Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi


Ko'zi ojiz bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklari



Yüklə 406 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix05.02.2022
ölçüsü406 Kb.
#83474
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
rivojlanishida kamchiligi bolgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning oziga xos xususiyatlari

1.3.Ko'zi ojiz bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklari 

Ko'rish  analizatorining  faoliyati  buzilganligi  sababli  ko'r  va  zaif 

ko'ruvchi  bolalarning  nutqiy  rivojlanishi  o'ziga  xos  xususiyatlarga  ega 

bo'lib, bu  nutqda o'z aksini topadi  (exolaliya, "formalizm", so'z turkumining 

buzilishi va boshqalar).  

Logopediyadagi  mavjud  izlanishlar  asosan  ko'rishida  chuqur  nuqsoni 

bor  bolalarning  talaffuzidagi  nuqsonlariga  bag'ishlangan  (M.Ye.Xvatsev, 

S.L.Shapiro, 

А.E.Shipilo, 

S.V.Yaxontova). 

Faqat 

60-70-yiIlarda 



logopediyada 

nutq  kamchiliklarini  sistemali 

ravishda  o'rganishning 



 

33 


rivojlanishi  bilan  (R.Ye.  Levina,  V.K.  Orfinskaya)  ko'r  va  zaif  ko'ruvchi 

bolalar 


nutqining 

nafaqat 


tovushlar 

talaffuzidagi, 

balki 

nutqning 



rivojlanishidagi kamchiliklarni aniqlashga doir izlanishlar paydo bo'ldi.  

Bu  ona  tilini  o'qitish  metodikasi  bo'yicha  mutaxassislar  va  logopedlar 

ishlaridir (O.L. Jiltsova, S.L. Korobko, N.S. Kostyuchek, N.A. Krilova, T.P. 

Sviridyuk). Masalan, S.L. Korobko  nutqi to'liq rivojlanma gan zaif ko'ruvchi 

bolalarning kattagina guruhini ajratdi.  

Hozirgi  vaqtda  ko'r  va  zaif  ko'ruvchi  bolalardagi  nutq  kamchiligi 

murakkab  nuqson  ekanligi  hamda  nutq  va  ko'rish  faoliyatining  sustligining 

o'zaro bog'liqligi nazariy va amaliy izlanishlarda isbotl angan. 

Ko'rishida  nuqsoni  mavjud  bo'lgan  bolalarning  nutq  kamchiliklari 

turlichadir.  Ular  strukturasi  va  darajasi  sifatidan  murakkab  bo'lib,  nutqni 

R.Ye.Levina  ta'kidlaganidek,  yagona  sistemadek  qamrab  oladi  va  bunda 

nutq  kamchiliklari,  nutq  kamchiliklarin ing  yagona  yadrosi  bo'lib  qolmaydi. 

Bunday  bolalarda  nutqning  rivojlanishi  murakkab  sharoitda  kechadi.  Ular 

orasida  ko'rish  anomaliyalarining  tug'ma  shakllari  uchrab  turadi  va  bu  holat 

nutqning  paydo  bo'lishiga  doir  boshqa  funksiyalarning  ham  buzilishiga 

sabab bo'ladi. 

Statistika  materiallari  shuni  ko'rsatadiki,  nutq  kamchiliklari  ko'ruvchi 

bolalarga  nisbatan  ko'rishida  chuqur  kamchiliklari  bor  bolalarda  ko'proq 

uchraydi. 

Olib  borilgan  izlanishlar  shu  kategoriyadagi  bolalarning  nutqini 

shakllanganligini to'rt darajaga ajratishga imkon beradi.  

Birinchi  daraja.  Talaffuzidagi  ayrim  kamchiliklarning  bo'lishi  bilan 

ifodalanadi. 

Ikkinchi  daraja.  Faol  lug'at  cheklangan.  So'z  va  predmet  obrazini 

solishtirishda,  umumlashtiruvchi  tushunchalarasosida  hikoyalartuzishda 

xatolarga yo'l qo'yiladi. 

Talaffuzdagi 

kamchiliklar 

sigmatizmning 

turli 


ko'rinishlarida 

lambdatsizm,  parasigmatizm,  pararotatsizm,  paralambdatsizmda  namoyon 




 

34 


bo'ladi. 

Tovushlar 

talaffuzi 

va 


fonematik 

tasa vvurlar 

eshitish 

differtsiatsiyasining  rivojlanishida  kamchiliklar  kuzatiladi.  Fonematik  tahlil 

shakllanmagan bo'ladi. 

Uchinchi  daraja.  Ekspressiv  nutq  lug'at  boyligining  sustligi  bilan  aj'ralib 

turadi.  Umumlashtiruvchi  tushunchalarni  bilish,  so'z  va  predmet  obrazini 

solishtirish darajasi past bo'ladi. Mustaqil  nutqning  grammatik tomoni buzilgan,  u 

faqat  predmetlarni  nomlash  va  bir  ikki  so'zli  gaplardan  iborat  bo'ladi.  Murakkab 

hikoyalarni bayon etish rivojlanmagan, talaffuz qilish va eshitish differensiatsiyasi 

sust shakllangan bo'ladi. 

To'rtinchi  daraja.  Ekspressiv  nutq  juda  cheklangan,  umumlashtiruvchi 

tushunchalar  va  so'z-predmet  obrazini  solishtirishda  jiddiy  kamchiliklar  bo'ladi. 

Bog'langan  nutq  ayrim  so'zlardan  iborat,  exolaliyalar  kuzatiladi.  Nutqning 

grammatik 

tuzumini 

aniqlashga 

qaratilgan 

topshiriqlar 

va 


eshitish 

difierensiatsiyasiga  oid  topshiriqlarni  bajara  olmaydilar.  Fonematik  tahlil  va 

sintezning umuman rivojlanmaganligi kuzatiladi. 

Ko'rishida  nuqsoni  bor  bolalar  nutqining  rivojlanishining  tahlili  shuni 

ko'rsatadiki  ularning  ko'pchiligida  sistemali  nuqsonlar  kuzatiladi  va  nutqning 

yetarli  komponentlari  buzilgan  bo'ladi  (fonetika,  leksika,  grammatika).  Normal 

ko'ruvchi  va  ko'rishda  nuqsoni  bor  bolalarning  nutqidagi  nuqsonlarning 

solishtiradigan  bo'lsak  ularning  o'xshashligini  kuzatamiz.  Shu  bilan  bir  qatorda 

nutq kamchiliklarining darajasi va shakllanishi omillari jihatidan katta  farqqa ham 

ega.  Predmetli  obrazlarning  kamchiligi  (yetishmasligi)  natijasida  nutqiy  xotirada 

murakkab gaplar va gaplarning grammatik jihatdan to'g'ri tuzishdagi qiyinchiliklar 

kuzatiladi.  Anamnezdagi  ilk  natal  va  postnatal  patologik  o'zgarishlar  natijasida 

umumiy  va  xususiy  omillar  aniqlangan  bo'lib,  ular  ko'rishida  kamchiliklari 

mavjudligi  bolalarning  nutqini  rivojlanmaganligiga  sabab  bo'ladi  va  nutqining 

shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi qator  funksiyalarning rivojlanishini ancha orqaga 

tortadi  (praksis,  gnozis,  koordinatsiya,  chamalash).  Demak,  ilk  postnatal  davrida 

tug'ma yoki erta orttirilgan ko'rish nuqsoni nonutqiy funksiyalarning rivojlanishiga 

ta'sir  etuvchi  birlamchi  nuqson  bo'lib  qoladi.  Ko'rishda  nuqsoni  bor  bolalarda 




 

35 


harakat  faolligini  cheklab  turuvchi  va  atrofdagi  olam  bilan  aloqani  o'rnata 

olmaslikka  sabab  bo'ladigan  kamchiliklar  ko'plab  uchraydi.  Psixik  jarayonlarning 

(shu qatorda nutqning ham) rivojlanishida nutqiy muloqotning sifati, mikroijtimoiy 

muhit juda katta ta'sirga ega. 

Shunday  qilib,  u  yoki  bu  nutq  komponentlarini  qamrab  oluvchi  sistemali 

nutq  buzilishlariga  sabab  bo'luvchi  omillarning  polimorfligi  yanada  murakkab 

nuqson paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. 

Tug'ma  yoki  erta  orttirilgan  ko'rish  nuqsoni  nutqning  rivojlanmasligiga 

asosiy  sabab  bo'lib,  boshqa  patologik  omillarning  mavjudligiga  qarab  ta'siri 

kuchayishi yoki kuchini yo'qotishi mumkin. 

Ko'r va zaif ko'ruvchi bolalarning nutqidagi kamchiliklarini o'rganish nafaqat 

nutqning  barcha  komponentlari,  balki  ko'pgina  nonutqiy  funksiyalarni  hisobga 

olish va tahlil qilishni talab qiladi. Bu kompleks logopedik tekshirish metodikasini 

tashkil qiladi. 

Kompleks  tekshirish  metodikasining  o'ziga  xosligi  shundaki,  bu  bolalardagi 

nutq  kamchiliklari  va  ularni  keltirib  chiqaruvchi  omillarni  o'rganish  ko'rish 

qobiliyati, qabul qilish usullari va bundan kelib chiqqan holda materiallarni uzatish 

usullarini  hisobga  olgan  holda  olib  boriladi.  Bunday  ko'rishda  chuqur  nuqsoni 

bo'lgan  bolalarning  ko'pchiligida  o'yin  faoliyatining  malakasi  yo'qligini  va 

predmetlar  dunyosi  haqidagi  bilimlari  cheklanganligini  inobatga  olish  kerak 

bo'ladi.  Shu  sababli  tekshirish  davomida  topshiriqlarni  bajarishdan  avval  bolaga 

o'ziga xos instruksiyalar, ko'rsatib berish, birgalikda bajarish namflnalari beriladi. 

Asosiy diqqat ekspressiv nutq holatiga qaratilishi kerak. 



 

36 



Yüklə 406 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə