|
Ona tili (15 ta)
|
səhifə | 1/5 | tarix | 14.09.2023 | ölçüsü | 181,51 Kb. | | #121897 |
| 70134122 fizika matematika
ONA TILI (15 TA)
Berilganlar orasidan so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud bo‘lgan gapni toping.
A) Bu dori uning dardiga da’vo bo‘lolmadi.
B) Malika she’rni tez yod oladi.
C) Qattiq shamol ko‘tarildi.
D) Sanjar va Sardor juda ahil do‘stlar.
Ushbu gapda hol vazifasida kelgan so‘zni toping. Aziza darsda qatnashmagani uchun baho ololmadi.
A) Aziza B) qatnashmagani uchun C) darsda D) ololmadi
Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so‘zdan keyin qanday tinish belgi ishlatiladi?
A) vergul B) nuqtali vergul C) tire D) ikki nuqta
So‘zlarning tobe bog‘lanishida so‘roq qaysi qismga beriladi?
A) tobe qismga B) hokim qismga C) ikkala qismga ham D) so‘roq berilmaydi
Ushbu gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turinni aniqlang. G‘olib bo‘lib, onamni xursand qilaman.
A) darak gap B) so‘roq gap C) buyruq gap D) istak gap
Qanday fe’llar tushum kelishigidagi so‘zlar bilan bog‘lanadi?
A) harakat fe’llari B) holat fe’llari C) o‘timli fe’llar D) o‘timsiz fe’llar
Gulchilar so‘zidagi shakl yasovchi qo‘shimchani aniqlang.
A) gul B) -chi C) -lar D) -chila
Qaysi so‘z tarkibida sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha mavjud?
A) oymoma B) kitobim C) muzlatgich D) kelinchak
Majhul nisbatdagi fe’llarni toping.
A) kiyindi,boqildi B) bo‘yandi, olindi C) chaqildi, taqildi D) berildi, maqtandi
Fe’lning vazifa shakliga kirmaydigan qatorni toping.
A) orttirma nisbat B) sifatdosh C) sof fe’l D) harakat nomi
Eskirgan so‘zlarni aniqlang.
A) handasa, shuaro B) yumurta, paqir C) olim, maktub D) asr, marosim
Ushbu gap tarkibidagi so‘roq olmoshi qaysi so‘z turkumiga qarata aytilgan: Qizaloq do‘konga nima uchun kirganini unutib qo‘ydi.
A) ot B) sifat C) ravish D) olmosh
Faqat –alla qo‘shimchasini qo‘shish yordamida gumon olmoshiga aylanuvchi so‘zni aniqlang.
A) kim B) narsa C) bir D) har
Bizning hovli ko‘chaning boshidagi eng birinchisi edi. Berilgan gapda olmoshning tuzilishiga ko‘ra qaysi turi ishtirok etgan?
A) sodda B) qo‘shma C) juft D) takroriy
Qaysi olmoshlarga egalik va kelishik qo‘shimchasi qo‘shilganda, tovush ortishi ro‘y beradi?
A) ana, mana B) men, sen, biz C) u, bu, shu D) kim, nima, qayer
Dostları ilə paylaş: |
|
|