Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


səhifə19/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

1.2.
 
Fanni mazmuni, uni yoritishda qo`llaniladigan tadqiqot usullari 
“Agrar  siyosat  va  oziq-ovqat  xavfsizligi”  fani  ham  boshqa  fanlar  qatori  kishilarga 
atrofmuhitni bilish va o’rganishni taqozo qiladi.   
Uslubiyot-jarayon  va  qarashlarni  o’rganish  metodlari  haqidagi  fandir.  Uslublar-fanda 
qo’llaniladigan kategoriya va qonunlar tizimida qayta ishlanadigan tadqiqot usullari bo’lib, mazkur 
fanni o’rganishda quyidagi usullardan foydalaniladi:  
1.
 
Ilmiy abstraksiyalash usuli. “Abstraksiya” so’zi chetlashish ma’nosini bildiradi. Tadqiqotchi 
ikkinchi  darajali  qarashlardan  chetlashadi  va  mavjud  hamda  doimiy  takrorlanadigan  qarashlardan 
foydalanadi.  
2.
 
Tahlil va jamlash usuli. Tahlil – bu o’rganilayotgan qarashlarni tarkibiy qismlarga bo’lish va 
ularning har birini alohida o’rganishdir. Jamlash esa jarayon yoki qarashni yagona bir butun holatga 
keltirishdir.  
3.
 
Induksiya va deduksiya. Induksiya alohida ma’lumot, faktlarni o’rganishdan umumiy qoidalar 
va xulosalarga kelishdir. Deduksiya umumiy xulosalardan faktlarga tomon borishdir.  
4.
 
Tarixiy va mantiqiy usullar. Tarixchi hyech qanday holat yoki qarashga ta’sir o’tkaza olmaydi. 
Mantiqiy tadqiqotlarda ikkinchi darajali, to’satdan paydo bo’lgan qarash va jarayonlarga ham ta’sir 
o’tkazishi mumkin.  
5.
 
Matematik va statistik usullar. Ular yordamida xo’jalik hayotidagi jarayonlar va qarashlarning 
miqdoriy tomoni aniqlanadi va ularni yangi sifatga o’tkazishga yordam beradi.  
6.
 
Pozitiv  va  normativ  usul.  Pozitiv  usul  voqyea-hodisalarni  real  hayotda  qanday  bo’lsa,  shu 
holicha  aks  ettirish,  normativ  usul  esa  ularning  haqiqatda  qanday  bo’lishi  kerakligi  to’g’risidagi 
kishilarning fikr-mulohazalari.  
 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə