Musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazishni metodikalarini takomillashtirish



Yüklə 422 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.10.2023
ölçüsü422 Kb.
#128827
  1   2
2617-Article Text-6832-1-10-20211005



MUSOBAQALARNI TASHKIL QILISH VA O`TKAZISHNI 
METODIKALARINI TAKOMILLASHTIRISH 
 
Jizzax DPI o`qituvchisi F.Xoliqov 
 
Annotasiya: 
Musobaqalarda xar bir sportchi uz rakibini engishga intiladi 
va bu intilish sportchidan butun kuchni safarbar etishni talab kiladi. 
Kalit so’zlar: 
Musobaqa, sport, jismoniy tarbiya, texnik, taktik, 
egiluvchanlik,
 
ruhiy-psixologik sifatlar.
 
Annotasiya: 
На соревнованиях каждый спортсмен стремится победить 
своего соперника, и это стремление требует от спортсмена мобилизации всех 
своих сил. 
Ключевые слова:
Соревнования, спорт, физическая культура
технические, тактические, гибкость, психопсихологические качества. 
Annotasiya: 
In competitions, every athlete strives to defeat his opponent, 
and this aspiration requires the athlete to mobilize all his strength. 
Key words:
Competition, sports, physical education, technical, tactical, 
flexibility, psycho-psychological qualities. 
Musobaqalarning turlari 
Musobaqalar qo`yilgan vazifalargagina qarab: birinchiliklar yoki 
chempionatlar, 
kubok 
musobaqalari, 
qisqartirilgan, 
baravarlashtirilgan, 
klassifikatsiya va saralash musobaqalari, match va o`rtoqlik uchrashuvlar kabi 
turlarga bo`linadi. 
Birinchiliklar yoki chempionatlar eng katta musobaqalardan bo`lib, ularda 
kollektiv, tuman, shahar, respublika chempioni degan faxriy unvon beriladi. Ular 
yilda bir marta o`tkaziladi. Birinchilik g‘oliblari oltin, kumush va bronza medallari 
bilan mukofotlanadilar. 
Kubok musobaqalari “yutkazgan chiqib ketish” prinsipida o`tkaziladi. Bu 
musobaqalar ko`p vaqt talab qilmaydi va ko`p qatnashuvchilarni jalb qilish 
imkonini beradi. 
Qatnashuvchilarning tayyorgarligi har xil bo`lganligi uchun kuchlirok 
jamoalarning uchrashuvlarini oxirgi bosqichlarga mo`ljallash kerak. Qisqartirilgan 
musobaqalar (blitsturnirlar)da ko`p jamoalar qatnashganlari holda bir kunda 
o`tkaziladi. Buning uchun o`yin vaqti 30 minutgacha qisqartiriladi. Bunday 
musobaqalar mavsumning ochilishiga yoki bayramlarga bag‘ishlab o`tkaziladi. 


Baravarlashtirilgan musobaqalar tayyorgarligi har xil bo`lgan jamoalar 
orasida o`tkaziladi. Jamoalarning qiziqishini saqlab qolish uchun kuchsizrok 
jamoaga oldindan yoki uchrashuv tamom bo`lgandan so`ng qo`shimcha ochkolar 
beriladi. 
Klassifikatsiya 
musobaqalari 
jamoalarning 
(o`yinchilarning) 
tayyorgarligini aniqlash, sport klassifikatsiyasining razryad talablarini bajarish 
maqsadida o`tkaziladi. 
Saralash musobaqalari tayyorgarligi eng yaxshi jamoalarni (o`yinchilarni) 
aniqlab, keyingi yirik musobaqalarda qatnashtirish uchun o`tkaziladi. 
Match uchrashuvlari musobaqalar kalendarida ko`zda tutilgan va an’anaviy 
hisoblanadi. Uchrashuvlarda ikki va undan ortiq jamoalar qatnashishi mumkin. 
Musobaqalarning bunday turlari alohida shaharlar, viloyatlar hamda chet davlatlar 
orasida do`stlik munosabatlarining rivojlanishiga yordam beradi. 
O`rtoqlik uchrashuvlari bo`lajak musobaqalarga va sport trenirovkasining 
ba’zi bir bo`limlari bo`yicha tayyorgarlikni aniqlash maqsadida ayrim jamoalar 
o`rtasida o`tkaziladi. 

Yüklə 422 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə