Namangan muhandislik-texnologiya instituti


II-BOB. TADQIQOT OB’ YEKTLARINING TAVSIFI



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə2/24
tarix26.10.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#132093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Marjona

II-BOB.

TADQIQOT OB’ YEKTLARINING TAVSIFI




24

2.1.

Hom-ashyo, yordamchi materiallar tavsifi




24

2.2.

Ishlab chiqarishning texnologik sxemasi va parametrlari va tayyor mahsulotga qo'yiladigan talablar




27

III-BOB.

TEXNOLOGIK QISM




36

3.1

Xom ashyo va materiallarning sarf balansi




36

3.2

Polipropilen asosida qopqoq ishlab chiqarishning texnologik liniyasi




36

3.3

Qopqoq ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish




39

IV

IQTISODIY QISM




43

V

ATROF-MUHIT VA MEXNAT MUHOFAZASI




48




XULOSA




56




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




58



KIRISH
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017 yil kimyo sanoati sohasida qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi O’zkimyosanoati AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qaroriga asosan mazkur aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a‘zolari to’liq yangidan tayinlanib, kimyo sanoati tarmoqlari va boshqaruv apparati tuzilmalari qaytadan shakllantirildi.
Davlatimiz rahbarining joriy 2017 yil 23 avgustdagi qarori asosida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga etkazish hamda 43 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari yaratish ko’zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta‘minlash, eng asosiysi,tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardoshligi va jozibadorligini yanada oshirishni ta‘minlash borasida ishlar tizimli olib borilmoqda. Albatta, amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar kimyo sanoatida ham ijobiy natijalar bermoqda. Shu sababli―O’zkimyosanoat AJga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-2019 yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va raqobatbardoshligini oshirishning aniq chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Vatanimizda xo’jalik mollariga extiyoj tobora oshib bormoqda. Shu sababli kimyo sanoatini ya‘ni ayniqsa polimer yo’nalishni yuksaklantirish maqsadida mening loyihamga qo’yilgan mavzu juda o’rinlidir.Nafaqat xalq xo’jalik emas balki texnika, meditsina, og’ir sanoat, qishloq xo’jalik va xokazo tarmoqlarida talab ortmoqda.Polimerlar asosida tayorlangan plastmassalarning ko’pchiligi kimyoviy chidamli, elektr, issiqlik va tovushni o’tkazmaydigan moddalar bo’lgani uchun ulardan tabiiy qurilma materiallar: yog’och, qora va rangli metallar, charmlarning o’rnini bosadigan buyumlar tayorlash mumkin. O’zbekiston sharoitida yog’och va qora metallar tanqisligi uchun plastmassalarga extiyoj katta. Sintetik polimerlarni olish uch respublikada neft va tabiiy gaz ko’rinishida xomashyo serob. Sellyuloza hosilalari bo’lgan sun‘iy polimerlarni olish uchun manba – paxta sanoatining chiqindilari tiklanadigan xomashysifatida katta miqdorda mavjud.Bularning hammasi respublika xalq xo’jaligida polimerlarni ishlab chiqarish va ulardan kerakli buyumlar olish imkoniyat borligini ko’rsatadi. Chirchiqdagi «Kaprolaktam», «Navoiyazot», «Sho’rtan gaz kimyo majmuasi», «UzKor Gaz Kimyo majmuasi» faoliyati bunga misoldir. Yuqori molekulali birikmalar sintezi, ular kimyosi, ya‘ni polimerlarning kimyoviy o’zgarishlari, polimerlar eritmalari, polielektrolitlar hususiyatlari, polimerning fizik mexanik xossalari va strukturasi to’g’risida o’zbek tilida adabiyotlar ozmi-ko’pmi bor. Lekin polimer moddalarni sintez qilib bo’lgach ularga turli qo’shimchalar aralashtirib qayta ishlashga tayyorgarlik qilinadi. Qo’shimchalar polimer materiallarni qayta ishlashni osonlashtiradi, ulardan tayyorlangan buyumlarni ishlatayotgan vaqtda issiqlik, yorug’lik va boshqa turdagi energiyalar ta‘siriga, siqilish, cho’zilish, zarba va boshqa noxush ta‘sirlarga chidamliroq qilish, tan narxini kamaytirish, kerakli rang va optik hususiyatlar berish kabi masalalarni hal qiladi. Ma‘lumki har bir yangi polimerni sintez qilishdan ma‘lum maqsad ko’zlanadi, ya‘ni undan kerakli hususiyatga ega bo’lgan buyum olib o’z joyida samarali foydalanishdir.
So‘nggi yillarda kimyo sanoati korxonalarini moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish va ularning faoliyatini barqarorlashtirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlarni barpo etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali tarmoqni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilishga qaratilgan loyihalarni amalda ro‘yobga chiqarish, eng avvalo, davlat aktivlarini xususiy mulkka sotish hisobiga korxonalardagi davlat ulushini qisqartirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish hamda korxonalarning boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish orqali tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilishi zarurligini taqozo etmoqda.
Kimyo sanoatini yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va tarmoqni diversifikatsiya qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmlarini kengaytirish maqsadida:
1. "O‘zkimyosanoat" AJning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda optimallashtirilgan va yangi istiqbolli loyihalar bilan to‘ldirilgan, hisoblangan qiymati12,1 milliard AQSH dollariga teng, shu jumladan, 1,7 milliard AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarga qaratilgan 2019-2030 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin:azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral o‘g‘itlarni, shu jumladan, ushbu mahsulotlarni “Navoiyazot” AJ, “Samarqandkimyo” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” MCHJ negizida, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi quvvatlarni modernizatsiya qilish, kengaytirish hamda energiya jihatidan samarador yangi quvvatlarni barpo etish;
“O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda va yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida hamda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy innovatsion ishlanmalarni qo‘llagan holda polimer mahsulotlari, shu jumladan, polietilentereftalat (PET), polivinilxlorid (PVX), sintetik kauchuk, polistirol, poliuretan, poliol, akrilonitril-butadiyen-stirol (ABS) plastik, poliakrilonitril (PAN) mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish; tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini, ularning negizida iqtisodiyot tarmoqlarida talab etilayotgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini, shu jumladan, melamin, metilamin, formaldegidli, karbamid-formaldegidli va melamin-formaldegidli saqichlar, etilatsetat, ozuqa tuzi, natriy bikarbonati, xlor-sirka kislotasi, natriy nitrati, butilatsetat, trinatriy fosfat, nitrotsellyuloza, metallurgiya, neftgaz va to‘qimachilik sanoatlari uchun reagentlar, katalizatorlar va kimyoviy qo‘shilmalar, shuningdek, polimer fitinglar, biaksil yo‘naltirilgan polipropilen plyonkasi (BOPP), o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va ularni ishlab chiqarish uchun amaldagi moddalarni chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə