Milliy valyutadagi bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma №


Bank xizmatlari uchun toʻlovlarning miqdori va toʻlash tartibi



Yüklə 241,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix21.09.2023
ölçüsü241,27 Kb.
#122757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy valyuta hisobvaraq xizmat shartnoma

5.Bank xizmatlari uchun toʻlovlarning miqdori va toʻlash tartibi. 
Mazkur shartnomaga asosan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun Mijoz Bankka ushbu shartnomaning 
1-ilovasida keltirilgan tarif rejasiga asosan haq toʻlaydi. 
5.1.Xizmat haqi bank tomonidan har bir toʻlov uchun hisoblab boriladi. Hisoblangan xizmat haqi 
kunlik
 
mijoz tomonidan toʻlab boriladi. Mijoz bank hisobvaragʻidan har bir pul operatsiyasini 
amalga oshirish jarayonida bank xizmat haqini toʻlov topshiriqnomasining “toʻlov maqsadi” 
grafasiga alohida qayd etgan holda toʻlashi mumkin. 
5.2.Oʻz vaqtida toʻlanmagan xizmat haqlari bank tomonidan memorial order asosida
 
Fuqarolik 
Kodeksining 780-moddasi ikkinchi qismida belgilangan tartibda mijozning hisobvaragʻida turgan 
pul mablagʻlaridan undirib olinadi. 
5.3.Hisobvaraqda mablagʻ mavjud boʻlmaganda yoki mablagʻ yetarli boʻlmaganda, toʻlanmagan 
xizmat haqlari boʻyicha bank tomonidan mijozning 2-sonli kartotekasiga joylashtiriladi va 
oʻrnatilgan tartibda ijro etiladi. 
6.Taraflarning javobgarligi. 
Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan 
taqdirda, bu taraf boshqa tarafga yetkazilgan zararni toʻlaydi, shuningdek, Oʻzbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksida, oʻzga qonun hujjatlarida va mazkur shartnomada nazarda 
tutilgan tartibda javobgar boʻladi. Oxiriga olamiz 
6.1.Mijozning javobgarligi: 
6.1.1.Bank tomonidan mijoz hisobvaragʻiga xato (notoʻgʻri) oʻtkazilgan mablagʻlar toʻgʻrisida, u 
hisobvaraqdan koʻchirma olgandan soʻng 2 (ikki) bank ish kunida Bankka uni qaytarish 
toʻgʻrisida toʻlov topshiriqnomasi taqdim etmasa, kechiktirilgan har bir kun uchun notoʻgʻri kelib 
tushgan summaning 0,05 foizi miqdorida bankka penya toʻlaydi. Biroq, hisoblangan penyalarning 
umumiy summasi notoʻgʻri kelib tushgan summasining 50 foizidan oshmasligi lozim. 
6.1.2.Mijoz bank hisobvaragʻi boʻyicha oʻtkazilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun 
javobgardir. 


6.1.3.Mijoz bank kassasidan olingan naqd pul mablagʻlarini oʻz vaqtida kassasiga kirim qilish va 
belgilangan maqsadlar uchun sarflashni hamda kassa intizomiga rioya etilishi uchun 
qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi. 
6.1.4.Bankka taqdim qilingan hujjatlar, ularda qayd etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va 
haqqoniyligiga mijoz javobgardir. 
6.1.5.Mijoz korporativ bank kartasidan foydalanish davomida PIN KODning sir saqlanishini 
taʼminlamaganligi oqibatida mazkur karta orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha 
javobgardir. 
6.1.6.Mijoz shartnoma shartlarini va korporativ bank kartalaridan foydalanish qoidalarini 
buzganlik uchun javobgardir 
6.1.7.Mijoz bankdan olgan barcha plastik kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar 
boʻyicha barcha javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. 
6.1.8.Mijoz korporativ bank kartasi yoʻqotilgandan soʻng yoki oʻgʻirlangandan soʻng bankga 
yozma xabar berilgungacha ushbu karta orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha 
javobgardir. 
6.1.9.“Masofaviy bank xizmatlari ” dasturlari bilan ishlaydigan masʼul shaxs oʻzgarsa, elektron 
raqamli imzo kaliti (I-key), mobayl banking dasturi oʻrnatilgan telefon va SMS informer 
biriktirilgan telefon raqami oʻzgarsa, yoʻqolib qolsa, oʻgʻirlansa ushbu holat boʻyicha usha 
kunning uzida xizmat koʻrsatuvchi bankni xabardor qilmaganligi natijasida yuzaga kelishi 
mumkin boʻlgan holatlar buyicha javobgarlik mijozning oʻziga yuklatiladi. 
6.1.10.Mijozga bank tomonidan “SMS-Banking” dasturi orqali yuborilgan maʼlumotlarning 
xavfsiz holatda boʻlishi, vakolati boʻlmagan shaxslar va boshqa shaxslarni foydalanmasligi uchun 
javobgardir. Ushbu talablarni bajarmaganligi oqibatida uchinchi shaxslar tomonidan “SMS-
Banking” dasturi orqali mijozning xisob raqamidagi maʼlumotlarni oshkor etilishiga mijozning 
shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi.

Yüklə 241,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə