Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi


Aqli zaif bolalarda leksikaning buzilishi



Yüklə 406 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix05.02.2022
ölçüsü406 Kb.
#83474
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
rivojlanishida kamchiligi bolgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning oziga xos xususiyatlari

1.1.3.Aqli zaif bolalarda leksikaning buzilishi 

Aqli  zaif  bolalar  so'z  boyligining  o'ziga  xos  tomonlari  ko'plab  mualliflar 

diqqat-e'tiborini o'ziga jalb qilgan. Ular, idrok qilish faoliyatidagi buzilishlar passiv 

va aktiv lug'atlarning shakllanishida o'z izini qoldiradi, deb e'tirof etganlar. 

Aqli  zaif  bolalarda  lug'at  boyligining  kambag'alligi,  so'zlardan  noto'g'ri 

foydalanish, passiv lug'atning aktiv lug'atdan ustun bo'lishi va so'zlarni mazmunga 




 

16 


qarab  ishlatishdagi  qiyinchiliklar  sezilib  turadi.  Bu  bolalarda  so'z  boyligi 

kambag'alligining  muhim  sabablari  bo'lib,  ularning  aqliy  rivojlanishining  pastligi, 

atrofdagi  olam  haqida  bilim  va  tasavvurlarining  cheklanganligi,  verbal  xotiraning 

zaifligi,  ijtimoiy  va  nutqiy  munosabatga bo'lgan talabning pastligi, qiziqishlarning 

shakllanmaganligi hisoblanadi. 

V.G. Petrovning ma'lumotlariga ko'ra, 1-sinfning aqli zaif o'quvchilari ularni 

o'rab  turgan  ko'pgina  predmetlarning  (soat,  piyola),  ayniqsa,  predmetlarning 

alohida bo'laklarining nomini bilmaydilar (muqova, sahifa). 

Bolalar  lug'atida  aniq  ma'noli  otlar  ustunlik  qiladi,  umumlashma 

xarakterdagi so'zlar ishtirok etmaydi (mebel, idish, poyafzal, kiyim). 

Aqli  zaif  bolalarning  faol  lug'atida  hayvonlar  harakatini  anglatuvchi  ko'plab 

fe'llar  ishtirok  etmaydi  (sakraydi,  emaklaydi,  uchadi).  1—2-sinf  o'quvchilari 

"qurbaqa kelyapti" "ilon kelyapti", "qushcha kelyapti", kelyapti deb gapiradilar. 

Aqli  zaif  bolalar  soni  jihatdan  ko'p  bo'lmagan  predmet  belgisini  bildirgan 

so'zlardan:  rang  (qizil,  ko'k,  yashil),  maza-ta'm  (shirin,  achchiq)  foydalanadilar. 

Belgi  jihatdan  qarama-qarshi  ma'noli  bo'lgan  so'zlardan  esa  juda  kam 

foydalanadilar (uzun-qisqa). 

N.V.Tarasenkoning  ma'lumotlariga  ko'ra  quyi  sinflarning  aqli  zaif 

o'quvchilari insonlarning ichki fazilatlariga oid sifatlarni ham iste'mol qiladilar. 

Quyi sinf aqli zaif o'quvchilarining lug'atida ravish so'z turkumiga oid so'zlar 

juda ham cheklangan. 

So'z va iboralarni noto'g'ri qo'llash tez-tez uchraydi. Semantik o'xshashligiga 

ko'ra  so'zlarni  almashtirish  ustunlik  qiladi.  Tarqoq,  ma'nosi  kengaygan  so'zlarni 

almashtirish  hodisasi  xarakterlidir (sakrayapti, o'rmalayapti, kelyapti).  Bir turdagi, 

ko'rinishdagi so'zlarni almashtirish kuzatiladi. Masalan, botinka so'zi bilan bolalar 

(etik,  tufli,  kalish  so'zlarini  qo'llaydi);  ko'ylak  so'zi  bilan  kofta,  kurtka  so'zlari 

qo'llanadi.  Aqli  zaif  bolalarda  so'zlarni  qo'llashdagi  noaniqliklarning  sabablari 

bo'lib  differensiatsiyaning  predmetlarni  ajratishdagi  qiyinchiliklar  hisoblanadi. 

Aqli zaif o'quvchilarning differensial tormoz jarayoni zaifligi oqibatida predmetlar 

orasidagi  farqlarga  qaraganda,  ularning  o'xshashliklarini  osonroq  qabul  qiladilar, 




 

17 


shuning  uchun  ular  o'xshash  predmetlarning  umumiy  va  aniq  belgilarini 

o'zlashtiradilar.  Shunday  umumiy  va  aniq  belgilar  bo'lib,  predmetlar  bajaradigan 

vazifa 

bo'lishi 

mumkin 

(qoshiq, 

sanchqi). 

Predmetlar 

orasidagi 

farq 


o'zlashtirilmaydi, ularni aniq belgilash esa chegaralanmaydi. 

Aqli  zaif  bolalarning  passiv  lug'ati  faol  lug'atga  qaraganda  ko'proq,  lekin 

shunda  ham  birorso'zni  qaytarish,  talaffuz  etish  uchun  yo'naltiruvchi  savol  talab 

etiladi.  Qiyinchiliklar  bir  tomondan,  aqli  zaif  bolalarning  bosh  miya  po'stlog'idagi 

tormozlanishdan,  boshqa  tomondan,  semantik  maydonlar  shakllanishidagi  o'ziga 

xosliklardan kelib chiqadi. 

A.R.  Luriya  va  O.S.  Vinogradovalar  semantik  maydonlar  yuzasidan 

o'tkazilgan  tadqiqot  ularni  to'liq  shakllanmaganligini  ko'rsatdi.  Normada  so'zni 

tanlash, ularning ma'nosidan kelib chiqqan holda, ya'ni mazmuniy o'xshashliklarga 

qarab  amalga  oshiriladi  (baland-past,  olma-nok).  Aqlizaif  bolalarda  esa  so'zlarni 

tanlash  ko'proq  taxminiy,  ba'zan,  tovush  o'xshashliklariiga  asoslanib  amalga 

oshiriladi-ki,  bu  yana  bir  bor  lug'aviy  sistemalikning  to'liq  shakllanmaganligidan 

dalolat beradi. Ko'pgina so'zlar tushunchaga aylanmay qolaveradi. 


Yüklə 406 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə