26
Ayrim suv o’tlarining hayoti 0 °S dan past bo’lgan harorat tasirida normal o’tadi. Ko’k-yashil,
diatom va yashil suv o’tlarning ayrim vakillari 73 – 93 °S li qaynar buloqlarda normal o’sishi aniqlangan.
Bundan ko’rinib
turibdiki, organnzmlar turli harorat diapozoniga ega va ular turli yo’llar bilan
moslashadilar.
Atrof - muhitning issiqlik holati - harorat orqali ifodalanadi. Harorat esa 100 °S Tselsiy shkalasi
bilan belgilanadi. Geografik mintaqalarning issiqlik bilan taminlanganligi umumiy iqlim ko’rsatkichlari
bilan belgilanadi. Bularga - joyning o’rtacha yillik harorati, o’rtacha oylik harorat, absolyut maksimum,
absolyut minimum, eng issiq va eng sovuq oylarning o’rtacha harorati kiradi.
Umumiy qilib aytganda, harorat - organizmda boradigan hayot uchun muhim jarayonlarga – o’sish,
rivojlanish, ko’payish, nafas olish, fotosintez, organik moddalarning sintezlanishi va hakozolarga tasir
qiladigan muhim ekologik omildir.
O’simliklarning haroratga bo’lgan munosabatiga ko’ra yoki aytishimiz mumkinki past yoki yuqori
harorat tasirida yashashi va unga moslanishiga ko’ra 2 ta katta ekologik guruhga bo’linadi:
1. Yuqori harorat tasirida yaxshi o’sib rivojlanadigan o’simliklar – termofil.
2. Past harorat tasirida yashovchi o’simliklarga esa – kriofil (psixrofil) deyiladi.
Bu ikkala guruh o’simliklari o’ziga xos moslanish xususiyatiga ega.
Termofil o’simliklarning hujayrasi issiqqa chidamliligi, organlar
yuzasining kichrayishi, tuklarning
yaxshi rivojlanganligi, efir moylarga boy bo’lishi, o’zidan ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq mudlat
davomida tinim davrini o’tkazish kabi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Kriofil o’simliklar esa sovuq sharoitni har xil holatlarda (yani tinim yoki vegetatsiya davrida)
anatomo - morfologik moslanish orqali o’tkazadi. Bunday moslanishlarga poyasining er bag’irlab o’sishi,
novdalarning yotiq o’sishi, to’planish bo’g’imi va ildiz bo’ynining er ostida joylashishi, xazonrezgilik,
po’kak qavatining yaxshi rivojlanganligi, oq tanaga ega bo’lish kabilarni aytish mumkin.
O’simliklarni past haroratga bo’lgan munosabati yoki moslanishga ko’ra 3 guruhga bo’lish mumkin:
1. Salqinga chidamsiz o’simliklar. (Tropik zonada o’suvchi barcha o’simliklarni shu guruhga
kiritish mumkin).
2. Sovuqga (yoki ayozga) chidamli o’simliklar (mo’tadil va sovuq iqlimli zonalarda o’suvchi
o’simliklar).
3. Sovuqga chidamsiz o’simliklar (subtropik zona o’simliklari) chunki ularning hujayra
shirasidagi moddalar -5 °S, -7 °S dan past haroratda muzlaydi.
O’simliklarni yuqori haroratga bo’lgan munosabatiga ko’ra ham 3 guruhga bo’lish mumkin:
1. Issiqqa chidamsiz o’simliklar. (Suv o’tlari, suvda o’suvchi gulli o’simliklar, mezofitlar).
2. Issiqqa ko’nikgan o’simliklar (cho’l va dasht zonasi o’simliklari).
3. Issiqqa chidamli o’simliklar (issiq suvlarda o’suvchi bazi suv o’tlari, ayrim bakteriyalar).
Million yillar davomida o’simliklar ana shunday past (sovuq) va yuqori (issiq) haroratga
nisbatan
moslanishga majbur bo’lganlar. Natijada ularning ichki va tashqi tana tuzilishida qator moslanishlar
vujudga kelgan. O’sish, shox-shabbalarining o’zaro zich bo’lib o’sishi, sharsimon ko’rinishda bo’lib
o’sishi, barglarning nixoyat darajada qirqilgan bo’lishi va hakozolar kabi past haroratga moslanishlarni ko’rish
mumkin. Qutb va baland tog’larda o’sadigan ko’p yillik o’simliklar, buta va butachalarning balandligi bir necha
sm dan oshmaydi, barglari mayda bo’ladi.
Yuqori haroratga ham nisbatan qator o’zgarishlarni ko’rish mumkin. Masalan: barg va poyalarning
nixoyat sertuk bo’lishi, mum moddasi bilan qoplanganligi, vaqtincha bargsiz bo’lishi (yoki vaqtincha
barglarning to’kilishi), barglarning nixoyatda kichrayishi yoki ularning tangacha barglar ko’rinishida bo’lishi,
barglar labcha (og’izcha)larining chuqur joylashgani, ildizlarning tuproq ostiga juda chuqur ketishi, barglarning
yaltirashi, ularning, vertikal va meridial shaklda joylashishi, harorat ko’tarilishi bilan
barg plastinkasini qayirib
olishi va xakozo. Bu moslamalarning hammasi ham issiq, ham suv bug’lanishini qisqartirishga qaratilgan
kompleks moslanishlardir.
O’simliklarning haroratini elektrotermometr yoki termopara yordamida o’lchanadi. O’simlik harorati
doimiy emas.
O’simliklarning yuqori haroratga moslanishida dastlabki rolni undagi sovutib turish holati -
transpiratsiya o’ynaydi. Bu holat issiq, sharoitlarda o’simliklarning juda ham kuchli
qizib ketishining oldini
oladi. Agarda cho’l o’simliklarining barglari yuza qismini (u erda suv bug’lanishi uchun xizmat qiladigan
teshikchalar - labchalar joylashgan) vazelin bilan moylab qo’yilsa, barg ko’z oldimizda qizib ketishi va
kuyishi natijasida halok bo’ladi.
Yuqori harorat tasirida o’simliklar uchun qator xavf - xatarlar bo’lishi mumkin: kuchli suvsizlanish va
qurib qolish, qo’yish, nafas olishning qayta tiklanmasligi va hakozolar.
Ko’pgina issiqsevar o’simliklar - yuqori haroratga chiday oladilar. Masalan: qo’ytikon +70° issiqqa
chiday oladi, ayrim o’simliklarda 4 – 40 °S da o’lim belgilari seziladi. 45 – 50 °S da ko’pchiligi o’ladi.
27
Yuqori haroratda o’simliklarning o’limiga sabab – o’simlik to’qimalarida oqsil va aminoqislotalarning
parchalanishi natijasida to’plangan ammiakning tsitoplazmasiga zaharli tasiridir. Bunga yana +50 °S va undan
yuqori haroratda tsitoilazmaning ivib qolishi qo’shilib, jarayonini yanada tezlashtiradi.
Issiqqa chidamli turlarda organik kislotalarning to’planishi xususiyati kuchli. Ular ammiakni
bog’lab o’simlik uchun zararsizlantiradi.
Sovuq sharoit yoki past haroratda o’suvchi o’simliklarning morfologik
moslanish xususiyatlariii
endi, yashash sharoitiga qarab ham bitta turning o’zining o’sish shaklini o’zgartirishi mumkin. O’sish
shakllari qatoriga sovuq joylarda yashab qolishga moslashgan yostiqsimon turlarni olish mumkin.
O’sishning boshqa xususiyatlari orasida, sovuq tasirini engishga yordam beradigan xususiyatlaridan
biri – qalin, go’shtdor va kuchli taraqqiy etgan mexanik to’qimalardan iborat ildizlarning rivojlanishidir. Yana
sovuqdan himoya qilinishning fiziologik usuli mavjud bo’lib, bunda eruvchan uglevodlar hisobiga hujayra
shirasining kontsentratsiyasi oshadi. Bu esa suvning muzlab qolishidan saqlanishga qaratilgandir. O’simliklar
fenologiyasi uchun harorat sharoiti ham muhimdir. Malum bir harorat yig’indisini olgandan keyin
o’simliklarning unib chiqishi boshlanadi. Malum bir davrda rivojlanish uchun kerak bo’ladigan
issiqlikning miqdoriga - foydali harorat miqdori deyiladi. Agar harorat yig’indisi etarli bo’lmasa, o’simlik
gullamaydi, hosilga kirmaydi, gullagan taqdirda ham mevasi pishib etilmaydi.
Rivojlanishning pastki haroratini bilgan holda foydali haroratning yig’indisini formula orqali oson
aniqlash mumkin:
X = (T x S) x 1
Bunda X = foydali harorat miqdori T = atrof - muhit harorati S = rivojlanishning
buzilish harorati
I = rivojlanishning buzilishidan oshadigan
soat soni yoki kun harorati
O’simliklarning tarqalishi iqlim, ayniqsa birinchi navbatda haroratga bog’liqligi olimlarni
ilgaridan qiziqtirib kelgan. 1874 yilda A.Dekondol iqlim poyaslari bilan bog’liq bo’lgan quyidagi o’simliklar
guruhini tavsiya qiladi:
1. Megatermlar - bularga yuqori harorat, doimiy namlik kerak, sovuqga chidamsiz, nam tropik va
subtropik o’simliklarga to’g’ri keladi.
2. Kserotermlar - quruq, subtropik iqlimga moslashgan. Yuqori harorat va past namlikka chidaydi.
Bizning cho’l o’simliklari.
3. Mezotermlar - doimiy yashil o’simliklar kiradi. O’rtacha issiqlikdagi
va qishki sovuq poyas
o’simliklari. Yil bo’yi vegetatsiya qiladi.
4. Mikrotermlar - o’rtacha iqlim o’simliklari.
5. Gekistotermlar - qutb poyasi va alp yuqori tog’lari o’simliklari bo’lib, minimal issiqlik sharoitida
yashaydi.
O’simliklarning o’sishi - havo va tuproqning malum bir issiqlik sharoitida o’tadi. Harorat 0
0
S dan past
bo’lsa, urug’ unib chiqmaydi. Har bir o’simlik urug’i unib chiqishi uchun - minimum, maksimum va
optimal harorat talab qilinadi. Xuddi shunday harorat amplitudasi o’simliklarning o’sishi va rivojlanishida
kuzatiladigan hamma bosqichlar uchun ham zarurdir.
Masalan, o’sish, fotosintez, gullash, meva hosil qilish va h. Malum bir harorat rejimida o’tadi. Shu
sababli ham o’simliklar - issiqsevar, sovuqqa yoki jazirama issiqqa chidamli guruhlarga bo’linadi.
Janubda o’sadigan issiqsevar o’simliklar - qishning qattiq sovuqlariga chidamsiz bo’ladi. Tsitrus
o’simliklari -8°- 10 °S da nobud bo’ladi. G’o’zaga kuzning 2 – 3 °S sovuqi salbiy tasir ko’rsatadi.
Shimolda o’sadigan o’simliklar - issiqlik kam bo’lsa ham o’z
hayotini davom ettiradigan
o’simliklardir. Qishdagi kuchli sovuqlar ham ularga kuchli tasir qilmaydi. Masalan, Sibirda o’sadigan
qarag’ay, tilog’och, pixta kabi daraxtlar - 70° S gacha sovuqqa bardosh bera oladi.
O’rta Osiyoning issiq jazirama cho’llarida - o’sadigan yantoq, kovul, saksovul, shuvoq, izen o’simliklari
+60° +70 °S ga ham chidaydi.
4 – asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Hayvonlar hayotida haroratning ahamiyati,
gomoyoterm va poykiloterm hayvonlar haqida mavjud bo’lgan malumotlarni talabalar ongiga etkazish.
Ularning haroratga moslanish yo’llarini tushuntirish.
Hayvonlar hayotida ham harorat muhim ahamiyatga ega. Ularda issiqlik almashinishining 2 ta asosiy tipi
mavjud:
1. Poykiloterm - (poikilos - xilma - xil)
2. Gomoyoterm - (homoios - bir xildagi) Poykiloterm yoki sovuqqonlilarning tana xdrorati
doimiy emas. Tana harorati tashqi muhit haroratiga bog’liq bo’lgan, uning o’zgarishi bilan