65
aniqlashda ham qo‘llaniladi. Bu usul odam irsiy patologiyalarini davolash va profilaktika
qilish yo‘llarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga egadir.
Albatta, odamda faqat uning o‘ziga xos bo‘lgan irsiy kasalliklari ham uchraydi,
hayvon modellari insonlarda uchraydigan kasalliklarining aniq nusxasi bo‘la olmaydi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan biologik modellashtirish usuli o‘zining ahamiyatini
yo‘qotmaydi.
Modellashtirishning ikkinchi xili - matematik modellashtirishdir.
Bu usul populyatsiyalardagi genetik jarayonlarni o‘rganishga imkon beradi.
Kompyuter texnikasidan foydalanib belgining rivojlanishida irsiyat va muhit omillarining
o‘zaro munosabatlarini o‘rganish, genlarning birikishini tahlil qilish mumkin. Tibbiy
genetik maslahatlarda matematik modellashtirish usuli oilada kasal bolaning tug‘ilish
xatarini aniqlashda qo‘llaniladi. Shuning uchun ham bu usul katta istiqbolga ega.
3.10. Dermatoglifika usuli.
Dermatoglifika termi yunoncha derma-teri, gliphe-chizmoq so‘zlaridan olingan
bo‘lib, barmoqlarda, kaftda va tovonlarda teri relefini o‘rganishga asoslangan. Shu
joylarda terining tuzilishi o‘zgacharoq bo‘lib, epidermal do‘ngliklar - qirralarni hosil
qiladi. Qadimdan Xitoyda, Hindistonda, Yaponiyada, Quriyada, Markaziy Osiyoda
barmoq va kaftdagi teri izlarining individualligini bilishar va undan imzo o‘rnida
foydalanilar edi.
Dermatoglifika to‘g‘risida dastlabki ilmiy ma`lumotlar XVII asrda paydo bo‘ldi.
Birinchi bo‘lib teri izlarining o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi ma`lumotlar N. Gryu (1684), M.
Malpigi (1686), Ya. Purkinye (1823) asarlarida bayon qilindi. Dermatoglifika alohida
ilmiy yo‘nalish sifatida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllandi. F. Galtonning
ilmiy ishlari natijasi bayon qilinganidan so‘ng teri chiziqlarini o‘rganish sud tibbiyotida
jinoyatchilarni aniqlashda odam genetikasida oilalar va egizaklarni o‘rganishda keng
qo‘llanila boshlandi. Dermatoglifika terminini fanga birinchi bo‘lib amerikalik olimlar G.
Kammins va Ch. Midl kiritishdi. Teri relefining irsiylanishi, etnik dermatoglifika
muammolarini o‘rganishga rus olimlari M. I. Vilyamovskaya, I. I. Katayeva, T. D.
Gladkovalarning qo‘shgan hissalari katta bo‘ldi.
Dermatoglifika usuli asosan uch qismga bo‘linadi:
66
1)
daktiloskopiya - barmoq chiziqlarini o‘rganish;
2)
palmoskopiya - qo‘l kafti chiziqlarining o‘ziga xosligini o‘rganish;
3)
plantoskopiya - oyoq tovoni chiziqlarining o‘ziga xosligini o‘rganish.
Dermatogliflarni olish uchun oddiy tipografiya bo‘yoqlaridan foydalaniladi. Buning
uchun bo‘yoqni vazelin yog‘ida yoki skipidarda bir oz eritilib 15 x 25 sm o‘lchamli
oynaga tomiziladi va fotografiyada ishlatiladigan oddiy rezina rolik bilan bir tekis qilib
yoyiladi.
Tekshirilayotgan shaxsning kafti oynaga bosiladi. Agar bo‘yoq kaftining hamma
joyi to‘liq bo‘yamasa, rolikni kaft ustida aylantirish mumkin. Keyin kaft oddiy qog‘ozga
bir tekis bosiladi. Qog‘ozning tagiga yumshoq rezina qo‘yilsa kaftning chuqur
joylaridagi izlari ham qog‘ozga to‘liq tushadi. Kaftni qog‘ozga ohista qo‘yib o‘rtasidan
sekin bosiladi. Kaftni qog‘ozdan birdaniga yuqoriga ko‘tarib olish lozim. Barmoq izlari
alohida olinadi. Buning uchun har bir barmoqqa bo‘yoq surtilib radial qismdan ulnar
qismgacha birin-ketin qog‘ozga bosiladi.
Daktiloskopiya. Barmoqtarda papillyar chiziqlar joylashishining asosan uch xil
varianti uchraydi (25-rasm): yoy A harfi bilan belgilanadi (inglizcha Arch - yoy), sirtmoq -
L harfi bilan belgilanadi (inglizcha Loop - sirtmoq), o‘rama — W bilan belgilanadi
(inglizcha Whorl - o‘rama). Yoylar eng kam tarqalgan variant bo‘lib (6%), triradiuslari
bo‘lmaydi. Uning qirralari barmoq yostiqchasini ko‘ndalangiga kesib o‘tadi. Sirtmoqlar
eng ko‘p tarqalgan variant (60% ga yaqin) hisoblanadi. Barmoqning bir tomonidan
boshlanib ikkinchi tomoniga yetmasdan yana boshlang‘ich nuqtaga - orqaga qaytadi.
Sirtmoqlarda bitta delta bo‘ladi. Sirtmoq radial tomonga ochilsa radial sirtmoq
deyiladi (L
r
), ulnar tomonga ochilsa ulnar sirtmoq deyiladi (L
u
). O‘ramalar o‘rtacha
chastotada tarqalgan bo‘lib (34%), konsentrik yo‘nalgan izchalardan tashkil topadi.
O‘ramalarda ikki delta mavjud. Yuqorida ko‘rsatilgan uchta asosiy chiziqli shakllardan
tashqari boshqa shakllar ham uchraydi. Murakkab ikki deltali chiziqlar shakli ham
o‘ramalar variantiga kiritiladi.
67
25-rasm. Barmoq izlarining turlari.1- (А)-yoysimon, 2- (L)sirtmoqsimon,
3- (W )aylanasimon.
Planetamizda yashaydigan turli millatlar orasida asosiy barmoq izlari shakllarining
taqsimlanishi har xildir. Mongoloidlarda ikki deltali shakllar ko‘p, deltasiz chiziqlar
shakllari esa kam uchraydi (populyatsiyaning 2% yaqinida). Aksincha yevropoidlarda
sirtmoq va yey shakllari ko‘p uchraydi. Negroidlarda 75 % ga yaqin sirtmoqlar, 27 % dan
kamroq o‘rama shakllari uchraydi. Bunday farqlar mavjudligi tufayli delta indeksini
DL
10
=
10
2
x
W
L
A
W
L
formulasi yordamida aniqlab, odamning qaysi etnik guruhga kirishini
aniqlash mumkin. Masalan mongoloidlarda DL
10
o‘rtacha olganda = 15,7 ga, yevro-
poidlarda (ruslarda) =12,7ga, negroidlarda (yangi Gvineya) = 16,0 ga avstraliyali
aborigenlarda esa = 17,0 ga tengdir.
Teri chiziqlarining shakllanishi embriogenezning 10-19 haftalaridan boshlanadi. 20-
haftada pushtda teri chiziqlari aniq ko‘rinadi. Papillyar relef shakllanishi asab
tolalarining tarmoqlanishiga bog‘liqdir. 6 oydan keyin papillyar relef to‘liq shakllanib,
keyin umrning oxirigacha umuman o‘zgarmasdan saqlanadi. Har xil ta`sirlar natijasida
(kuyish, sovuq oldirish, shikastlanish) teri jarohatlanishidan keyin avvalgi holatdagi
papillyar chiziqlar shakli yana qaytadan tiklanadi. Faqat jarohatlar juda chuqur bo‘lib,
biriktiruvchi to‘qima chandiqlari hosil bo‘lgandagina avvalgi holat qayta tiklanmaydi.
Daktiloskopiyaning miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida umumiy qirralar soni (UQS)
hisoblanadi (qirralar sonini hisoblash uchun markazdan deltagacha bo‘lgan chiziqlar
sanaladi). O‘rtacha olganda bitta barmoqda 15-20 qirralar mavjud. Hammasi bo‘lib o‘nta
barmoqda o‘rtacha olganda erkaklarda umumiy qirralar soni 144,88 ± 51,08, ayollarda
esa 127,23 ± 52,51 ga tengdir. UQS kariotipda X xromosomalar soniga bog‘liq.
А
L
W
Dostları ilə paylaş: |