MILLIY VALYUTADAGI BANK HISOBVARAGʻIGA XIZMAT KOʻRSATISH
BOʻYICHA SHARTNOMA №
[raqami]
[shartnoma tuzilgan joy toʻldiriladi] [sana]
Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” ATB (bundan buyon “Bank” deb yuritiladi)
nomidan [yil] [sana] kungi №[raqam yoziladi] sonli ishonchnomaga asosan faoliyat koʻrsatuvchi
[vakolatli xodim FIO si yoziladi] bir tomondan va [mijoz nomi toʻldiriladi] (bundan
buyon
“Mijoz” deb yuritiladi) nomidan oʻz nizomi (ishonchnoma, guvohnoma) asosida faoliyat
koʻrsatuvchi [mijoz vakolatli xodimi FIO.si yoziladi] ikkinchi
tomondan ushbu shartnomani
quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar.
1.Tushunchalar.
1.1.Korporativ bank kartasi – bank tomonidan emissiya qilingan va Mijozga karta hisobvaragʻida
hisobda turgan pul mablagʻlarini tasarruf etgan holda tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish
uchun milliy valyutada naqd pulsiz shaklda toʻlovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi toʻlov
kartasi. Mazkur karta Bank mulki hisoblanadi.
1.2.Korporativ bank kartasini saqlovchisi – mijoz yoki u vakolat bergan shaxs (yoki yakka
tartibdagi tadbirkor).
1.3.MSKH – Mijoz uchun bankda ochilgan maxsus milliy valyuta karta hisobvaragʻi.
1.4.Korxona – yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt.
1.5.Tranzaksiya —mijoz tomonidan amalga oshiriladigan va uning bankdagi hisobvaragʻida
mablagʻlar harakatiga olib keladigan toʻlov orderi.
1.6.PIN KOD – Mijoz tomonidan korporativ bank kartasi
orqali amalga oshiriladigan
operatsiyalarni tasdiqlash uchun foydalaniladigan shaxsiy identifikatsion raqam.
1.7.Qaytarish uchun chek – korporativ bank kartasi orkali toʻlov amalga oshirilgandan soʻng
Mijoz tomonidan toʻlov bekor qilinganda, Korxona/tashkilot tomonidan toʻlov bekor qilinganligi
toʻgʻrisidagi xabarnoma.
1.8.Toʻlovlarni qaytarish – Mijozning MSKH ga kirim qilish uchun korxona (yoki tashkilot)
tomonidan Bank tomonidan oʻrnatilgan shaklda mablagʻning qaytarilishi.
1.9.Terminal – Mijozga korporativ bank kartasi orqali toʻlovlarni amalga oshirish, parolni
almashtirish, plastik kartadagi pul mablagʻ toʻgʻrisida maʼlumot
olish imkoniyatini beruvchi
elektron qurilma.
1.10.Masofaviy bank xizmatlari – “Internet banking”, “Mobile-banking” va “SMS-Banking”
tizimidan foydalanish xizmatlari.
1.11.Elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron
raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan
hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi
axborotda xatolik
yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish
imkoniyatini beradigan imzo.
1.12. Avtomatlashgan depozit mashina (kelgusida ADM deb yuritiladi) – “Hamkorbank”
ATBning filiallariga tegishli boʻlgan, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli mablagʻlarni
ularning hisobvaraqlariga mijozni oʻzi tomonidan bajarilgan amaliyot
orqali avtomat kirim
qiladigan qurilma.