Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109

 
8
4.Rukopisnaya kniga v kulturax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: 
‘’Nauka’’. 1987.-S.5-17. 
 
1.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar: 
1.  Manbashunoslik maqsadi nimadan iborat? 
2.  Manbashunoslikning asosiy mavzui va vazifalari nimadan iborat? 
3.   Qanday manba turlarini bilasiz? 
4.  Manbashunoslikka oid qaysi darslik va adabiёtlarni bilasiz? 
 
 
2-Mavzu. Manbashunoslikning asosiy ywnalishlari. Nazariy va amaliy 
manbashunoslik 
 
 Darsning 
mazmuni: Ushbu darsda talabalarga amaliy va nazariy 
manbashunoslik,  ёzma manbalarni qidirib topish, tavsifga olish va tadqiq qilish 
tushuntiriladi.   
 
 
Reja: 
2.1.  Manbashunoslikning ywnalishlari asosiy maqsad va vazifalari. 
2.2.  Nazariy manbashunoslik (ywnalishi). 
2.3.  Manbalarni turkumlash. 
2.4.  Arxeografiya.Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tah’lil etish. 
2.5.  Amaliy manbashunoslik (ywnalishi). 
2.6.  Manbalarni ichki belgilariga qarab tah’lil etish. 
2.7.  Foydalanilgan adabiёtlar r´yxati. 
2.8.  Maruza materialini mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
 
Asosiy tushunchalar: qog’oz, qog’ozrez, oh’orlash, muh’ralash, mistar, 
mistar bog’lash, wlcham, varaqlar soni, jild, muqova, sah’h’of, mujallid, jadval, 
jadvalkash, vassol, juzv, paygir, naqqosh, muzah’h’ib, shams naqshi, sarlavh’a, 
lavh’a, zarvaraq, unvon, lola naqshi, turunj naqshi, lachak, girih’, islimiy naqsh, 
abri bah’or, rassom, musavvir.  
 
2.1. Manbashunoslikning ywnalishlari asosiy maqsad va vazifalari 
Manbashunoslik fani asosan ikki ywnalishga ega bwlib, u nazariy 
manbashunoslik va amaliy manbashunoslikdan iboratdir. Biz quyida nazariy 
manbashunoslik xususiyatlarini baёn etamiz. 
 
2.2.  Nazariy manbashunoslik (ywnalishi) 
Nazariy manbashunoslik ywnalishi amaliy manbashunoslik tajribasini 
umumlashtiradi, ёzma manbalarni vujudga kelishi va ularning real tarixiy sharoitni 
wzida aks ettirish qonuniyatlari, manbalarni izlab topish, turkumlash, tavsifga 
olish, tartibga solish asoslarini ishlab chiqadi va ularni ilmiy muomalaga 


 
9
kiritishning, amaliy wrganishning eng maqsadga muvofiq asosiy usul va ywllarini 
aniqlaydi va amaliёtga tavsiya etadi.  Ular quyidagilardir. 
 
2.3.  Manbalarni turkumlash 
Sharq ёzma manbalarni turkumlashning yagona aniq bir qoidasi h’ozirgacha 
ishlab chiqilmagan. Mavjud qwlёzma manbalar fih’risti bir qismi asarlar tili nwqtai 
nazaridan kelib chiqib tuzilgan. Masalan, Angliyaning Britaniya muzeyida 
saqlanaёtgan sharq qwlёzmalari yirik sharqshunos Charlz Riё tomonidan ularning 
qaysi tilda ёzilganiga qarab, arab, fors va turkiy tildagi qwlёzmalarni aloh’ida, 
aloh’ida tavsifga olib fih’rist tuzgan. Frantsiya  poytaxti Parijdagi Milliy 
kutubxonadagi saqlanaёtgan sharq qwlёzmalari h’aqida  Edgar Bloshe h’am shu 
tartibda  katalog tuzgan. 
Toshkentdagi Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 
xazinasidagi qwёzmalar birinchi bor saqlanaёtgan tashkilot “Wzbekiston Fanlar 
Akademiyasi Sharq qwlёzmalari majmuasi” nomi ostida turli tildagi va turli 
mavzudagi asarlar tavsifga olinib, ularning wn bir jildda nashr etilgan. Hozir 
qwlёzmalarni qaysi fan soh’asiga oidligiga qarab tavsifga olish boshlab yuborilgan 
mana shunday kataloglar chop etilmoqda. 
Bazi manbashunoslar qwlёzmalarni mazmuniga qarab, asarda qaysi masala 
baёn etilganiga qarab, turkumlashni lozim topsalar, ularning boshqa bir guruh’i   
asarning kelib chiqishiga, yani qaerda va qachon ёzilganligiga  qarab turkumlashni 
maqul kwradilar. 
 
Yana bir guruh’ olimlar esa ularni rasmiy h’ujjatlar, tarixiy, geo-
kosmografik va biografik asarlar kabi turlarga bwlib wrganishni tavsiya qiladilar. 
Manbalarni avtograf – yani muallifning wz qwli bilan ekanligiga qarab ёki 
kwchirilgan nusxa ekanligigi qarab  turkumlash h’ollari h’am uchraydi. 
 
Hozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning faqat 
bittasiga, yani ularning turlariga qarab tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb 
h’isoblaydilar. Chunki boshqa tadqiqot ywllari ёzma manbani chuqur va atroflicha 
wrganish h’amda tah’lil qilish vazifalariga twla javob bera olmaydi. 
 Birinchidan, 
tarixiy 
manbalar 
ichida faqat bir masala – ijtimoiy-iqtisodiy, 
siёsiy, madaniy va boshqaga butunlay bag’ishlangan asar deyarli ywq ёki juda 
kam.  
 
Til bwyicha manbalarni wrganish ёmon emas, lekin biror mavzuga oid 
manbalarni wrganganda, faqat bir ёki ikki tilda yaratilgan asarlar bilan 
chegaralanish tadqiqot ilmiy qiymatini pasaytiradi. 
 
Mana shularni inobatga olganda, tarixiy manbalarni turlariga va qaysi davr 
voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir. Avvalgi 
paytlarda talaygina markaziy oliy wquv yurtlarida wqitilgan “CCJM tarixi 
manbashunosligi” va “Wrta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari mana shu 
qoidaga asoslangan.  
B. A. Ah’medov “Wzbekiston tarixi (wrta asrlar) manbalari”ni (ёzma manbalarni) 
quyidagi uch turga bwlib wrganishni tavsiya qilgan: 1) Ashёviy manbalar, yani 
arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashёlar; 2) rasmiy h’ujjatlar; 3) tarixiy, 
geo-kosmografik h’amda biografik asarlar. Ushbu turkumda qayd etilgan 


 
10
arxeologik  ёki ashёviy manbalar, yani qadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va 
ijtimoiy faoliyatini wrganish uchun asosiy manba bwlib xizmat qiluvchi manbalar 
asosan arxeologiya fani tomonidan wrganiladi va biz uchun qwshimcha ёki 
ёrdamchi dalil sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi mumkin. 
 
Bizning fikrimizcha, Wzbekiston tarixi ёzma manbalarini asasan ikki turga 
bwlib wrganish maqul kwrinadi. 
1) rasmiy h’ujjatlar – ёrliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, vaqfnomalar, 
h’isob-kitob daftarlari, rah’nomalar, rasmiy ёzishmalar, maktublar va boshqalar. 
Umuman, tarixiy h’ujjatlarning wttizdan ortiq turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-siёsiy 
h’aёtni bevosita qayd etishlari, yani feodal er egaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat 
tuzilishi va shunga wxshash masalalar bwyicha daliliy malumotga boyligi bilan 
tarixiy manbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. Ular  asosan h’ujjatshunoslar 
tomonidan maxsus wrganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda ilmiy 
qiymati juda katta.  
2) tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlar. 
Tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlarda rasmiy 
h’ujjatlarga nisbatan tarixiy voqea va h’odisalar keng va twla ёritiladi. Shuning 
bilan bir qatorda ularda faktik materialning boyligi kwzga tashlanadi. 
Ёzma manbalarni faqat zikr etilganlari bilan cheklab bwlmaydi. Xususan, 
badiiy adabiёtlarda h’am tarixiy voqealar, shaxslar twg’risidagi malumotlar baёni 
mavjud bwlib, faqat ularning wziga xos baёn uslubi, badiyatini nazardan 
qochirmasdik kerak. Chunki tarixchi bor h’aqiqatni ёzishi kerak bwlsa, shoir ёki 
ijodkor badiiy twqima, bwrttirish, mubolag’aga ywl qwyish, yani wz istagiga 
muvofiq tasvirlash imkoniga ega. Masalan, Alisher Navoiy badiiy asarlarida shoir 
davriga va zamondoshlariga oid qimmatli fikr, muloh’azalar mavjud. Xususan, 
uning asarlaridagi shoir biografiyasiga oid malumotlar asosida İzzat Sulton 
“Navoiyning qalb daftari” nomli kitob ёzib, unda Alisher Navoiy biografisini 
tiklashga h’arakat qilgan. 
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarida h’am tarixiy 
malumotlar, xususan Mirzo Ulug’bek shaxsi va uning ilmiy merosi twg’risida juda 
qimmatli malumot mavjud. 
Ёzma manbalardagi wziga xoslikning biri shuki, ularda baёn etilgan voqea, 
h’odisalarga subektiv ёndoshuv, ayrimlarini xaspwshlash ёki buzib talqin 
h’ollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot olib borilganda ularga 
tanqidiy ёndoshish talab etiladi. Bu esa manbashunoslikning asosiy ilmiy talab 
va printsiplaridan biridir. 
 
2.4.  Arxeografiya 
Arxeografiya - ёzma manbalarni ilk tavsifga olish ёki ularni qidirib topib, 
birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi. Bu ilmiy  
ywnalish Respublikamiz Fanlar Akadnmiyasining Abu Rayh’on Beruniy va 
sobiq Qwlёzmalar  İnstitutida boshlangan bwlib malum davrgacha Farg’ona 
vodiysi, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga qator arxeografik 
ekspeditsiyalar uyushtirilgan bwlib, ularda A. Murodov, A.İrisov,  İ.Abdullaev, 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə