Milliy valyutadagi bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma №



Yüklə 241,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix21.09.2023
ölçüsü241,27 Kb.
#122757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy valyuta hisobvaraq xizmat shartnoma

8.Bank siri. 
8.1.Bank “Bank siri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida 
koʻrsatilgan mijozning bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlari sir saqlanishini kafolatlaydi. 
8.2.Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar faqat Mijozning yozma ravishdagi murojaatiga asosan 
uning oʻziga yoki ishonchli vakiliga berilishi mumkin. 
8.3.Mijozning bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etishga 
faqatgina amaldagi Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa 
amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi. 
9.Shartnomaning amal qilish muddati, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi. 
9.1.Mazkur shartnoma imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va 12 oy muddat davomida 
amalda boʻladi. Shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng, bir tomon ushbu 
shartnomani bekor qilish yoki oʻzgartirish haqida ikkinchi tomonga yozma ravishda maʼlum 
qilmagan taqdirda, shartnoma shuncha muddatga va ushbu shartnomada nazarda tutilgan 
shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi. 
9.2.Mazkur shartnomaga barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar taraflarning kelishuviga 
muvofiq, shuningdek, mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda kiritiladi. 
9.3.Mazkur shartnoma Mijozning arizasiga koʻra hohlagan vaqtda Mijoz tomonidan xizmat 
koʻrsatish bilan bogʻliq barcha toʻlovlar toʻla amalga oshirilgandan soʻng, oʻrnatilgan tartibda 
bekor qilinishi mumkin. 
9.4.Ushbu shartnoma bir tarafning talabi bilan ikkinchi taraf shartnoma shartlarini jiddiy ravishda 
buzgan yoxud qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda 
oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 
9.5.Shartnoma bekor qilinishida, mijoz tomonidan korporativ - bank kartasi bankka topshirilgach, 
MSKHdagi qoldiq mablagʻ mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qaytariladi
9.6.Shartnoma bekor qilinganidan keyin mijozning hisobvaraqdagi pul mablagʻlari qoldigʻi uning 
tegishli yozma arizasiga asosan kechi bilan 7 (yetti) kun ichida mijozga beriladi yoki uning 
koʻrsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa oʻtkaziladi. 
9.7.Mijozning asosiy hisobvaragʻi, ushbu Mijozga tegishli boshqa hisobvaraqlar yopilganidan 
keyingina yopiladi. 
9.8. Mijoz Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 
“Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi 
toʻgʻrisida”gi 704-son nizomiga asosan bank hisobvaraqlariga toʻqqiz oy mobaynida moliya-
xoʻjalik faoliyati boʻyicha pul mablagʻlari tushmaganda tugatish komissiyasi tomonidan 
tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, shartnoma bekor qilinadi. 
9.9. Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, 
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish sohasiga oid meʼyoriy hujjatlarga muvofiq soʻralgan hujjat va maʼlumotlar taqdim 


qilinmaganda, Bank mazkur shartnomani bir taraflama bekor qilishga xaqlidir. 
9.10. Mijoz yoki uning amaliyotlari xalqaro va milliy sanksiya taʼsir doirasiga tushganda, tushish 
havfi mavjud boʻlganda yoki xalqaro va milliy sanksiya taʼsir doirasiga tushishini aniqlash 
imkoniyati boʻlmaganda, mijoz amalga oshirayotgan operatsiyalar mijozning anketasidagi 
profiliga nomuvofiq boʻlganda bank shartnomani bir tomonlama bekor qilishga xaqlidir. 
9.11. Mijoz “Hamkorbank” ATBning ichki siyosatiga muvofiq “Ta`qiqlangan” mijozlar toifasiga 
kiritilgan taqdirda Bank mazkur shartnomani bir taraflama bekor qilishga xaqlidir. 

Yüklə 241,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə