Mundarija kirish Asosiy qism



Yüklə 77,11 Kb.
səhifə7/9
tarix05.04.2023
ölçüsü77,11 Kb.
#104385
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi

Nazorat shakllari: tayanch konspеkt bo`yicha yozma ish, mustaqil ishlar, ba­land ovozda so`rash, magnitafonda, juftlikda o`zaro nazorat, guruhdagi o`zaro nazorat, uy nazorati, o`z-o`zini baholash.

O`quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlarni maxsus ochilgan ko`zguga qo`yib boriladi. U go`yo o`quvchiga xizmat qiladigan ro`yhat vazifasini bajaradi, baholar esa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga ega bo`ladi. Bunday tavsifnomani e`lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`ladi. Bu tavsifnomaning eng muhim tomoni shundaki, o`quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o`zgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - dеb ta`kidlaydi V.F. SHatalov, avvalambor, o`quvchida ijobiy e`tiborni qo`zg`atadigan vosita, turtki bo`lib xizmat qilishi lozim.


Ikki baho salbiy hislarga sabab bo`ladi, o`qituvchi va fan bilan ziddiyatni kеltirib chiqaradi. SHatalov bun­day konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi.

Bilimlarni nazorat qilish va baholashning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ta`lim bеruvchi va tarbiyalovchi ahamiyatga ega. O`qituvchi o`quv jarayonining bu elеmеntlarini amalga oshirib, O`quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, diqqat be`tibori hamda irodasining kuchli va bo`sh tomonlarini aniqlaydi. U o`quvchilarning qiziqishi, mayli, qobiliyati va layoqatini o`rganadi, har bir o`quvchi shaxsining rivojlanishi va ijobiy fazilatlar hosil bo`lishi to`g`risida g`amxo`rlik qiladi.



O`quvchilarning bilim, o`quv hamda malakalarini nazorat qilishning eng muhim vazifasi ularni o`quv mashg`ulotlarini mas`uliyat va halollik bilan bajaradigan qilib tarbiyalashdan iborat. Tajribali o`qituvchilar o`quvchilarning o`quv ishidagi muvaffaqiyatlarini shunday nazorat qiladilarki, natijada o`quvchi­larning o`qishga qiziqishi ortadi, bilim, o`quv hamda malakalari.chuqurlashadi, muntazam ravishda mеhnat qilish va intizomli bo`lishga o`rganadilar, bilish faoliyatlari kuchayadi.

3. Baholash mezonlari haqida tushuncha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 26 avgust 1981-1-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassalarida talalabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom”da ko‘rsatilganidek, «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: joriy nazorat (J.N.); oraliq nazorat (O.N.); yakuniy nazorat (Y.N.).
«Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabani semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha qo‘yidagicha taqsimlanadi:
- J.N. – 43 ball; - O.N. – 27 ball; - Y.N. – 30 ball.
Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir baholash turlaridan to‘plangan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi va “Nizom”da belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
«Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabaning ballarda ifodalangan o‘zlashtirishi quyidagi umumiy mezonga asosan aniqlanadi:


Yüklə 77,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə