Namangan muhandislik-texnologiya instituti


-jadval Plastmassalarni qayta ishlash tsexlarida ishchi zonasida havodagi changni chegaralanish kontsentratsiyasi (PDK)



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə23/24
tarix26.10.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#132093
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Marjona

5.1-jadval
Plastmassalarni qayta ishlash tsexlarida ishchi zonasida havodagi changni chegaralanish kontsentratsiyasi (PDK)

Moddalar

PDK, mg/m3

Xavflilik sinfi

Aminoplastlar

6

3

Polivinilxlorid

6

3

Polipropilen

10

3

PE-ND

10

3

Voloknit

8

4


5.2-jadval
Termoplast va reoktoplastlarni qayta ishlash vaqtida
ajralib chiqishi mumkin bo’lgan moddalar


1

2

3

4

Fenoplastlar

Karbon oksidi
Fenol
Fenoplast aerozoli
Formalg’degid
Vodorod xloridi
Benzol

20,0
0,3
6,0
0,05
5,0
5,0

4
2
3
1
2
2

Polietilen-ftalat

Atsetalg’degid
Uglerod oksidi
Tereftal kislotasi
Dimetilteriftalat

5,0
20,0
0,1
0,1

3
4
1
1

Poliamidlar

Kaprolaktam(aerozol)
Ammiak

10,0
20,0

3
4

Polivinilxlorid

Dibutilftalar
Vodorod xloridi
Vinil xlorid
PVX-aerozol

0,5-1,0
5,0
0,1
6,0

2
2
2
3

Polipropilen

Formalg’degid
Polipropilen nestabilizirovannqy
Uglerod oksidi

0,5

10,0
20,0



2

3
4


Polietilen

Formalg’degid
Uglerod oksidi
Atsetalg’degid
Sirka kislotasi
PE-ND (aerozol)

0,5
20,0
5,0
5,0
10,0

2
4
3
3
3

Poliamidlar

Geksametilen-diamin
Uglerod oksidi

0,1
20,0

1
4

Hamma zaharli moddalar xavfliligiga qarab 4 sinfga bo’lingan:


1-haddan tashqari xavfli
2-yuqori xavfli
3-o’rtacha xavfli
4-kam xavfli
Hamma moddalar ichida ko’proq fenol va formalg’degid ish sharoitiga o’z salbiy tahsirini ko’rsatadi.
Ish zonasida ishchining shovqin, vibratsiya va boshqa ish unumdorligiga va ishchi sog’ligiga salbiy tahsir qiluvchi faktorlarni oldini olish kerak.
Qopqoq ishlab chiqarishdagi ekspluatasiyaning havfsizligi:
-Texnologik jarayonda havfsizlikning umumiy choralari;
-Texnologik uskunalar ichidagi yong‘inni oldini olish;
-Texnologik uskunalarni buzilishini oldini olish;
-Portlash xavfini oldini olish va yong‘in kelib chiqishi mumkin bo‘lgan binolar va tashqaridagi uskunalarni himoyalash;
-Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish;
-Texnik buyumlar xavsizligiga amal qilish;
-Texnologik uskunalarni joylashtirish va ish o‘rinlarini tashkil etish;
-Malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tanlash;
Texnologik jarayonning xavfsizligini ta'minlash uchun texnologik uskunalarni ko‘rib chiqish, texnologiyada tashkil etilgan chora – tadbirlar:
1. Xom-ashyolar, tayyor maxsulotlar, ular tarkibiga kiruvchi qoldiq va tayyor maxsulotlar nazorati;
2. Belgilangan texnologik tartibga qat'iy rioya qilish;
3. Xom-ashyo ishlab chiqaradigan avtomatlashtirilgan texnikaning nazorati va ularni boshqarilishini tartibga solish;
4. Ishlab chiqarilgan maxsulotlarni xabar beruvchi signal sistemasi jarayonlarini ta'minlash;
5. Ishlab chiqaradigan sistemalarni buzilishini oldini olishni ta'minlash;
6. Maxsus programmalar ustanovkasi, bajarish uchun vaqt, asosiy almashtirish operatsiyasi bajarilayotganda ketma – ketlikni aniqlovchi qurilma ishining sozligini ta'minlash;
7. Ichki apparatlar ustki devorida qoldiq paydo bo‘lishini oldini olish;
8. Masofadan turib boshqariladigan samarali va tez harakatlanuvchi ishlab chiqarish dastgohlarini ko‘paytirish;
9. Chaqmoq paydo bo‘lganda elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmasini nazorat qilish;
10. Elektr energiyasini tejash maqsadida xom-ashyo uzluksizligini ta'minlash;
11. Ishchilarga xavfsizlik qoidalarini o‘rgatish va malakali mutaxassis tanlash;

XULOSA
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, men bitiruv malakaviy ishimni bajarish mobaynida mahalliy hom ashyolar asosida bosim ostida quyish usulida polipropilendan suv idishlari uchun qopqoq olish texnologiyasi bilan chuqur tanishdim. Bizga ma`lumki kundalik turmushda juda ko`plab polipropilendan tayyorlangan uy-ro`zg`or buyumlardan foydalanamiz. Misol qilib, polipropilen plyonkalar, chelaklar, cho`michlar, bolalar o`yinchoqlari kabi juda ko`p maxsulotlarni keltirishimiz mumkin. Bunday maxsulotlardan foydalanib bo’lganimizdan so`ng ularni qayta ishlash imkoni mavjud. Aynan shu maqsadda ikkilamchi polipropilendan polipropilen qopqoq olish texnologiyasi katta ahamiyatga egadir. Men BMI bajarish mobaynida rahbarim va maslahatchilarim bilan birgalikda qopqoq olish jarayonlarini o`rgandim.


1.Texnologik jarayonini nazariy kimyoviy, fizikaviy-kimyoviy, texnologik asoslari tog`risida yangi ma`lumotlarni o`zlashtirdim. Hom ashyodan tayyor maxsulot holiga kelgunga qadar bo`ladigan texnologik jarayonlar, maxsulot olish uchun sarf bo`ladigan hom-ashyo, yordamchi materiallarning xossalarini, ishlab chiqarishning texnologik sxemasi va parametrlari, tayyor mahsulotga qo'yiladigan talablar, hom ashyo va materiallarning sarf balansi kabi ko`plab tushunchalarni o`zlashtirdim.
2. Maxsulot olishga sarflanadigan hom ashyo va materiallarning sarf balansini tuzdim. Texnologik jarayonda asosiy jixozni tanlashda ekstruderning ko`plab markalari bilan tanishdim. Tanlagan jihozni issiqlik balans hisob-kitobini qildim. 3.Texnologik jarayonni avtomatlashtirish bo`limida esa avtomatikaga oid ko`plab ma`lumotlarga ega bo`ldim. Ekstruder mashinasi uchun avtomatik qurilmalar tanladim. Chizma grafik ishlarini bajardim.
4. Iqtisodiy samaradorlik qismida tayyor maxsulotning iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisobladim. Iqtisodiy qismda bir o`lcham maxsulot uchun sarflanadigan moddiy kapital(pul), foyda, rentabellik kabi atamalarni chuqur o`rgandim. Atrof muhit va mehnat muhozasi qismida ham ishchining salomatligiga salbiy va ijobiy ta`sir etadigan parametrlarni o`rgandim.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə