Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


səhifə17/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

1.1.
 
“Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi” fanining predmeti, maqsadi va 
vazifalari; 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha o’tkazilayotgan xalqaro ekspert tadqiqotlari jahonda 
va  uning  ayrim  mintaqalarida  ushbu  muammo  bilan  bog’liq  murakkab  vaziyat  yuzaga  kelgani 
bugungi kunda mazkur muammoni jahon hamjamiyati uchun o’ta dolzarb va jiddiy tahdidlar qatoriga 
kiritilmoqda.  BMTning  Oziq-ovqat  va  qishloq  xo’jaligi  tashkiloti  hamda  jahon  sog’liqni  saqlash 
tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi, ya’ni deyarli har 
sakkiz odamning biri to’yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to’laqonli 


 
32 
 
ravishda  ovqatlanmaslik,  eng  asosiy  mikroelement  va  vitaminlar  yetishmasligi  muammosini 
boshidan kechirmoqda. Ana shunday sabablar tufayli 160 milliondan ortiq bola bo’yining o’sishi, 
jismoniy va intellektual rivojlanishiga doir kamchiliklardan aziyat chekmoqda. Yer yuzi aholisining 
tez  ko’payib  borayotgani  bilan  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmining  o’sish 
imkoniyatlari cheklangani o’rtasidagi tafovut
 
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi  yildan-
yilga  keskinlashib  borayotganining  asosiy  sababi  bo’lib  va  bu  tafovut,  avvalo,  oziqovqat 
mahsulotlarini  jadal  ishlab  chiqarish  uchun  tegishli  sharoitlar  mavjud  bo’lmagan  mamlakat  va 
hududlarda chuqurlashib bormoqda. Eng avvalo, atrof-muhitning ekologik jihatdan buzilishi hamon 
davom  etayotgani,  iqlim  o’zgarishlarining  oldindan  aytib  bo’lmaydigan  oqibatlari,  tez-tez 
takrorlanayotgan  qurg’oqchilik  va  suv  resurslari  taqchilligi,  jumladan,  sug’orish  uchun  yerosti 
suvlarining tugab borayotgani, irrigasiya, meliorasiya va yerlarning unumdorligini qayta tiklashga 
yo’naltiriladigan investisiyalarning yetarli emasligi mazkur muammoni yanada keskinlashtirmoqda. 
Yerlarning ekologik jihatdan buzilishi kimyoviy moddalar, mineral o’g’it va pestisidlarni tinimsiz 
ishlatish  oqibatida  yanada  kuchaymoqda.  Bularning  qatoriga  urbanizasiya,  ya’ni  shaharlashuv 
jarayonlari,  aholining  qishloqlardan  shaharlarga  ko’chishi  bilan  bog’liq  muammolar  ham 
qo’shilmoqda. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari sezilarli darajada 
qisqarib  ketmoqda.  Bulardan  tashqari,  oziq-ovqat  mahsulotlarini  “daladan  dasturxonga”  sxemasi 
bo’yicha  iste’molchiga  yetkazib  berishda  BMTning  Oziq-ovqat  va  qishloq  xo’jaligi  tashkiloti 
ma’lumotlariga ko’ra, har yili dunyo bo’yicha qariyb 1,3 milliard tonna miqdoridagi salkam 1 trillion 
dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari nes-nobud bo’ladi.  
Demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat va huquqiy davlat vazifalarining markazida inson 
salomatligi,  uning  uzoq  va  barakali  umr  ko’rishini  ta’minlash  masalalari  turadi  va  uning  bu 
vazifalarning  nechog’lik  bajarilishi  davlatning  iqtisodiyotni  tartibga  solishi  va  siyosatida  o’z 
ifodasini topadi.  
Agrar siyosatning iqtisodiyotning alohida mustaqil iqtisodiy siyosati sifatida ajratilishi qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlari, agrar munosabatlarni tartibga solishning o’ziga xosligi 
bilan  belgilanadi.  Agrar  siyosatda  katta  e’tibor  faqat  qishloq  xo’jaligida  emas,balki  butun 
agrobiznesda  ishlab  chiqarish  faoliyatining  eng  yuqori  pirovard  natijalariga,  barqaror  ishlab 
chiqarish o’sish sur’atlariga, uning samaradorligni oshirishga va qishloqni ijtimoiy rivojlantirishga 
erishishga qaratiladi. 
“Agrar  siyosat  va  oziq-ovqat  xavfsizligi”  fani  iqtisodiyotning  bozor  tamoyillari  asosida 
rivojlanishida  agrar  siyosat  va  oziq-ovqat  xavfsizligini  ta’minlash  jarayonlarining  mohiyatini 
tushunishda zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi, jamiyatning har bir a’zosini g’oyaviy jihatdan 
yo’naltirish,  ma’naviy  dunyoqarashini  kengaytirish,  iqtisodiy  madaniyatini  oshirishga  ahamiyatli 
ta’sir ko’rsatadi.  
“Agrar  siyosat  va  oziq-ovqat  xavfsizligi”  fani  agrar  sektorda  vujudga  keladigan  iqtisodiy 
munosabatlar  va  iqtisodiy  qonunlarining  harakat  qilish  mexanizmini,  ularning  namoyon  bo’lish 
shakllarini  va  agrar  sohada  aniq  sharoitda  ulardan  foydalanish  xususiyatlarini  hamda  agrar 
siyosatning  qishloq  xo’jaligi  rivojlanishiga  ta’siri  samarasini  va  oziq-ovqat  xavfsizligi  iqtisodiy 
mammolarini  hal  etishda,  agrar  sektorda  ishlab  chiqarishni  takomillashtirish  bo’yicha  muqobil 
qarorlar qabul qilishda qo’llaniladigan usul va vositalarni o’rganadi.
1
 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə