Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Elastiklik modulini aniqlash



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə14/24
tarix26.10.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#132093
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Marjona

Elastiklik modulini aniqlash
Elastiklik moduli (E) materialning deformatsiyaga qanday qarshilik ko'rsata olishini ifodalaydi. Elastiklik moduli miqdori tajriba yo`li bilan aniqlanadi. Bosim ostida quyilgan va ekstruziya usuli bilan olingan namunalarda elastiklik moduli cho'zilish deformatsiyasi yordamida, presslab olingan namunalarda esa egilish deformatsiyasi orqali aniqlanadi.
Qattiqlikni aniqlash
Plastmassaning qattiqligi unga juda qattiq boshqa bir materialning botish chuqurligi bilan o'lchanadi. Qattiqlik materialning mexanik xossalaridan biridir. Plastmassalar uchun bu ko'rsatkich metallarga haraganda bir necha marta kam. Termoreaktiv smolalar asosida tayyorlangan materiallar eng yuqori qattiqlikka ega materiallardir. Polietilen, eng kichik qattiqlik ko'rsatkichiga ega. Demak, polimerlarning qattiqligi va elastiklik moduli orasida ma`lum munosabat bor. Qattiqlik Brinell tavsiya etgan usul bilan aniqlanadi va u quyidagi formula orqali topiladi (N/m2) .
HB = P/ π Dh (7)
bu erda: P - bosuvchi kuch miqdori, N; D - sharcha diametri, sm h - sharcha segmenti chuqurligi, sm.
Plastmassalarning past haroratlarga chidamliligini egilish deformatsiyasi orqali Bu usul bilan poliolefinlardan olingan plyonkalar, polietilen asosida tayyorlangan yumshoq materiallar sinaladi. Plastmassalarning past haroratga chidamliligini egilish orqali sinashda ichida suyuqligi bo'lgan va issiqlikdan izolyatsiya qilingan rezervuardan foydalaniladi. Namunalar ma`lum haroratli sovutgich suyuqlik ichida aniq bir vaqt ushlab turiladi va ularning holati, ya`ni sinash o'tkazilayotgan namunalar sirtiga biror mexanik shikastlanish ro'y bergan yoki bermaganligi kuzatiladi.


Plastmassalarni yonuvchanligini aniqlash.
Ko'pincha amalda plastmassalarni yonqinga bo'lgan chidamliligini aniqlashga to'g'ri keladi, buni ko'p qo'llaniladiga usullardan biri "olovli truba" yordamida amalga oshiriladi. Bu usul bilan plastmassa namunasi qisqa vaqt ichida ochiq alanga ustida yoqiladi, uning mustaxiq yonish va tutab yonish vaqti aniqlanadi hamda uning yo'qotgan massasi hisoblanadi. Solishtirma sirt va solishtirma hajmiy elektr qarshiligini aniqlash Elektr maydonidagi materialning 1 sm2 yuzidan o'tayotgan tokka qarshilik solishtirma sirt elektr qarshilik (pc) deb ataladi va u [Om] bilan o'lchanadi. Solishtirma hajmiy elektr qarshilik deb (ru) elektr maydoniga joylashtirilgan materialning 1 sm3 hajmdagi o'tayotgan toki ko'rsatadigan qarshilikka aytiladi va u [Om*sm] bilan o'lchanadi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə