Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


-YILDA IQTISODIYOTIMIZDA TUB TARKIBIY O‘ZGARISHLARNI AMALGA


səhifə20/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

2015-YILDA IQTISODIYOTIMIZDA TUB TARKIBIY O‘ZGARISHLARNI AMALGA 
OSHIRISH,  MODERNIZATSIYA  VA  DIVERSIFIKATSIYA  JARAYONLARINI  IZCHIL 
DAVOM  ETTIRISH  HISOBIDAN  XUSUSIY  MULK  VA  XUSUSIY  TADBIRKORLIKKA 
KENG YO‘L OCHIB BERISH – USTUVOR VAZIFAMIZDIR
2
 
                                                 
2
  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  “2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub 
o`zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish 
hisobidan  xususiy  mulk  va  xususiy  tadbirkorlikka  keng  yo`l  ochib  berish  –  ustuvor  vazifamizdir” 
mavzusida  mamlakatimizni  2014  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2015  yilga 
mo`ljallanganiqtisodiy  dasturnng  eng  muhim  ustuvor  yo`nalishlariga  bag`ishlangan  Vazirlar 
mahkamasining majlisidagi ma`ruzasi.  Xalq so`zi gazetasi, 
17.01.2015 


 
34 
 
Qishloq  xo‘jaligida  erishilgan  yutuqlar  haqida  gapirganda,  shuni  alohida  ta’kidlashni 
istardimki,  bu  sohada  biz  qo‘lga  kiritgan  ulkan  marralar,  avvalo,  fermerlarimiz,  qishloq  xo‘jaligi 
mutaxassislari  va  qishloq  taraqqiyoti  bilan  bog‘liq  tarmoqlarda  mehnat  qilayotgan  yuz  minglab 
yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati, bilim va tajribasining samarasidir. 
2014-yilda qishloq mehnatkashlari qanday og‘ir sinovlarga duch kelganini hammamiz yaxshi 
bilamiz.  Sovuq  kunlar  odatdagidan  ko‘proq  bo‘ldi.  Bu,  ayniqsa,  bahor  oylarida  yanada  ko‘proq 
sezildi. Yozdagi suv tanqisligi, vegetatsiya davridagi kuchli shamol va bo‘ronlar, kuzning ancha erta 
va salqin kelgani soha mehnatkashlari uchun ko‘plab jiddiy muammolarni tug‘dirdi. 
Ana shunday qiyinchiliklarga qaramasdan, dehqon va fermerlarimizning mardonavor mehnati, 
zamonaviy  agrotexnologiyalarni  joriy  etish  hisobidan  3  million  400  ming  tonnadan  ziyod  paxta, 
mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligi  tarixida  birinchi  marta  8  million  50  ming  tonnalik  yuksak  g‘alla 
xirmoni bunyod etildi. 
Fursatdan foydalanib, ushbu yuksak minbardan turib, paxtakor va g‘allakorlarimizga, barcha-
barcha  qishloq  mehnatkashlariga  qahramonlik  namunasi  bo‘lgan,  mashaqqatli  va  sharafli  mehnati 
uchun o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorlik izhor etishni ham 
qarz, ham farz, deb bilaman. 
Ma’lumki,  biz  qishloq  xo‘jaligini  isloh  etishda  sug‘oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini 
tubdan yaxshilashga alohida e’tibor bermoqdamiz. Bu vazifa eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri 
bo‘lib  kelgan  va  bundan  keyin  ham  shunday  bo‘lib  qoladi.  Chunki,  qishloq  xo‘jaligida  ishlab 
chiqarishning  samaradorligi,  mamlakatimizning  iqtisodiy  va  oziq-ovqat  xavfsizligini  ta’minlash, 
nafaqat  qishloq  mehnatkashlari,  balki  butun  O‘zbekistonimiz  aholisining  moddiy  farovonligini 
oshirish  bebaho  boyligimiz  bo‘lgan  yerimizning  unumdorligi,  uning  sifatini  muntazam  yaxshilab 
borish bilan uzviy bog‘liqdir. 
O‘tgan davrda bu borada ko‘rilgan choralar natijasida 1 million 700 ming gektar sug‘oriladigan 
yerning  meliorativ  holati  yaxshilandi.  Bu  jami  ekin  ekiladigan  maydonlarning  yarmidan  ziyodi 
demakdir.  Ana  shunday  ishlar  tufayli  sizot  suvlari  eng  og‘ir  darajada,  ya’ni,  2  metrgacha  yuzada 
joylashgan  yerlar  qariyb  500  ming  gektarga  yoki  uchdan  biriga  kamaydi,  kuchli  va  o‘rtacha 
sho‘rlangan  yerlar  esa  100  ming  gektarga  yoki  12  foizga  qisqardi.  Melioratsiya  tadbirlari  amalga 
oshirilgan ekin maydonlarida paxta hosildorligi gektariga o‘rtacha 2-3 sentner, boshoqli don ekinlari 
bo‘yicha esa 3-4 sentnerga oshgani bu borada erishgan eng muhim natijamizdir. 
Agarki  bu  raqamlarni  gektarlarga  ko‘paytiradigan  bo‘lsak,  amalga  oshirgan  ishlarimizning 
samarasi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.
3
 
Qishloq  xo‘jaligini  tarkibiy  o‘zgartirish  haqida  so‘z  yuritganda,  avvalo,  paxta  ekiladigan 
yerlarni optimallashtirish va boshoqli don ekinlari, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik uchun 
ajratilgan  maydonlarni  kengaytirish  hisobidan  ekin  maydonlari  tarkibida  o‘zgarishlar  amalga 
oshirilganini qayd etish joiz. 
Masalan, Andijon, Kosonsoy, Chortoq, O‘rta Chirchiq, O‘zbekiston va Buvayda tumanlarida 
paxta ekin maydonlari qisman qisqartirildi, Asaka, Yangiyo‘l va Jomboy tumanlarida paxta ekishdan 
butunlay voz kechildi. Shu asosda paxtadan bo‘shagan 30 ming gektardan ortiq sug‘oriladigan yerda 
don  ekinlari,  sabzavot,  kartoshka  yetishtirish  yo‘lga  qo‘yildi,  bog‘  va  uzumzorlar  barpo  etildi. 
Natijada 2012-2014-yillarda paxta yetishtirish hajmi saqlangan holda, sabzavot yetishtirish 16,3 foiz, 
poliz ekinlari 16,6 va meva yetishtirish qariyb 21 foizga o‘sdi. 
Yangi bog‘ va uzumzorlar barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib 
o‘tmoqchiman. 
2010-2014-yillar davomida qariyb 50 ming gektar maydonda yangi bog‘lar, jumladan, 14 ming 
gektardan ortiq maydonda intensiv bog‘lar, 23 ming gektarda uzumzorlar yaratildi. Intensiv bog‘lar 
                                                 
 
3
 Just R.E., N Bockstael. Commodity and resource policies in Agricultural Systems, Springer-Verlag, Berlin Heidelberg 
1991 


 
35 
 
tashkil  etish  uchun  Polsha,  Serbiya  va  boshqa  mamlakatlardan  6  milliondan  ziyod  ko‘chat  olib 
kelindi. 
Bunday  bog‘larning  ko‘plab  afzalliklarga  ega  ekani  bugungi  kunda  amalda  namoyon 
bo‘lmoqda. Misol uchun, oddiy mevali daraxt ekilganidan boshlab dastlabki hosilini berguniga qadar 
odatda 4-5-yil o‘tadi. Intensiv bog‘dorchilikda esa daraxt ikkinchi-uchinchi yildayoq hosilga kiradi. 
2011-yilda yaratilgan bog‘larning har gektaridan 2014-yilning o‘zida o‘rtacha 300 sentnerdan hosil 
olingani va hosildorlik yil sayin ko‘payib borayotgani buni tasdiqlaydi. 
Zamonaviy  agrotexnologiyalarni  joriy  etish  va  fermerlarni  yuqori  unum  bilan  ishlaydigan 
qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash hisobidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida intensiv 
usullarga o‘tish ushbu sohani barqaror va samarali rivojlantirishda eng muhim yo‘nalish hisoblanadi. 
Shu  maqsadda  qishloq  xo‘jaligi  mashinasozligi  tizimi  butunlay  qayta  tashkil  etildi, 
«O‘zagrosanoatmashxolding» kompaniyasi tuzildi, soha korxonalari optimallashtirilib, ular qishloq 
xo‘jaligida  talab  etilayotgan  aniq  turdagi  texnika  va  mexanizatsiya  vositalari  ishlab  chiqarishga 
ixtisoslashtirildi. 
Toshkent traktor zavodining optimallashtirilgan ishlab chiqarish maydonlarida yangi korxona 
–  «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi»  ma’suliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Bu 
erda traktorlar, tirkama va paxta terish mashinalarining yangi modellari ishlab chiqarilmoqda. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə