Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi


Eshitishda kamchiligi bo'lgan bolalardagi nutq nuqsonlari



Yüklə 406 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/22
tarix05.02.2022
ölçüsü406 Kb.
#83474
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
rivojlanishida kamchiligi bolgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning oziga xos xususiyatlari

1.2.1.Eshitishda kamchiligi bo'lgan bolalardagi nutq nuqsonlari 

tavsifi 

Logopedik ta'sir eshitishi qisman pasaygan zaif eshituvchi bolalar bilan 

olib boriladigan ishda samarali qo'llanishi mumkin. 

F.F.  Rau,  L.V.  Neyman  va  V.I.  Beltyukovlarning  ta'riflashicha,  "zaif 

eshitish deb eshitishning shunday pasayishiga aytiladiki, bunda nutqni  idrok 

qilishda  qiyinchiliklar  tug'iladi,  biroq  maxsus  yaratilgan  shart  sharoitlarda 

(ovozni kuchaytirish,  gapiruvchining bevosita quloqqa  yaqin  kelishi,  tovush 

kuchaytiruvchi  asboblarni  qo'llash  va  hokazo)  eshitishi  yordamida  nutqiy 

muloqotga kirishish mumkin bo'ladi."

Zaif  eshituvchi  bolalarni  karlardan  farqli  ravishda  zaif  eshituvchilar 



deb  nomlash  qabul  qilingan  (karlar  uchun  tovush  kuchaytirgich  asboblar 

qo'llanilsa ham nutqni idrok qilish imkoniyati bo'lmaydi). 

Eshitishning  yaqqol  va  turg'un  pasayishi  nafaqat  nutqni  idrok  qilish, 

balki  ekspressiv  nutqning  buzilishiga  (yoki  rivojlanmasligiga)  ham  olib 

keladi.  Bu  holda,  har  bir  aniq  holatda  ekspressiv  nutqning  buzilishi 

(rivojlanmaganligi)  darajasi  eshitishning  pasayishi  darajasiga  (daraja 

qanchalik og'ir bo'lsa shunchalik yomonlashadi), zaif eshitishning boshlanish 

vaqtiga,  bola  rivojlanishining  shart-sharoitiga  (nutqning  rivojlanishi  va 

saqlanishi  bo'yicha  maxsus  choralarni  qo'llash  uning  birmuncha  yaxshi 

holatini ta'minlaydi) bog'liq bo'ladi. 

                                                

3

Рау Ф.Ф., Нейман Л.В., Бельтюков И.И. Использование и развитие слухового восприятия у 



глухонемых и тугоухих учащихся. -М., 1961, -с.46.

 

  



 

22 


Eshituvi  pasaygan  bolalar  uchun  bevosita  eshitish  kamchiligi  bilan 

bog'liq  nutq komponentlarining (tarkibiy qismlar) shakllanmaganligi  xosdir.  

U  nutqning  barcha  tomonlarini  qamrab  oladi.  Biroq,  zaif  eshituvchilarda 

eshituv  funksiyasi  holati  bilan  bog'liq  bo'lmagan  nutqiy  kamchiliklarning 

shakli  ham  kuzatiladi.  Bular  duduqlanish;  nutq  tempining  buzilishi, 

rinolaliya, optik disgrafiya va disleksiya, dizartriya, mexanik  dislaliya, ovoz 

buzilishi, alaliya, erta bolalar afaziyas"i. Fonctiko-fonematik buzilishlar. 

Fonematik  tizimning  normal  faoliyat  ko'rsatishi  barcha  nutq 

tovushlarining  bexato  eshituv  differensiatsiyasi  imkoniyatini  (akustik 

jihatdan  yaqin  tovushlarni  qo'shganda  ham)  va»ularning  to'g'ri  talaffuzini 

ko'zda tutadi. Fonetik tizim holatini xarakterlovchi bu ikki tomon, erta paydo 

bo'lgan zaif eshitishda normal shakllana olmaydi. 

Zaif  eshituvchilarda  nutq  tovushlarini  eshitish  differensiatsiyasi,  eng 

avvalo,  ular  tomonidan  idrok  qilinuvchi  tovushlar  chastotasi  diapazonining 

chegaralanganligidan  aziyat  chekadi.  Bundan  tashqari,  bolalarda  nutq-

eshituv  analizatorining  markaziy  bo'limida  analitik-sintetik  faoliyatning 

ikkilamchi  rivojlanmasligi  kuzatiladi.  Bu  eshituv  ta'sirlovchilarining 

periferiyasidan  kelib  tushuvchi  "sifatsizlik"dan  kelib  chiqadi  (tovushlarni 

eshitib  idrok qilishning butunlay  yo'qligi  yoki  ularning barcha  formantlarini 

ham idrok qilmaslik). 

Birinchi  darajadagi  zaif  eshituvchi  bolalar  quloq  suprasi  yaqinida, 

odatdagi  suhbat  balandligidagi  ovozda  talaffuz  qilingan  75%dan  ko'p 

bo'lmagan  undoshlarni  farqlaydilar.  Bunda  quloqdan  0,5  m  masofadagi 

uzoqlikda undoshlarni farqlash 60% gacha pasayadi, 2 m masofada esa  hatto 

40% gacha farqlash imkoniyati pasayadi, bunday sharoitda bog'langan nutqni 

idrok  qilish  imkoniyati  faqat  nutqni  to'liq  egallagan  bolaning  o'zida  mavjud 

bo'lgan  so'z  va  iboralarning  yaxlit  obraziga  tayanganligi  sababligina  sodir 

bo'ladi.  Bunda  bola  so'z  va  iboradagi  yetishmaydigan  qismini  anglaydi 

(ko'pincha  xato  anglaydi).  Agarda  bola  mukammal  nutqqa  ega  bo'lmasa, 

bunday  anglash  imkoniyati  bo'lmaydi.  Shu  sababli  bir  xil  darajadagi  (biroq 




 

23 


nutqiy  rivojlanishi  turli  darajada  bo'lgan)  zaif  eshituvchi  bolalar  niftq 

tovushlarini  turlicha  payqaydilar.  Aynan  xuddi  shu  sabab  tufayli  bir  xil 

darajadagi zaif eshitish holatida  tovushlarni eshitish differensiatsiyasi holati 

birinchi  bo'lim  o'quvchilariga  qaraganda  II  bo'lim  o'quvchilarida  nisbatan 

yomonroqdir.  Biroq  L.G.  Paramonova  tadqiqotlariga  muvofiq  hatto  zaif 

eshituvchilar  maktabining  birinchi  bo'limida  ham  78%  dan  ko'proq  yuqori 

sinf  o'quvchilari  4  dan  45  juftgacha  undosh  tovushlarni  eshitib 

farqlamaydilar.  Ayniqsa,  sirg'aluvchi  s  va  z  tovushlarini  farqlash  qiyin 

kechadi.  Boshqa  fonetik  guruhga  kiruvchi  undosh  tovushlarni  eshitib 

farqlash 

birinchi 

bo'lim 


o'quvchilari 

uchun 


unchalik 

qiyinchilik 

tug'dirmaydi. 

I I   bo'lim  zaif  eshituvchi  o'quvchilari  uchun  aynan  sirg'aluvchi  va 

shovqinli  tovushlarni  idrok  qilish  birmuncha  qiyinchilik  tug'diradi.  Bundan 

tashqari,  toza  akustik  xususiyatlar,  bu  tovushlar  talaffuzida  nisbatan  kech 

farqlana boshlanishidan dalolat beradi. Bu yerda nutq harakat analizatorining 

nutq eshituv analizatoriga tormozlovchi ta'siri kuzatiladi. 

Demak,  nutq  tovushlarini  eshitish  differensiatsiyasining  holati  zaif 

eshituvchilarda,  birinchi  bo'lim  singari  II  bo'lim  xususiyatiga  ko'ra  shunday 

—  u,  bolalarning  tovush  talaffuzini  mukammal  o'zlashtirishini  (keyinchalik 

yozuvni ham) ta'minlay olmaydi. 

Zaif  eshituvchilarda  tovush  talaffuzining  shakllanishi  nutq  eshituv 

analizatorining  mukammal  emasligi  tufayli  normaga  qaraganda  ma'lum 

miqdordagi kamchiliklar bilan kechadi. Nutq eshituv analizatori nutq-harakat 

analizatoriga  nisbatan  o'zining  "yetakchi  roli"ni  kerakli  darajada  amalga 

oshirolmaydi. U yoki bu nutq tovushini eshitib idrok qilish yoki uni o'xshash 

tovushlardan farqlab olish imkoniyatining yo'qligi tufayli.  Bola mustaqil, bu 

tovushlarning to'g'ri artikulatsiyasini ham egallay  olmaydi. Bundan tashqari, 

zaif  eshituvchi  bolalarda  nutq  harakat  analizatori  qurilishi  va  faoliyatida 

buzilishlar  bo'lishi  mumkin  va  bu  tovush  talaffuzidagi  kamchiliklarga  asos 

bo'ladi. 




 

24 


Tovush  talaffuzi  buzilishi,  ayniqsa  II  bo'lim  zaif  eshituvchi 

o'quvchilarida  ko'p  uchraydi.  Buning  ustiga  nafaqat  undosh  tovushlar,  balki 

unlilar  ham  buziladi.  Biroq,  L.G.  Paramonovaning  ma'lumotiga  ko'ra,  zaif 

eshituvchilar  maktabi  birinchi  bo'limida,  hatto  yuqori  sinflarida  tovush 

talaffuzi kamchiliklari  mavjud. II bo'lim zaif eshituvc'nilari singari  bu yerda 

ham  tovush  talaffuzining  polimorf  buzilishlari  holati  ko'proq.  Bunday 

buzilish  tovushlarning  ko'pgina  fonetik  guruhini  qamrab  oladi  (har  bir 

o'quvchiga 11 tadan noto'g'ri talaffuz qiluvchi tovush to'g'ri  keladi). Birinchi 

bo'lim  eshituvchilarida  nafaqat  artikulatsiya  jihatdan  murakkab  tovushlar, 

balki,  nisbatan  artikulatsiya  jihatdan  oddiy  undoshlar  talaffuzi  ham  buziladi 

(lab-lab,  lab-tish,  til  oldi  tovushlari  ya'ni  t,  d,  n  va  boshqalar).  Birinchi 

bo'limda  II  bo'limga  qaraganda  unli  tovushlar  talaffuzida  kamchiliklar 

kamroq  kuzatiladi.  Uning  asosida  faqat  nutq  —  eshituv  analizatori  emas, 

balki  bir  vaqtning  o'zida  nutq  -harakat  analizatori  ishining  mukammal 

emasligi  yotadi.  Zaif  eshituvchilarda  tovush  talaffuzi  buzilishining  uchta 

asosiy shaklini ajratib ko'rsatish mumkin: 

1.  Nutq  apparati  sensor  bo'limining  yetishmovchiligida,  ya'ni  eshituv 

analizatorining  to'liqsiz  faoliyatida  bir  nutq  tovushini  boshqasi  bilan 

almashtirish  xarakterli,  ("gilos"  o'rniga  "giloz",  "soat"  o'miga  "shoat"). 

Tovushlarni almashtirishga qaraganda ularni buzib talaffuz qilish  birmuncha 

kam  kuzatiladi.  Bu  ularni  boshqa  tovushlardan  aniq  eshitib  farqlash 

imkoniyatining  yo'qligi  yoki  mos  keluvchi  tovush  chastotalarining  parsial 

tushishi  tufayli,  ularni  eshitib  idrok  qilish  imkoniyatining  butunlay  yo'qligi 

bilan  bog'liq.  Tovush  talaffuzi  buzilishining  sensor  shaklida,  nutq  apparati 

motor  bo'limining  tuzilishi  yoki  ishlashida  normadan  chetga  chiqish  odatda 

kuzatilmaydi.  Bolaning  og'zaki  nutqida  mavjud  tovush  almashtirishlar,  

odatda  yozuvda  ham  mos  keluvchi  harflarni  almashtirish  ko'rinishida  aks 

etadi. 


Zaif  eshituvchilar  maktabining  quyi  sinflarida  tovush  talaffuzi 

buzilishining bunday shakllari odatda birinchi o'rinda turadi. 




 

25 


2. 

Nutq  apparati  motor  bo'limining  yetishmovchiligi  oqibatida, 

ya'ni  artikulatsiya organlar tuzilishi  yoki ishlashidagi kamchiliklar. Buzilish 

odatda  tovushlarni  noto'g'ri  talaffuz  qilish  bilan  ifodalanadi  (tisharo  "s"  va 

boshqalar). 

3. 


Bir  vaqtning  o'zida  ham  sensor,  ham  motor  yetishmovchilikka 

asoslangan tovush talaffuzi buzilishining aralash shakli. Bunday hollarda, bir 

bolaning  o'zida  ayrim  tovushlar  talaffuzidagi  kamchiliklar  o'xshash 

fonemalarni  (s-z )  eshitib  farqlash  imkoniyatining  yo'qligi  bilan  bog'liq 

bo'lsa,  boshqa  tovushlar  talaffuzidagi  kamchiliklar  artikulatsion  apparat 

tuzilishi  yoki  ishlashidagi  kamchiliklarga  bog'liq  bo'ladi  (masalan,  "r" 

tovushini  buzilib  talaffuz  etish  til  yuganchasining  kaltaligi  sababli  yoki 

tisharo "s" til uchi mushaklarining falaji sababli). Gohida bir bolaning o'zida 

aynan  bir  tovushlarni  buzib  talaffuz  etish,  bir  vaqtning  o'zida  ham  motor, 

ham  sensor  kechadi.  Bunda  ma'lum  tovushni  talaffuz  qilish  uchun  muhim 

bo'lgan  artikulatsion  harakatlarni  bajarish  imkoniyatining  yo'qligi,  uni 

akustik  jihatdan  yaqin  tovushlardan  eshitib  farqlash  imkoniyatining  yo'qligi 

bilan qo'shilib keladi. 

Zaif  eshituvchi  bolalarda  tovush  talaffuzi  buzilishining  aralash  shakli 

ko'p uchraydi. 

Demak,  zaif  eshituvchilarda  fonetik-fonematik  buzilishlar,  ko'pgina 

nutq  tovushlarini  eshitib  farqlashdagi  yaqqol  ifodalangan  qiyinchiliklar  va 

ko'p  hollarda  murakkab  sensomotor  buzilishiga  asoslangan  tovush 

talaffuzining polimorf buzilishlarida namoyon bo'ladi. 


Yüklə 406 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə