Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


səhifə22/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

  Jahonda  kamdan-kam 
uchraydigan tabiiy va tuproq-iqlim sharoitlarining uyg‘unligi tufayli dunyodagi eng mazali va 
eng foydali meva-sabzavotlar faqat bizning mintaqamizda yetishtirilishi mumkin.
 
Chindan ham, bizning mevalarimizdan tatib ko‘rgan har qanday odam, o‘ylaymanki, mening 
fikrimga  qo‘shiladi.  Barchamiz  ham  o‘z  yurtimizda  yetishtiriladigan  meva-sabzavotlarni  xush 
ko‘ramiz, albatta. Biroq, dunyoning har bir go‘shasida ham shunday qulay ob-havo, iqlim, tuproq 
sharoitlari  mavjud  emas.  Bundan  tashqari,  bu  borada  olimlar  hozirgacha  aniq  ta’riflab  bera 
olmaydigan  ko‘pgina  boshqa  bir-biriga  bog‘liq  omillar  ham  borki,  ularning  har  qaysisi  o‘zgacha 
ta’sirga  ega.  Bu  mahsulotlar  foydali  mikroelementlarga  juda  boy  va  qadimda  Ibn  Sino  turli 
kasalliklarni  davolash  uchun  aynan  meva  va  sabzavotlardan  foydalangan,  chunki  u  zamonlarda 
kimyoviy dori-darmonlar mavjud bo‘lmagan, bemorlar tabiiy vositalar  yordamida davolangan.  Bu 
esa eng avvalo sabzavot, meva, turli giyoh va o‘simliklardir. Bugungi kunda ham qishloqlarimizdagi 
xalq tabiblari bunday vositalardan qanday foydalanish, ba’zi bir xastaliklarni qay usulda davolashni 
yaxshi biladilar. Men sizlarni bizning meva-sabzavotlarimizni tatib ko‘rishga taklif qilar ekanman, 
avvalambor, ularning ana shu xususiyatlarini nazarda tutaman. 
Ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bizning sharoitimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlar 
bebaho iste’mol xususiyatlari, ya’ni tarkibida tabiiy shakar, amino va organik kislotalar, salomatlik 
uchun  eng  muhim  bo‘lgan  mikroelementlar  va  oziq-ovqat  ratsionida  o‘rnini  almashtirib 
bo‘lmaydigan turli biologik moddalarga boyligi bilan boshqa mintaqalarda yetishtirilgan ana shunday 
mahsulotlardan sezilarli ravishda yuqori turadi. 
O‘zbekistonda  yetishtiriladigan  meva  va  sabzavotlarning  faqat  ularga  xos  bo‘lgan 
xususiyatlari  va  to‘yimlilik  darajasi  haqida  gapirganda,  shuni  qayd  etish  kerakki,  mamlakatimiz 
seleksionerlari sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 170 dan ortiq navini, meva va rezavor ekinlar 
va uzumning 175 ta yangi navini yaratdilar. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə