: 

Ostonamda yig`layotir kuz, 

Ostonamda gangiydi shamol. 

Ostonamdan olislagan iz – 

Ostonamda og`ir bir savol. 

Men barini tushundim nogoh, 

Xazonlarni gazga bosib jim. 

Ostonamda men qilgan gunoh - 

Yolvorishni bilmaganligim.

1

 

«Ostona»  so`zining  takror  va  takror  qo`llanishi  yangi  ma’no  tovlanishlariga 



ishora:  yolg`izlikda  kechirilgan  umrning  so`nggi  «ostonasi»  -  kuz  yig`lamoqda. 

Nega? Nima uchun? Shamol ham umrning «so`nggi ostonasi»gacha bu yolg`izlik, 

tark etilganlikning ma’nosini anglamay, umrini boshqa, begona eshiklar ostonasida 

o`tkazgan inson hayotining adog`i – ma’nisiz hayotning «so`nggi ostonasi» oldida 

inson  qismatidan  gangigan  holatda...»  hatto  shamolning  ham  «uloqtirib», 

«uchirib»,  «ko`tarib,  tashlashga»  bu  ostonadan  (ya’ni  makondan,  uydan)  hech 

nima topolmay, hayron holatda uni tark etayotganligi hayajonli va ta’sirchan tarzda 

tasvirlangan.  Bu  ostonadan  bosh  olib  ketgan,  olislagan  «iz»  qoldirgan  «og`ir 

savol»  ham  hanuz  javobsiz...  Yolg`izlikda  umr  kechirgan  «lirik  qahramon»ning 

                                                           

2

 Mo´minova Z. Yonayotgan ayol. –T.: “Yozuvchi”, 1992. 89-bet. 




 

 

xazonrezgi  pallasidagi  umr  daraxtining  qovjiragan  xazonlarini  yuziga  bosib,  o`z 



gunohlarining ma’no-mohiyatini tushungan holati quyidagicha tasvirlanadi:  

«Ostonamda men qilgan gunoh - Yolvorishni bilmaganligim» - deydi. Xo`sh, 

yalinib-yolvorish nimaligini bilmagan lirik qahramonning «gunohi» nimada? Axir 

yetuk shaxslar hamisha mag`rur bo`lishgan, yolvorish binobarin, bosh eguvchanlik 

ular uchun yot xususiyat bo`lgan. Bobur Mirzo, Mirzo Ulug`bek shaxsiyatiga xos 

yetuklik alomatlari ham ayni shu jihatdan izohlanadi-ku? 

Gap shundaki, she’rda shoira kibrga berilish, «man-manlik» natijasida o`zi va 

o`zgalar  dardidan,  tuyg`ularidan,  samimiyatdan  yiroqlashgan  inson  qismatini 

lakonistik syujet yaratish orqali ta’sirchan manzaralarda tasvirlamoqda. «Ostona» - 

makon  ma’nosida  xilma-xil  ma’nolarni  ifoda  qilgan.  Ostona  –  uy,  xonadon 

ostonasi  ma’nosida;  Ostona  -  (umrning  so`nggi  pallasi  ma’nosida)

  – 

bu  o`tkinchi 

dunyoning  oxiri,  haqiqiy  dunyoga  o`tish  ostonasi  ma’nosida;  ostona  -  (ko`ngil 

ostonasi  nazarda  tutilgan)  qahramonning  bo`m-bo`sh  ko`nglining  ostonasi 

ma’nosida;  Ostonam  –  men  muqaddas  deb  bilgan  e’tiqod  va  aqidalar  manzili, 

ostonasi  ma’nosida.  Lirik  qahramon  o`zini  «buyuk»  deb  hisoblagan  shu  bois 

«buyuklar» hech kimga bosh egmaydi, hech qachon yalinmaydi va yolvormaydi, – 

degan aqidaga ishonib yashagan.  

Ammo,  «buyuklik»  va  «yagonalik»  faqat  Ollohga  xos  sifatki,  bandasining 

gunohi 


buni  chuqur  anglab 

yetmaganligidadir. 

Mazkur 

badiiy-falsafiy 

umumlashmalarni  shoira  «ostona»  so`zining  serqatlam  ma’no  tovlanishlarini 

badiiy ifoda vositalariga mohirona «payvandlash» orqali  badiiy kashf etgan. 

2. Z.Mo`minova lirikasida «oq ilon», «yomon tush», kabi xalq og`zaki ijodiga 

xos  ramzlar;  «tushlarning  oqishi», «aql-u xush  oqig`i»  kabi  mubolag`ali tasvirlar, 

poetik  ko`chimlar,  jarangli  iboralar,  tasviriy  vositalardan  o`z  o`rnida  foydalanish 

san’ati  namunalarini  ko`plab  uchratamiz.  Bu  xususiyatlar  shoira  she’rlaridan 

anglashiluvchi  poetik  tafakkur  tarzining  serohangliligi,  ma’no  tovlanishlari, 

obrazlilik  va  poetik  nutq  imkoniyatlaridan  unumli  foydalanish  natijasi  ekanligi 

aniq. Bu hozirgi o`zbek she’riyatiga xos estetik tamoyildir.  



 

 

Hozirgi  o`zbek  she’riyatida  A.Oripov,  X.Xudoyberdiyeva,  Usmon  Azim, 



Z.Mo`minova,  Rauf  Parfi,  Qutlibeka,  Sirojiddin  Sayyid,  A.Qutbiddin,  Faxriyor 

kabi  shoir  va  shoiralar  ijodida  poetik  nutq  shakllaridan  unumli  foydalanib,  o`z 

ichki  dunyosini  o`z  tili  –  «men»  orqali  batafsil  va  hayajonli  tarzda  ochib  berish 

tendensiyasi ko`zga tashlanayotir. Bunday monolog she’rlarda har bir ijodkorning 

inson,  olam,  jamiyat,  imon-e’tiqod  borasidagi  o`ziga  xos  qarashlari  badiiy  aksini 

topgan. Mana bir misol: 

Dunyo kambag`alni kamsitib, g`ajib 

Tag`in boyitarkan boyroqlarini. 

Ruhim olib qo`yar boshimdan tojni 

Ruhim ko`taradi bayroqlarini! 

Qaydaki yetimni yetim tishlaydi, 

Dunyo qantarmasa kaj itlarini. 

Ruhim yuragimga qattiq mushtlaydi, 

Ruhim kiya boshlar sovutlarini

1



Shoira  bunday  murojaat  monolog  orqali  dunyoda  adolatsizlik  hukm  surar 



ekan,  «men»  qalbim  da’vatiga  ko`ra  kurashga  otlanaveraman,  -  degan  salmoqli 

badiiy  umumlashmani  ifoda  etmoqda.  Shoir  Usmon  Azimov  esa  qator  she’rlarida 

tasviriy  monolog  vositasida  o`z  ruhiyatini  taftish  etib,  o`z  dunyosidagi  iztiroblar 

mohiyatini  ta’sirchan  manzaralar  tasviri  orqali  tasvirlash  tendensiyasini  namoyon 

etmoqda. Mana bir misol: 

Qo`llarimni qiydi zanjir. Ezg`iladi boshimni – 

Tog`day qullik yerga egdi - bo`ynimdan torta-torta 

Men haq bildim bu dunyoning katta-kichik toshini, 

Men toshlarga yuzim tutdim yoshimni arta-arta. 

Bo`g`izlarim achishdi. Ha, o`pkalarim achishdi. 

O`pkam to`ldi odamlarning «Oh»lari to`la tunga. 

«Havo» dedim, - tomog`imga qaro qurum yopishdi, 

                                                           

1 X.Xudoyberdiyeva. Saylanma. –T.: Sharq. 2000. 440-bet. 




 

 

Necha yilki, men havosiz yashayapman butunlay. 



Sovuq qotdim. Izg`irinda chirsilladi so`ngagim, 

Tomirlarim – ayozlarda muzlagan qiyoq hanuz. 

Olov so`rab, gulxanlarni bo`zlab kezdi yuragim, 

Yong`inlardan yonib chiqib, quchoqladi meni muz. 

Men – suvsadim. Men – qaqradim. Men – xas bo`ldim. 

Quridim... 

Lirik  qahramonning  erksizlikdagi  iztirobli  holati,  erk  suviga    tashna  daraxt 

kabi qaqrab qurishi nihoyatda ta’sirchan o`xshatishlar, jonlantirish, mubolag`a kabi 

tasviriy vositalar, o`z holatini sharhlash usuli orqali ifodalangan. «Men»ning fojiasi 

erksizligi  -    «tog`day  qullik»  ayni  chog`da  tosh  yuraklarga  yuz  tutib,  dunyoning 

«katta-kichik  toshlarini»  haq  deb  bilganida,  ularga  ishonch  ko`zi  bilan  qarab, 

«toshlarga  yuz  burganida».  Bu  o`rinda  shoir  umumlashma  obraz  «toshlar» 

vositasida  qalbi  ezgu  tilak  va  istaklardan  yiroq,  hissiz,  diydasi  «tosh»  odamlarni 

nazarda  tutayotir.  Bunday  odamlar  El  dardiga  dardkash-u,  tilaklariga  tilakdosh 

bo`la  olmasligini  kech  anglagan  lirik  qahramon  odamlarning  «oh»lari  to`la  tunda 

el-u yurt  iztiroblariga hamohang alamli ko`z yoshlarini to`kmoqda... 

So`z  san’atining  janrlarida  rang  bilan  bog`liq  ramziy  obrazlar  ko`plab 

uchraydi.  Xalq  og`zaki  ijodi  namunalaridan  tortib  Yusuf  Xos  Hojib,  Ahmad 

Yugnakiy,  Mahmud  Qoshg`ariy,  Ahmad  Yassaviy  asarlarida  ham  lavhalar,  tabiat 

tasvirlari,  ilgari  surilgan  falsafiy,  axloqiy-didaktik  fikrlar  rang  ramzlari  orqali 

berilganligi ma’lum.  Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodida majoziy ranglar timsollarga 

ko`chirilib  komillik  bosqichlarini  zabt  etayotgan  inson  dunyosini  tasvirlashga 

xizmat  qilganki,  ana  shu  xususiyatlar  mustaqillik  davri  o`zbek  she’riyatida 

o`zgacha tovlanishlar va ma’nolar kasb etmoqda. 

 

Olamni  va  undagi  turfa  holatlar,  hayot  murakkabliklarini  qalbida 



kechirayotgan  inson  dunyosi  ham  kamalakrang.  Butun  hayot  zalvorini  o`z 

tafakkuriga  sig`dirishga  urinayotgan  zamondoshimizning  kechinmalari,  o`y-

hayollari  ham  chegara  bilmas  darajada  rang-barang.  Ana  shu  olam  va  inson 



 

 

dunyosidagi  mushtaraklikni  badiiy  so`z  poetik  ranglar  orqali  ifodalash  imkonini 



beradiki,  bunday  ramziylashtirish  shoirga  qisqa  ohanglar  va  sanoqli  ranglarda 

inson timsolini  jonlantirishga qodir  mo`yqalam  tutqazadi.  O`zbekiston xalq shoiri 

Abdulla Oripovning «Bilol xabash» she’rida qora rang obrazning ruhiyatini yoritib 

turgan  e’tiqod  nuriga  uyg`unlashib  oqlikka  ko`milsa,  Shavkat  Rahmon,  Azim 

Suyun,  Usmon  Azim  she’rlarida  uchrovchi  oq  rang  beg`uborlik,  samimiylik, 

yorug`lik, ezgulik ma’nolarini ifoda etadi. Halima  Xudoyberdiyeva she’rlarida oq 

rang  bilan  yondosh  sariq  va  qizil  ranglar  uchraydi.  Shoira  judolik,  ayriliq, 

tushkunlik, aldanish holatlarini sariq ranglar vositasida jonlantirsa, qizil rang orqali 

yovuzlik,  fojiaviylik,  zo`ravonlik,  istibdod  ramzlarini  yaratgan.  Inson  qadri 

bukilgan,  erki  toptalgan  mustamlakachilik  davrida  hatto  nafas  ham  qizil,  kishan 

ham  qizil,  tikan  ham  qizil.  Shoirlar  favqulodda  yaratilgan  ifodalar  orqali  ramziy 

obrazlarni  kitobxon  ko`z  o`ngida  jonlantirishga  erishib,  poetik  g`oyani  to`laqonli 

anglatishga muvaffaq bo`layotirlarki, bu xususiyat hozirgi o`zbek she’riyatiga xos 

tendensiya  sifatida  tadqiq  etilishi  lozim.  Poklik,  nurday  bokiralik,  illatlardan 

forig`lik,  imon-e’tiqodlilik  Eshqobil  Shukurning  «Yashil  o`lim»  she’rida  asosiy 

badiiy  unsur  –  ramziy  obraz  orqali  ifoda  etilgan.  Bu  xususiyatlar  o`zbek 

she’riyatida  rang  ramzlar vositasida  inson dunyosini, olam  xossalarini o`ziga xos 

tarzda anglash va tasvirlash usuli yuzaga kelganligini ko`rsatadi. 

 

Bir  qator  o`zbek  shoirlari  qatorida  iste’dodli  shoir  Bahrom  Ro`zimuhammad 



ijodida  ham  ranglarning  ramziy  qo`llanish  usili  o`ziga  xos  poetik  timsollar 

yaratishga xizmat qilganligini kuzatish mumkin. 

      Inson  tabiatga  talpinib  yashaydi.  Uning  bag`rida  o`zini  qushday  yengil, 

dardlaridan forig`his etadi. Tabiat go`zalliklariga boqib bahra oladi va o`zini uning 

bir  bo`lagi  deb  biladi.  Ammo  ona  tabiatni  asrash  insoniyatni  kulfatlardan  asrash 

ekanini hamisha ham yodda saqlamaydi.  

 

 

Vaqtiki yer tars yorilganida 



 

 

Havoda uchib millionlab yer bo`laklari 



 

 

Mumdek erib bitsa 




 

 

 



 

Tutunga aylansa yer 

 

 

Vaqtiki sirg`alsa yulduzlar  



 

 

Uch quyosh charx ursa ko`kda  



 

 

Va uch quyoshga juft bo`lsa uch oy 



 

 

Tun va kunduz qorishsa bir – biriga 



 

 

Vaqtiki borliq o`z ma’nosini yo`qotsa butkul… 



 

 

Tasavvur qiling, sarhadsiz falak bo`m-bo`sh bo`lib qolsa, tutunga aylansa yer? 



Shoir beparvolik, bemaqsad yashash, gunohlardan yuraklar ezilmas darajaga kelsa, 

insonlar  borliqni  talon-  taroj  qilib  bo`lishsa,  tugatishsa,  hatto,  yanchib  bir-

birovlarin, hayhot, bu holga chidash berolmay, yer tars yorilsa, mumday erib bitsa 

borliq!- deya xitob qilmoqda.  

 

Yorug`lik  o`rnini  zulmat-u  qorong`ulik  egallasa,  borliq  ham  o`z  ma’nosini 



butkul yo`qotsa, demak, kurramiz ham koinotda chilparchin bo`ladi! Shoir ana shu 

falokatni ko`z oldimizda quyuq qora ranglar orqali jonlantiradi, insonlar qalbining 

rangsizligi,  bo`shliqqa  aylanib  qolganligi  olamning  bo`m-bo`shligi  bilan  uyg`un 

tasvirlanadi. 

Ana o`rik guli 

xo`rozqandga o`xshab muzladi 

yashillik sovqotib turibdi 

dir- dir 

sochingizni o`ynaydi shamol 

shundan boshqa ishi yo`q kabi   

jiddiy… 

 

Go`zallikning  muzlashi,  yashillikning  dir-dir  sovqatib  turishi  ezgulikning 



omonatligidan  darak  bermaydimi?  Farzandlarimiz  qalbida  nish  urishi  kerak 

bo`lgan  insoniy  sifatlar,  latif  xulqlar  kurtak  yozayotgan  daraxt  yaproqlari  kabi 

sovqotib  tursa,  bu  umrimizning,  borlig`imizning  omonatligidan,  hayotning 

g`animatligidan darak bermaydimi?   




 

 

 



Demak,  o`zbek  she’riyatida  rang  bilan  bog`liq  ramziy  obrazlarni  shartli 

ravishda quyidagicha turkumlash mumkin: 

1.

 

Insoniy sevgi-muhabbat mavzuidagi ramzlar. 



2.

 

Insoniy  fazilatlarni  ulug`lashga,  mehr-oqibat,  ezgulikni  qadrlashga 



undash mavzuidagi ramzlar. 

3.

 



Ijtimoiy – siyosiy mavzudagi ramzlar. 

Bulardan  tashqari,  hozirgi  o`zbek  she’riyatida  «rang-ramz»,  «rang-obraz», 

«ibora-obraz»,  maqollar,  hikmatli  so`zlar  orqali  ramzlar  yaratish  xususiyatlari 

ko`zga  tashlanmoqda.  Bu  xususiyat  inson  bilan  tabiatning  aloqadorligi,  ayni 

paytda, 

ruhiyatimizning 

ona 

tabiatga 



uyg`unligi 

hosilasidir. 

Ranglarni 

ramzlashtirish  hozirgi  o`zbek  adabiyotida  o`ziga  xos    an’ana  tarzida  davom 

etmoqda, badiiy-estetik tamoyil sifatida yashamoqda. 

 

Hozirgi adabiy jarayon xususiyatlarini tadqiq etgan o`zbek adabiyotshunoslari 



va  tanqidchilari  mustaqillik  yillarida  yuz  bergan  muhim  jihatni  ta’kidlab,  badiiy 

ijodga  yangicha  munosabatning  qaror  topayotganligi;  ijodkorga  yaratuvchi  shaxs, 

san’atkor sifatida qaralib, badiiy asarlarga birinchi galda badiiyat talablari nuqtai-

nazaridan baho berishga harakat qilinayotgani, «g`oyaviylik»ni emas, ijodkorning 

badiiy tafakkur tarzini o`rganish yetakchi tamoyilga aylanayotganini ijobiy hodisa 

sifatida ta’kidlayotganliklari quvonarli holdir.

1

 

 



Ijodkor  badiiy  tafakkuri  Olloh  in’om  etgan  ilohiy  mo`jiza  –  iste’dod  nuriga 

yo`g`rilgan  bo`lsa,  qanchadan  qancha  milliy  boyliklarni  bunyod  etadi.  Bu  haqda 

so`z  yuritgan  I.  G`afurov:  «Iste’dod  -    milliy  boylik.  U  necha  yuzlab,  minglab 

boyliklarni  bunyod  etadi»,  -  deganida  tamomila  haq  edi.  Aynan  ijodkor  badiiy 

tafakkurining  ilohiy  va  dunyoviy  mazmunlari  uyg`unligidan  yuzaga  keluvchi 

o`ziga  xos  uslubda  ham  shu  ikki  jihat  ko`zga  tashlanadi:  iste’dod  –  mahoratni 

yuzaga  chiqaruvchi  omil  bo`lsa,  uslub-ijodkor  tafakkurining  badiiy  til  orqali 

dunyoviy ma’no va mazmun kasb etishidir. 

                                                           

1

 Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. –T.: Ma’naviyat. 2000. 



Xudoyberganov N. Mehr-u muhabbat yo´llarida. –T.: Yozuvchi. 2003. 




 

 

 



Demak, ijodkor shaxsida ana shu ikki jihat uyg`unlashib, o`ziga xos uslubning 

namoyon bo`lishida asos vazifasini o`taydi. Ayni chog`da, ijodkor uslubi va badiiy 

mahorati  vositasida  inson  dunyosining  sirli,  sehrli  qatlamlari,  tuyg`ularining 

shiddati,  his-hayajonlarining  ma’no  tovlanishlari,  tug`yonlarining  zarbi  ifoda 

qilinadi, tasvirlanadi. Kitobxon yana o`sha ilohiy mo`jiza-iste’dod qudrati ila o`zga 

insonlar  ruhiyatini  his  qiladi,  ular  dunyosiga  kirib  boradi,  ularni  xuddi 

hayotdagidek jonli insonlar kabi tasavvur etadi va tushunadi, hamdardga aylanadi. 

Badiiy  obrazlar  qiyofasida  har  safar  obrazlarning  yangi,  sirli  va  sehrli,  betakror 

ilohiy  dunyosi  namoyon  bo`ladi.  Yaratilayotgan  ana  shu  hayotiy  qahramonlarni 

zamon  va  istiqlol  davri  adabiyoti  talablari,  badiiyat  mezoni  asosida  har  taraflama 

chuqur o`rganish hozirgi adabiy jarayonning dolzarb muammolaridan biridir. 

Hozirgi  o`zbek  she’riyatiga  xos  tamoyillaridan  yana  biriga  e’tiborni  qaratib, 

f.f.d., professor H.Karimov quyidagilarni alohida ta’kidlagan edi: «Totalitar tuzum 

va  uning  mafkurasi  milliy  respublikalar  xalqlarini  tarixidan,  madaniyati 

ildizlaridan  mahrum  etibgina  qolmay,  diniy  an’analari  va  urf-odatlarini  ham 

payhon  qilib  tashladi.  Diniy  madaniyat  o`rniga  bu  xalqlarga  berilgan  markcha-

lenincha  ta’limot  esa  ular  imonini  salomat  olib  qololmadi.  So`nggi  yillarda  dinga 

erkinlik berilishi, islom ta’limotiga oid ilmiy-ommabop asarlarning paydo bo`lishi 

va boshqa tadbirlar natijasida o`zbek she’riyatida islom asotirlari va g`oyalari bilan 

sug`orilgan  she’rlar  paydo  bo`ldi.  Bu  she’rlar  «Qur’on»  surasidagi  oyatlarda  va 

hadislardagi kishini to`g`ri yo`lga solishga irshod qilingan fikrlar asosida yozilgani 

uchun  kishi  imonini  mustahkamlashga  juda  qo`l  kelyapti.  Chunki  imoni 

mustahkam  odam  har  qanday  yomonlikdan  va  insoniy  illatlardan  saqlanadi,  hech 

kimga zulm qilmaydi»

1

.  


Olimning fikrlariga umuman qo`shilgan holda, biz hozirgi o`zbek she’riyatiga 

xos  tamoyillardan  yana  biri  shoirlarning  poetik  nutqning  xitob,  murojaat  kabi 

shakllaridan, so`z takrori, ritorik so`roq kabi unsurlardan foydalanib, olamni uning 

bir bo`lagi bo`lmish inson dunyosini poklash orqali munavvar etish haqidagi dunyo 

                                                           

1

 Karimov G`. Istiqlol davri she’riyati. –T.: Zarqalam, 2005. 20-bet. 




 

 

olimlari,  faylasuf-u  shoirlari  qarashlariga  hamohanglikda  yaratilayotgan  poetik 



g`oyalari,  betakror  tashbehlarga  yuklangan  salmoqli  fikr  va  tuyg`ulardan 

anglashilishini ta’kidlamoqchimiz. Zero, bugungi kunda insoniyatning qiblaga yuz 

tutayotganligini  dunyo  tan  olmoqda

1

.  Xususan,  shoir  Usmon  Azim  olam  sirlarini 



anglashga nechoІlik urinmasin «sirlar tugunini yecha olmaganligini» e’tirof etadi.  

Shoir  ayni holat  sababini olamning  bor sir-u  sinoatlarini  o`z  ko`ngil  olamida 

jilvalantirgan inson qalbi sirligicha qolganligida, deb hisoblaydi: 

«Tangrim, faqat kechir, bandalaringga 

Bir qatra ozodlik bermaganim-chun. 

Qon yutgan ko`rimlar uchun kechirgin 

Ko`zimning yoshlari uchun kechirgin. 

Dunyoning toshligi uchun kechirgin. 

Kechirgin - ko`yingda adashganimni, 

Kechirgin - ko`yingda tinmaganim-chun, 

Kechirgin – erk uchun talashganimni, 

Va erk senligingni bilmaganim-chun»

2



Insonni  poklash,  olamni  tozartirish,  oq  va  qora  ranglar  zamiridagi  ma’nolar: 



ezgulik  va  yovuzlik  o`rtasidagi  azaliy  ziddiyatni  ko`tarib,  uloqtirib  tashlashga 

qodir  kuch  bormi?  Bugun  insoniyat  ongini  zabt  etgan  savol  alomatiga  qanday 

ma’nolar  singishgan?  Muammo  yechimi  qanday?  Olamni  inson  bolasi  yaratgan 

yovuzliklardan  saqlab  qolish  mumkinmi?  Ana  shu  savolga  javob  izlab,  «oxir 

zamon» alomati-yu zalolatlari haqida, gunohlarga burkangan kurrani shoir Bahrom 

Ro`zimuhammad quyidagicha tasvirlaydi: 

«...ayni paytda taftish kuchi bois 

o`z o`qidan chiqib ketdi yer shari 

chiqib ketdi quyosh sistemasidan. 

 

                                                           



1

 Usmon Azim. Saylanma. “Sharq” nashriyot matbaa konserni. –T.: 1995. 405-bet. 

2

 Bahrom Ro´zimuhammad. Soyalar suhbati. She’rlar to`plami. –T.: Zarqalam nashriyoti. 2006. Barcha ko´chirmalar 



shu to´plamdan olindi. 


 

 

ayni paytda tong ila tun 



ola bulla shamoyilga kirdi 

zulmda o`zgartirib rangu tusini 

 

oq olma pishayotgan chog` 



qorbo`ron o`ynab yurdi bolalar. 

yozga qo`shildi qishning uch kuni. 

 

ayni paytda tug`ilgan go`dakning 



soch-soqoli oqardi birdan 

onasini emdi munkaygan chol. 

 

ayni paytda quyosh nurini 



qayga sochishni bilmay turdi-da 

Kuydirib yubordi oyni daf’atan...»

1



Nega?  Nima  uchun?  Bu  savollarga  shoir  «Qarg`algan»  nomli  she’ri  orqali 



javob qaytargan: 

«Sen ulug` ibtidodan nariroqda bir qadam bosding 

Shu bois Allohning qahri keldi 

Payg`ambar qarg`adi seni 

Shaytoni laindan-da battarroq bo`lding 

biroq sening ruhiyatingni to`ldirgan zavq-u shavq 

ikki dunyoda ham yo`q faqat senda bor 

ey, abadiy yig`i, ey abadiy kulgu, ey abadiy jimlik». 

Shoir  fikricha,  sirli-sehrli  dunyo  sarhadlaridan-da  nariroqqa,  bu  dunyo 

chegarasidan  tashqariga  «qarashga»,  idroki,  o`y-xayollari  ila  u  tomonga    «bir 

qadam  tashlashga»  botingan  insonga  shu  gunohi  uchun  qarg`ish  yopishgan.  Bu 

shakkoklik  evaziga  shoir  qalb  iztirobi-yu  bezovta  ruhning  mangu  azobiga  duchor 

                                                           

1

 Bahrom Ro´zimuhammad. Soyalar suhbati. She’rlar. –T.: Zarqalam nashriyoti. 2006. 9-10-betlar. 




 

 

etilgan.  Ammo  insoniyat  dardini  kuylab  yig`lash,  ezgulik  nurlariga  chulg`angan 



olam go`zalliklari-yu odam kulgusidan zavqlanish faqat shoirlarga nasib etmishdir. 

Ayni  chog`da,  o`z  ojizligini  tan  olib,  Olloh  irodasiga  bosh  egib,  abadiy  «jimlik» 

sari yuz burgan inson sukuti ham olam-olam ma’nolarni ifoda etadi. Bu xususiyat 

realistik tasvir uslubi bag`rida yuzaga kelgan «yangilik» sifatida e’tirof etilayotgan 

«o`zbek  modern  she’riyati»  alohida  estetik  tamoyil  ekanligini  asoslaydi.  Modern 

yo`nalishidagi she’rlar  ijodkor-u  kitobxonning  XXI  asrdagi  tabiiy  ma’naviy-ruhiy 

ehtiyojlariga  monand  yuzaga  keldi.  Bunday  she’rlar  inson  shaxsi  va  hayotini, 

uning ko`ngil olamini ijodkorning tasavvurlar olami orqali kuzatish orqali har ikki 

olam uyg`unligi yoki o`zgachaligini anglash mumkin bo`lgan ma’nolarini tasavvur 

voqeligiga aylantirib (his-tuyg`ular va idrok birligi) badiiy talqin qilish natijasidir. 

Ijodkorlarning  bunday  she’rlari  bir  qarashda  milliy  she’riyatimiz  uchun 

noan’anaviydek  tuyuladi.    Hijo,  turoq  va  qofiyadan  uzoq  xalq  jonli  tiliga  yaqin 

sarbast  she’rlarni  bir  o`qishda  tushunish  qiyin,  ammo  har  bir  so`z,  har  bir  satr 

muayyan obrazli ifodaga, ramziy ma’noga va ichki ohangga egaki, bu xususiyatlar 

shoir  mahorati  orqali  betakror  poetik  manzaralar  va  badiiy  umumlashmalar 

yaratilishiga asos bo`lgan.  




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə