Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi


II  BOB.  RIVOJLANISHIDA  KAMCHILIGI  BO'LGAN  BOLALAR



Yüklə 406 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix05.02.2022
ölçüsü406 Kb.
#83474
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
rivojlanishida kamchiligi bolgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning oziga xos xususiyatlari

II  BOB.  RIVOJLANISHIDA  KAMCHILIGI  BO'LGAN  BOLALAR 

BILAN  OLIB  BORILADIGAN  LOGOPEDIK  ISHNING  O'ZIGA  XOS 

XUSUSIYATLARI 

2.1.Aqli  zaif  bolalar  bilan  olib  boriladigan  logopedik  ishlarning  o'ziga 

xos xususiyatlari 

Aqli zaif bolalarda tovush talaffuz buzilishini to'g'rilash,  normal  rivojlangan 

bolalarga  nisbatan  ancha  uzoq  davom  etadigan  jarayondir.  Ular  bilan  olib 

boriladigan  ish  shartli  refleks  aloqalari  hosil  bo'lishining  qiyinligi  tufayli,  yangi 

tovush  shakllanishining  sekinlashishi  va  uzoq  davom  etishini  keltirib  chiqaradi. 

Asab  (nerv)  jarayonining  inertligi,  sekinlashish  va  asabiy  kuchayishning  o'ta 

buzilishi,  eski-oddiy  aloqalardan  yangilariga  o'tishdagi  bir  xillikni  ko'rsatishda 

namoyon bo'ladi. Buning natijasida u yoki bu tovushni noto'g'ri talaffuz qilish uzoq 

vaqt saqlanib qoladi. 

Yangi  tovushni  nutqqa  kiritish,  ya'ni  avtomatizatsiya  bosqichi  uzoq  vaqtni 

talab  qiladi.  Ba'zida  bir  tovushni  me'yoriga  yetkazish  uchun  3-5  mashg'ulotning 

o'zi  kifoya  qiladi,  lekin  uni  avtomatizatsiyalash  1-1,5  yilda  nihoyasiga  yetadi. 

Buning  asosiy  sababi,  aqli  zaif  bolalardagi  oliy  nerv  faolyatining  o'ziga  xos 

tomonlari, o'z nutqi va to'g'ri talaffuz qilish ustidan nazorat yo'qligi hisoblanadi. 

Bu  ko'rsatkichni  G.A.  Kashening  tadqiqotlari  ham  tasdiqlaydi.  Ko'pchilik 

bolalarda  tovushni  to'g'ri  talaffuz  qila  boshlash  bosqichi  bir  o'quv  yili  davomida 

amalga  oshirilar  ekan.  96  tovushdan  72  tasi  o'quv  yili  oxiriga  borib  to'g'rilangan, 

lekin  mana  shu  72  tovushdan  faqat  22  tasi  nutqda  to'g'ri  talaffuz  qilingan,  50  tasi 

esa nutqda mustahkamlanmagan va bolalar ulardan foydalanmaganlar. 

Tovushlar  talaffuzidagi  nuqsonlarni  to'g'rilashni  aqli  zaif  bolalarning  idrok 

qilish  faoliyatining  rivojlanishi  bilan  bog'lash,  qiyoslash,  analiz  va  sintezning 

harakatlari  bilan  bog'lash  lozim.  To'g'ri  talaffuzdagi  buzilishlarni  to'g'rilashdagi 

logopedik ishlarda qiyoslash usulini keng qo'llaniladi. Masalan, tovushni to'g'rilash 

bosqichida to'g'ri va noto'g'ri talaffuz qiyoslanadi. Avtomatizatsiya bosqichida shu 

tovushning  o'zi  fonetik  jihatdan  bir-biridan  uzoq  bo'lgan  tovushlar  bilan 



 

37 


qiyoslanadi.  Korreksiya  (to'g'rilash)  jarayonida  tovush  miqdoriga  nisbatan  turli 

so'zlaming tovush tuzilishi qiyoslanadi. 

Asosiy  diqqat-e'tibor  umumiy  va  nutqiy  materialning  rivojlantirilishiga, 

eshitish  qobiliyatining,  xotiraning  shakllantirilishiga,  ya'ni  aqli  zaif  bo'lgan 

bolalardagi  talaffuz  qilish  buzilishlarining  barcha  sabablarini  normallashtirishga 

qaratiladi. 

Talaffuzdagi  buzilishlarning  korreksiyasida  diqqat-e'tibor  so'zning  tovush 

tarkibi  haqidagi  aniq  tasavvurga  ega  bo'lishga,  so'zdagi  tovushni  ajrata  bilishga, 

nutq tovushlarning ma'no bildiruvchi vazifalarini aniqlashga qaratiladi. 

Yordamchi  maktabda  logopedik  ish  bilan  savodga  o'rgatish  o'rtasida  o'zaro 

uzviy  aloqa  amalga  oshiriladi.  Tovushni  to'g'ri  talaffuz  qilish  ustidagi  ish  bolani 

shu  tovush  ifodalagan  harfni  o'zlashtirishga  tayyorlaydi.  Boshqa  tomondan  harfni 

o'rganish  esa  tovushni  nutqqa  mustahkamlash  uchun  grafik  tayanch  bo'lib  xizmat 

qiladi.  Bola  harfni  o'rganishdan  avval,  tovushni  to'g'ri  talaffuz  qila  bilishi,  uni 

nutqda ajrata olishi kerak. 

Aqli  zaif  o'quvchilarda  talaffuz  buzilishlarini  to'g'rilash  davrida  ulardagi 

psixik  jarayon  kechishining  o'ziga  xos  tomonlarini  hisobga  olish  zarur  (tempning 

sekinlashishi, diqqat-e'tiborni bir joyga yig'a olmaslik va boshqalar). 

Yordamchi  maktablarda  talaffuzdagi  nuqsonlarni  bartaraf  etish  yuzasidan 

olib boriladigan logopedik ishlarning o'ziga xos tomonlaridan yana bin ishni yakka 

tartiblashtirish  hisoblanadi.  O'ziga  xoslik  rejalashtirishda  ham  o'z  aksini  topadi. 

Normal  bola  uchun  qiyinchilik  tug'dirmaydigan  harqanday  masala,  yordamchi 

maktablarda  iloji  boricha  oddiylashtirilishi  lozim.  Logoped  bu  o'ziga  xoslikni 

talaffuzdagi kamchiliklarni to'g'rilashdagi ishning har bir bosqichida hisobga olishi 

darkor. 

Yordamchi  maktablarda  talaffuz  buzilishlarini  bartaraf  etishning  dastlabki 

bosqichi  uzoq  davom  etadi  va  sifat  jihatdan  boshqa  mazmun  kasb  etishi  bilan 

xarakterlanadi.  Umumiy  nutqiy  motorikani  rivojlantirish,  eshitish  va  xotirani 

mustahkamlash ustida ishlar olib boriladi. 



 

38 


Nutqiy  nafas  olish,  uzoq  nafas  chiqarib  turishni  shakllantirish  zarur.  Bular 

o'yin ko'rinishidagi mashqlarda o'tkaziladi. 

Uzoq  vaqt  nafas  chiqarishga  ovoz  tembri,  balandligi,  kuchini  rivojlantirish 

maqsadida,  ovoz  mashqlarini  kiritish  lozim.  Keyinchalik  oddiy  artikulator 

mashqlar kiritiladi. 

Aqli  zaif  bolalarda  artikulator  motorikani  rivojlantirish  ikki  yo'nalishda  olib 

boriladi:  harakatning  knetik  asosini  rivojlantirish  va  artikulator  harakatning 

kinestetik  asoslarini  rivojlantirish.  Kinestetik  holatni  rivojlantirishda  ish  ko'zgusiz 

olib  boriladi,  o'quvchilar  lablar  holatini  takrorlaydi,  logopedning  nutqiy 

yo'riqnomasi  asosida  til  holatini  passiv  o'zgartirishini  qaytaradi.  Bolalarni  eshitib 

nutqiy  birliklarni  ajratishga  o'rgatiladi.  ("qani  kirn  qichqirayapti?",  "top-chi  ovoz 

qayerdan  kelayapti?"  kabi  o'yinlar).  Shuningdek,  o'quvchilarni  so'zlar  tartibini 

eslab  qolishni,  bo'g'inlarni  avval  rasmlar  asosida  keyin  ularsiz  qaytarishga 

o'rgatiladi. Dastlabki, bosqichda tovush analizi va sintezining elementar shakllarini 

rivojlantirish  amalga  oshiriladi.  Bolalar  undosh  va  unli  tovushlarni  ajratib 

ko'rsatishni o'rganadilar. 

Aqli  zaif  bolalarda  tovushni  yo'lga  qo'yish  aralash  usullarda  amalga 

oshiriladi. Yordamchi maktablarda nutq tovushlarini avtomatizatsiyalashtirish uzoq 

davom  etadigan  bosqich  hisoblanadi.  Bu  bosqichda  so'zdagi  tovushni  ajratib 

ko'rsatish,  boshqa  tovushlarga  nisbatan  uning  o'rnini  belgilash,  tovush  analizi  va 

sintezining  murakkab  shakllari  ustida  ish  olib  boriladi.  Aqli  zaif  bolalar  so'zdagi 

tovush  o'rnini  yaxshi  belgilay  olmaydilar,  shuning  uchun  o'z  vaqtida  artikulator 

a'zolarini  tovushni  talaffuz  qilishga  tayyorlay  olmaydilar.  Ayniqsa,  bu  hol  tovush 

so'z o'rtasida yoki oxirida kelganda yaqqol seziladi. 

Tovushlarni 

avtomatizatsiyalashtirish 

jarayonida 

nutqning 

ohangini 

rivojlantirish  ustida  ishlash  tavsiya  etiladi.  Bo'g'indagi  urg'u,  so'z  urg'usi  ustida 

bog'lanishli nutqda intonatsiya ustida ishlash lozim bo'ladi. 

Bu  bosqichning  o'ziga  xos  tomoni  darslarni  rejalash,  mavzularni  taqsimlash 

hisoblanadi.  Mashg'ulotlar  aniq  rejalashtiriladi,  bu  rejada  nutqiy  material 

topshiriqlarini  asta-sekin  murakkablashtirish  maqsad  qilib  qo'yiladi.  Masalan, 




 

39 


bo'g'inlardagi  S  tovushni  avtomatizatsiyalashtirishda  mashg'ulotlarning  mavzusi 

quyidagicha  (



sinf):  ochiq  bo'g'inlarda  (tovush  so'z  boshida);  teskari  bo'g'inlarda 

as,  os,  us,  is;  yopiq  bo'g'inlarda  (tovush  bo'g'in  boshda)  sol,  sot,  sak;  yopiq 

bo'g'inda  (tovush  bo'g'in  oxirida):  los,  kos,  kas;  undoshlar  yonma-yon  kelganda: 

ska, ost, osk. 

Tovushlar 

differensiatsiyasi 

logopedik 

ishlarning 

zaruriy 


bosqichi 

hisoblanadi.  O'rta  maktablarda  bu  ishlar  faqat  og'zaki  nutqda  tovushlar  o'rni 

almashgandagina  olib  boriladi.  Yordamchi  maktablarda  esa  bu  qadar  og'zaki 

nutqda  tovush  buzib  talaffuz  etilganda  ham  olib  borilishi  zarur.  Bu  yozma  nutqda 

ko'plab  harflar  o'rnini  almashtirishga  olib  keluvchi  nutq  tovushlarini  nutqiy-

eshitish differensiatsiyasining rivojlanmay qolishidan kelib chiqadi. 

Tovushlarni  chegaralash  (belgilash)  ishlari  2  yo'nalishda  olib  boriladi: 

1 )  

tovushlarni  talaffuz  qilish  differensiatsiyasini  aniqlash;  2)  nutq  tovushlarini 

eshitish  differensiatsiyasini  rivojlantirish,  ayniqsa,  fonetik  jihatdan  yaqin  bo'lgan 

tovushlar ustida ishlash. 




Yüklə 406 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə