Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix24.02.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#84059
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bitiruv malakaviy ishi mavzu Hozirgi o`zbek she’riyatining tara

 

  

 

 

                             XULOSA  

Hayot  va  jamiyatdagi  barcha  o`zgarishlarning  asosi  inson  tafakkuridir. 

Tafakkurida  o`zgarish  bo`lmas  ekan,  ijtimoiy  hayotda  ham  o`zgarish  bo`lishi 

dushvordir.  Istiqlol  davrining  yuzaga  kelishi  ham  shuning  mahsulidir.  Ma’lumki, 

o`z  navbatida  har  bir  jamiyat  o`z  muammosini  yuzaga  keltiradi,  bunga  muvofiq 

insoniyatning  hayotga  qarash  tarzini  ham  o`zgartiradi.  Bu  ruhiyat  bilan  bog`liq 

masaladir.  70  yil  davomida  ma’naviyat,  milliy  axloq  asosi  bo`lgan  dinidan, 

o`tmishda  o`zini  kim  bo`lganligini  namoyon  qilish  qudratiga  ega  bo`lgan  tarixi, 

milliy  qadriyatlaridan  mahrum  bo`lgan  xalq  istiqloldan  keyin  bunga  muyassar 

bo`lgach, unda o`zidan, o`z millatidan g`ururlanish tuyg`usi yuzaga keldi. Chunki 

u  ruhsizlikdan  qutuldi,  ruhi  ozod,  hur  bo`ldi.  Ruhi  hur  odamning  yuragi  botir 

bo`ladi.  U  hamma  narsani  yorqin  ko`radi,  mohiyatini  to`g`ri  anglaydi.  Bu  borada 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  shunday  deydi:  «Odamlarda  o`zligini  anglash,  milliy 

g`urur, oriyat, o`tmishdan faxrlanish, porloq kelajakni o`z qo`limizga olganimizdan 

g`ururlanish  kabi  tuyg`ular  kamol  topyapti,  ularning  bugungi  va  ertangi  kuniga 

ishonchi ortib boryapti»

1

. Bu fikr bugungi kun adabiyotiga ham tegishlidir. 



Ma’lumki, hayotda, jamiyatda ro`y bergan o`zgarish albatta adabiyotda o`z 

aksini  topadi.  Bu  narsa,  ayniqsa,  she’riyatda  yorqinroq  ifodalanadi.  Bugungi 

she’riyat  kechagi  she’riyatdan  tubdan  farq  qiladi.  Kechagi  she’riyat  ko`proq 

ijtimoiylashgan, voqealar zamirida ko`proq hayot ziddiyatlarini ko`rsatgan bo`lsa, 

bugungi  she’riyat  esa  o`z  nigohini  inson  botiniy  dunyosiga  qaratdi,  uning  ruhiy 

olamini,  tuyg`ularini  ochib  berish  borasida  kishini  o`zini  o`ziga  tanitdi.  Bunda  u 

o`ziga xos yaratilgan poetik obrazlardan, ramziy ko`chimlardan foydalandi, ularga 

alohida e’tibor berdi. Buning asosiy sababi inson ruhining murakkab tabiatini teran 

va  to`laroq  ochish,  shuningdek,  ta’sirliroq  ifodalash  bilan  belgilanadi.  Chunki 

bunga bugunda har qachongidan ham ko`ra ehtiyoj sezilyapti. 

Hayot  haqiqatidan  shu  narsa  aniqki,  shoirning  falsafiy  tafakkuri,  hayotiy 

mushohadasi  lirik  qahramon,  poetik  obrazlar,  ramzlar  vositasida  berilsa,  davr 

                                                           

1

 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. –T.: O’zbekiston, 1996. 226-b.  




 

 

ruhini,  xalqning  orzu  istaklarini,  inson  kechinmalarini  ta’sirchan  va  yuqimli 



bo`lishiga  imkon  yaratiladi.  Bugungi  she’riyatda  shunday  qilinyapti.  Shuningdek, 

bugungi  she’riyatda  azaliy  an’analarga  bo`ysunmaydigan  yangi  yo`nalish, 

yangicha  usul  yuzaga  keldi.  Bu  modern  she’riyatidir.  Hayotdagi,  insoniyat 

ruhiyatidagi  o`zgarishlarni  bugungi  o`zbek  nasri  uni  qahramonlari  faoliyatida 

badiiy  aks  ettirishni  o`z  oldiga  vazifa  qilib  qo`ygan  va  yorityapti.  Shuningdek,  u 

imon va e’tiqod, axloq, ma’naviyatga, milliylikka katta e’tibor beryapti. 

Bugungi kun adabiyoti kechagi adabiyotdan bir qancha xususiyati bilan farq 

qiladi.  Ya’ni,  odamning  qalb  iztiroblari,  quvonchlarining  betakror  tahlili  va 

ruhiyatining  turfa  ko`rinishlari  inkishofi  hamda  voqea-hodisalar  tasvirining 

batafsilligi,  ularning  har  biri  maqsad  sari  yo`naltirilganligi,  qahramonlarning  o`ta 

milliy  va  individuallashganligi,  bozor  iqtisodining  mohiyatini  ochib  berishi  bilan 

o`ziga  xoslikka  ega.  Agar  umumlashtirib  aytsak,  voqea-hodisadan  ko`ra, 

insonning, uning qalbi tahlili birinchi o`ringa chiqqanligi bilan ajralib turadi. Buni 

ijodkorlar  yuqorida  ko`rib  o`tganimiz  she`riy  asarlardagi  kabi  shakliy  va 

mazmuniy mushtaraklikda ifoda etib kelmoqdalar.  


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə