Mavzu: voleyboldan o'quv mashg'ulot guruhlarida o'quv sport mashg'ulotlarini rejalashtirish reja: kirish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə8/15
tarix14.04.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#105503
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
VOLEYBOLDAN O\'QUV MASHG\'ULOT GURUHLARIDA O\'QUV SPORT MASHG\'ULOTLARINI REJALASHTIRISH

5-rasm.

6-rasm.
O‘yinga kiritishni rejalashtirish deb ataladigan yuqoridan o‘yinga kiritish turi ham mavjud (5-rasm). Rejalashtirilgan o‘yinga kiritishda to‘pga zarba qo‘lni mushtlab, mushtning yoni va kaftning yumshoq yeri bilan uriladi.
Natijada bu to‘p qat’iy trayektoriyaga ega bo‘lmay uchadi. To‘pni yuqoridan oshirib kiritish sakrab bajarilsa, juda ham samarali bo‘ladi. Bu usulni yetakchi voleybolchilar muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan bo‘ladilar.
Uzatishlar. Bu texnik usul hisoblanib, uning yordamida o‘yinni davom ettirish uchun to‘p sherikka yo‘naltiriladi yoki raqib tomonga o‘tkazib yuboriladi. Ushbu holat uzatish deb ataladi. Yo‘nalishga ko‘ra to‘p oldinga, o‘z ustidan orqaga uzatiladi. Masalan, chegara orqali uzun, chegara orqali qo‘shniga — qisqa; o‘z doirasiga — kalta; balandligi bo‘yicha quyidagicha: past (to‘r ustidan 1 m gacha), o‘rta (2 m gacha va undan yuqori), (2 m dan yuqori), to‘rdan masofa bo‘yicha esa yaqin (0,5 m dan kam bo‘lmagan) va uzoq (0,5 m dan ortiq) uzatiladi.
Yuqoridan ikki qo‘llab uzatish eng ko‘p tarqalgan usul bo‘lib, bu quyidagicha bajariladi: dastlabki holatda o‘yinchining oyoqlari tizzadan bukiladi, qo‘llar yuz oldiga qo‘yiladi, katta barmoqlar esa ko‘zga yaqin turadi. Qo‘l barmoqlari biroz kaft ichiga buriladi, barmoqlar oxiri cho‘mich shaklidagi cho‘ziq paydo qiladi.
To‘p bilan uchrashuv paytida oyoqlar tizzadan to‘g‘rilanib, o‘yinchining tanasi oldinga ko‘tariladi. Bu harakatlarga qo‘llar qo‘shiladi — ular to‘pni qarshi olish uchun ko‘tarilib

7-rasm.
7 — Jismoniy tarbiya

8-rasm.
9-rasm.
to‘g‘rilanadi. Asosiy amortizatsiya yuklamasini panja barmoqlari o‘ziga oladi. Oyoq, gavda va qo‘lning bu harakatlari birga uyg‘un bajariladi, bu esa barmoqlarning to‘pga qisqa-yumshoq tegishini ta’minlaydi va uni belgilangan tomon, kerakli nuqtaga yo‘naltirish imkonini beradi.
Voleybolchining to‘pni ikki qo‘llab yuqoridan uzatish paytidagi turishi harakatlari hamda asosiy turishdagi oyoq, gavda va qo‘l holatiga, qo‘l barmoqlarining to‘pga joylashishiga e’tibor bering. Shundan so‘ng to‘pni oldinga, o‘z ustida va orqaga uzatish paytidagi voleybolchi harakatini o‘rganing.
Uzatishning boshqa turlari, ya’ni ikki qo‘llab yuqoridan, bir qo‘llab yuqoridan, ikki qo‘llab pastdan sakrab uzatishlar kam qo‘llaniladi .
Zamonaviy o‘yinda uzatish — hujumni uyushtirishning muhim unsuri, himoyani hujum bilan bog‘lovchi hisoblanadi. Bu bilan uzatuvchi o‘yinchining vazifasi hujum zarbasi uchun sheriklarga eng yaxshi sharoit yaratishdir. Har bir voleybolchi tez va aniq uzatishning barcha usullarini egallashi va ularni uzunlik, balandlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zgartira bilishi, o‘z vaqtida chalg‘ituvchi harakatlarni bajarishi zarur.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə