Gavda skeletiga umurtqalar, o‘n ikki juft qovurg‘a va to‘sh suyagi kiradi



Yüklə 117,71 Kb.
səhifə1/2
tarix20.10.2023
ölçüsü117,71 Kb.
#128432
  1   2

Gavda skeletiga umurtqalar, o‘n ikki juft qovurg‘a va to‘sh suyagi kiradi.
Ular kovak suyaklardir. Umurtqalardan umurtqa pog‘onasi hosil bo‘lib, butun
gavdaning o‘qi hisoblanadi. Unga qovurg‘alar, chanoq suyaklari va kalla suyagi
birikib turadi. Umurtqa pog‘onasi 33-34 ta umurtqa suyaklaridan iborat. Umurtqa
pog‘onasi bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum bo‘limlariga bo‘linadi. Umurtqa
pog‘onasining uzunligi o‘rtacha 69-75 sm, bo‘yin 13 sm, ko‘krak 30 sm, bel 18 sm,
dumg‘aza va dum 12 sm.ni tashkil qiladi. Keksa odamlarda bu ko‘rsatkich 5-7 sm
qisqaradi, yotganda umurtqa pog‘onasi 2 sm ortadi. Umurtqa pog‘onasining
yuqorisida va pastida g‘adir-budur maydonchalar bor. Bular ayrim umurtqalarning
tanalarini umurtqalararo tog‘aylar yordamida elastik, mustahkam qilib birlashtiradi.
Umurtqa tanasining yon yuzalari biroz botiq, uning orqa tomonida ravog‘i bor. U
umurtqa tanasining orqa yuzasi bilan birga umurtqa teshigini hosil qiladi. Umurtqa ravog‘ining oyoqlari va o‘ymalari hamda 7 ta o‘sig‘i bor. Bular yuqori bo‘g‘im,
pastki va ko‘ndalang bo‘g‘im o‘siqlaridir. Umurtqalarning tuzilishi umuman olganda bir xil, ammo gavdaning turli joylaridagi umurtqalar bajaradigan funksional yuklariga qarab farqlanadi.
Bo‘yin sohasida umurtqa pog‘onasi bo‘yin harakatlari va bosh harakatlari bilan bog‘langan. Ko‘krak qismida umurtqa pog‘onasi qovurg‘alar bilan birikkan bo‘lib, ular bilan birgalikda ko‘krak qafasini hosil qiladi. Bel bo‘limida umurtqa pog‘onasi katta yukni ko‘tara oladi va ko‘krak bo‘limidagidan ko‘ra ko‘proq harakatchan bo‘ladi. Dumg‘aza sohasida umurtqa pog‘onasi chanoq hosil qilishda ishtirok etadi va odam yuqori qismining butun og‘irligini o‘ziga oladi. Dum oldinga qarab egilgan
va kichik chanoq organlari deb atalmish ichki organlar bilan bog‘langan bo‘ladi.
Pastki tomonda og‘irlik ortib borishi bilan ba’zi umurtqalar birmuncha kattaroq
bo‘ladi; eng kichik umurtqalar bo‘yin umurtqalaridir. Ko‘krak umurtqalari pastga
tomon kattalashib boradi. Bel umurtqalari esa eng katta hisoblanadi.
Bo‘yin umurtqasi 7 ta bo‘lib, yuqoridagi 2 tasidan tashqari hammasi yassi
umurtqa, tanasi kichkina, umurtqa ravog‘i uchburchak shaklida va umurtqa teshigini
chegaralab turadi. Umurtqa ravog‘idan yuqoriga va pastga qarab, bo‘g‘im o‘siqlari
chiqadi va orqa tomonga o‘tkir qirrali o‘siq ketadi.
Ko‘ndalang o‘sig‘i 2 ta o‘siqdan iborat. Ko‘ndalang teshik bu o‘siqlarni birbiridan ajratib turadi. Uning oldingi tomonida qovurg‘a o‘sig‘i bor. Ko‘ndalang
o‘siqda teshik borligi barcha bo‘yin umurtqalarning xarakterli belgisidir. Uning
yuqori yuzasidan chuqur egat o‘tadi. Bunda orqa miya asabi tomiri joylashgan,
uning oldingi va orqadagi do‘mboqlari mavjud. Olti bo‘yin umurtqasi ko‘ndalang
o‘sig‘idan oldingi do‘mboqchasi boshqa bo‘yin umurtqalaridan ko‘proq o‘sgan. Bu
do‘mboqchadan uyqu arteriyasi o‘tadi. Birinchi umurtqaning o‘tkir qirrali o‘sig‘i
yo‘q. 2-6-o‘sig‘ida esa ular uchli, 7-o‘sig‘i esa uzun uchi yo‘g‘onlashgan bo‘lib, uni
teri ostidan paypaslab topish mumkin. Birinchi bo‘yin umurtqasi (Atlant) kalla suyagiga birikkan, uning tanasi va o‘tkir qirrali o‘sig‘i yo‘q. U oldingi va orqa
ravoqlaridan tuzilgan suyak halqadir. Uning ravoqlarida yon massalari va yuqori
bo‘g‘im yuzalari chuqurchalari bor. Pastki bo‘g‘im yuzalari yassi bo‘lib, 2-bo‘yin
umurtqasi (epistrofey) bilan bo‘g‘im tuzadi. Atlantning umurtqa teshigi
boshqalardan kattadir. Oldingi tomonidagi kichikroq qismida esa bo‘yin
umurtqasining tishchasi turadi. 2-bo‘yin umurtqasi o‘q umurtqa deyiladi, unda
kichkina o‘siq bor. U bilan birgalikda kalla ham vertikal o‘q tevaragida aylanadi.
Ko‘krak umurtqalari 12 ta bo‘lib, tanasi va yuqori qismi, pastki bo‘g‘im
o‘siqlari o‘tkir qirrali. Ular 1-,11-12-umurtqalardir. 11-12-ko‘krak umurtqalarida
bittadan, yuqoridagi umurtqa suyaklarida esa ikkitadan umurtqa chuqurchalari
mavjud.
Bel umurtqalari 5 ta bo‘lib, o‘tkir qirrali o‘siq, bo‘g‘im o‘siqlari va ko‘ndalang
o‘siqlari taraqqiy etgan. Bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlari evolyutsiya
davrida qovurg‘alarga aylanib ketgan rudimentlarni ko‘rish mumkin.
Dumg‘aza umurtqalari 5 ta bo‘lib, katta odamlarda ular qo‘shilib, bitta yagona
dumg‘aza suyagini tashkil etadi. Dumg‘azaning chanoqqa qaragan botiq yuzasida 4
ta ko‘ndalang chiziq bor. Bu chiziqlar qo‘shilib ketgan umurtqa tanalarining
chegaralaridir. Dumg‘azaning dorzal yuzasida tikka yo‘nalgan o‘tkir bel qirrali
o‘siqlar ko‘rinadi.
Dumg‘azaning o‘rta va yon qirralari bo‘lib, uning dumg‘aza kanali va dumg‘aza teshigi mavjud. Dumg‘azaning asosida 2 ta yuqori bo‘g‘im o‘sig‘i bo‘lib, u bel umurtqasining o‘siqlari bilan birlashadi. Dumg‘aza suyagi ayollarda keng va kalta hamda sal bukilganligi bilan ajralib turadi. Dumg‘aza suyagining shoxlari 2 ta, u dum suyagi bilan birlashadi.


Yüklə 117,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə