O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika univeriteti Olmaliq filiali



Yüklə 26,79 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü26,79 Kb.
#162806
Hfx


O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar vazirligi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat
texnika univeriteti Olmaliq filiali
Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi
Hayot xavfsizligi qoidalari” fanidan


Mustaqil ishi

Bajardi: 7B-20MT guruh talabasi
Jaylovov E.
Qabul qildi: Fatxiddinov A.


Olmaliq-2023
Mavzu:Ishlab chiqarishda elektr hafsizligini taminlash
Reja
1.Elektr toki haqida tushuncha
2.Elektr tokini inson organizmiga ta’siri
3.Xodimlarga talablar
4.Elektr toki ta’siriga tushgan insonga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish

Elektr toki haqida tushuncha

Sanoatda elektr energiyasidan keng ko‘lamda foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi sababli, elektr toki ta’siridan ro‘y berishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va umumiy muhofaza tizimlarini o‘rnatish nihoyatda muhim.
Elektr toki ta’siri faqat birgina biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo‘linadi. Bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi. Elektr energiyasini sanoatda va xalq xo‘jaligida keng qo‘llanishining o‘sishi va kengayishi elektr xavfsizligini ta’minlash masalalarini qo‘yadi.
Elektr energiyasini sanoatda va xalq xo‘jaligida keng qo‘llanilishi asosan shaxslaming elektr qurilmalarni ko‘p ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq. Shuning uchun xavfsizlik masalalari elektr qurilmalarda muhim o‘rin tutadi.
Hozirgi kunda texnika taraqqiyotini elektr energiyasisiz tasavvur etish qiyin. Texnikada elektr energiyasining qo‘llanilishi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning elektr tokidan jarohatlanish xavfini oshiradi. Ishlab chiqarishda elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshiriladi.
Har bir xodim qoida talablariga zid bo‘lgan chekinish yoki texnika xavfsizligining qoidalari talabini bajarmasa hamda elektr uskunalaridagi inson hayoti uchun xavf tug‘diruvchi nosozlikni, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashina, mexanizm, asbob, moslama va himoya vositalaridagi buzilishni bartaraf etish chorasini ko‘ra olmasa, zudlik bilan yuqori tashkilot rahbariyatiga bu haqida xabar berishi shart. Texnika xavfsizligi qoidalariga zid keladigan farmoyish va topshiriqlarni bajarish qat’iyan man qilinadi.

Elektr tokini inson organizmiga ta’siri



Elektr toki ta’siridan inson organizmida termik (issiqlik), elektrolitik va biologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Blektr tokining issiqlik ta’siri inson tanasining ba’zi qismlarida kuyish, qon tomirlari, asab hujayralarining qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir deb, qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik va ximik xususiyatlari o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak tizimini kesib o‘tmasdan, tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatadi. Inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Elektr tokining biologik ta’siri bu tirik organizm uchun xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida inson organizmidagi tirik hujayralar, muskullarning keskin qisqarishi natijasida 8 Elektr xavfsizligi asoslari to‘lqinlashadi, organizmdagi bioelektrik jarayonlarning buzilishi ro‘y beradi. Bunda tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri bu biotoklar tartibini buzib yuboradi va buning natijasida inson organizmida tok urish hodisasi vujudga keladi. Ya’ni, boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir vazifalari, nafas olish tizimlari ishlarining buzilishi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k. bajarilmay qoladi. Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, umuman elektr toki ta’sirini ikki guruhga bo‘lib qarash mumkin: elektr tokining mahalliy ta’siri va urishi. Elektr tokining mahalliy ta’siriga: elektr toki ta’siri natijasida kuyib qolish, terining metallanib qolishini ko‘rsatish mumkin. Elektr toki ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida elektr yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi. Elektr o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bo‘lishi mumkin, ya’ni yengil kuyish - pufakchalar hosil bo‘lishi hamda og'ir kuyish - hujayra va terilarning ko‘mirga aylanishidan og‘ir asoratlarga olib kelishidir. Elektr belgilari: bu terining ustki qismida aniq kulrang-och-sarg‘ish rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday belgilar odatda xavfli emas. Terining metallanib qolishida, erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metallar teri ichiga kirib qoladi. Bu holat elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.
Elektr toki urishi to‘rt darajaga bo‘lib qaraladi: I - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi; II - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi; III - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi; IV - klinik o‘lim holati, bunga insonga hech qanday hayot alomatlari ko‘rinmay qoladi.
Inson organizmi orqali oqib o‘tayotgan tokning davomiyliligi ham alohida ahamiyatga ega, chunki uzoq davom etgan tok ta’siridan inson organizmining tok o‘tkazuvchanligi ortadi va tokning zararli ta’siri organizmda yig‘ila borishi natijasida asorat og‘irlasha boradi.
Ta’sir qiluvchi tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo‘lsa, bunday tok yurak muskullariga ta’sir ko‘rsatadi hamda yurakning ishlash maromi buziladi, qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va o‘limga olib keladi.

Xodimlarga talablar

Joylarda ishlab turgan xodimlarni o‘qitish va bilimini tekshirish tartibi «Energetika korxonalari va tashkilotlari xodimlari bilan ishni tashkil etish bo‘yicha rahbariy qoida» talablariga mos bo‘lmog‘i shart. Sog‘liq uchun zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ish olib boruvchi ishchi hamda muhandis-texnik xodimlar Respublika sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartib va muddatda shifokorlar ko‘rigidan o‘tishlari shart Elektr uskunasida ishlayotgan ishchi o‘zining lavozimi va kasbiga qarab, texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi kerak. Texnika xavfsizligi qoidalarini o‘zlashtirganligi haqida sinovdan o‘tgan xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Xodim guvohnomani ish paytida o‘zi bilan olib yurishi shart. Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan ishlarni (yoki maxsus ishlarni) bajarish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar guvohnomasida shu haqda yozuv bo‘lishi shart. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: - balandlikda bajariladigan ishlar; EU-ktr xavfsizligi asoslari 7 - tok o‘tkazuvchan qismlarda kuchlanish ostida bajariladigan ishlar; - izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta’mirlash, simlarning ulangan joylarini hamda izolyatorlarni o‘lchov shtangasi bilan tekshirish va trosslami moylash; - bosim ostida boMgan idishlarga xizmat ko‘rsatish; elektr uskunani yuqori kuchlanish ostida sinash (megaommetr bilan ishlashdan tashqari). Maxsus ishlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan mahalliy sharoitni hisobga olgan holda boshqa qo‘shimcha ishlar bilan toMdirilishi mumkin. Texnika xavfsizligi qoidalari talablarini buzib ishlagan xodimlar amaldagi qonunchilikka asosan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Korxona rahbariyati bunday xodimlarning elektr xavfsizlik guruhini pasaytirishi mumkin.

Elektr toki ta’siriga tushgan insonga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish



Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi yetib kelgunga qadar ko‘rsatiladigan birinchi yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi: I. Tok ta’siridan qutqarish; II. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Tok ta’siridan qutqarish bir necha xil bo‘lishi mumkin. Eng oson va qulay usul, bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir. Agar buning iloji bo‘lmasa (masalan o‘chirgich qurilmasi uzoqda bo‘lsa), unda kuchlanishi 1000 V dan past bo‘lgan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog‘ochli bo‘lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimining quruq joyidan ushlab tortib, tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lsa, unda dielektrik qo‘lqop va elektr izolyatsiyasi mustahkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uning holatiga qarab belgilanadi. Agar jarohatlangan kishi hushini yo‘qotmagan bo‘lsa, unda uning tinchligini ta’minlab, tibbiyot xodimi kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur. Agar tok ta’siridan hushini yo‘qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, unda uni 12 Elektr xavfsizligi asoslari quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo‘shatish hamda sof havo kelishini ta’minlash zarur. Shu bilan birga, shart-sharoit mavjud bo‘lsa, nashatir spirtni hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi. Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashib qaltirash holati kuzatilib, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur. Agar klinik o‘lim holati yuz bersa, sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomonidan massaj qilish kerak.
Birinchi yordamning muvaffaqiyatli bo‘lishi asosan yordam beruvchining chaqqonligi, ziyrakligi va mohirligiga bog‘liqdir. Mohirlik bilan muvaffaqiyatli yordam berishni tegishlicha mashqlar qilish va inalaka orttirish yo‘li bilangina o‘rganish mumkin. Qoidalarni bilib olishning o‘zi birinchi yordam berish uchun kifoya qilmaydi. Shikastlangan kishini saqlab qolish aksariyat holatlarda uni tokdan qanchalik tez qutqarishga, unga birinchi yordamni naqadar tez va to‘g‘ri berishga bog‘liq bo‘ladi. Vaqtni o‘tkazib, yordam berishga u/,oq tayyorgarlik ko‘rish, shikastlangan kishining o‘limiga sabab boMishi mumkin.
Shikastlangan kishida nafas olish, yurak urish, puls singari hayot belgilarining ko‘rilmasligi uni o‘lgan deb hisoblash uchun asos bo‘la olmaydi, shunga ko‘ra, unga yordam berishdan voz kechish mutlaqo yaramaydi. Elektr tokidan shikastlanganda kishining o‘limi ko‘pincha soxta bo‘ladi. Shikastlangan kishining chindan ham o‘lganligini faqat tibbiyot xodimi aniqlaydi va yordam berishning foydasiz ekanligini ayta oladi. Shu sababli, elektr qurilmada xizmat qiladigan hamma xodimlar bilan elektr energiyasining xavfliligi va birinchi yordam berish choralari to‘g‘risida vaqti-vaqti bilan tadbirlar o‘tkazilib, aniq yo‘riqlar berib turilishi kerak. Bunda xodimlarga tokdan qutqarish va sun’iy nafas oldirish usullarini amalda ko‘rsatib o‘rgatish lozim. Mashg‘ulotlarni malakali tibbiyot xodimlari bilan texnika xodimlari birgalikda o‘tkazishlari lozim. Mashg‘ulotlarni tashkil etish, sex, tuman, uchastka, podstansiyaning mas’uliyatli boshliqlari zimmasiga yuklatilishi zarur.

Xulosa
Men ishlab chiqarishda elektr toki qanchalik muhimligini tushundim.
Yüklə 26,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə