Mavzu: voleyboldan o'quv mashg'ulot guruhlarida o'quv sport mashg'ulotlarini rejalashtirish reja: kirish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə1/15
tarix14.04.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#105503
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
VOLEYBOLDAN O\'QUV MASHG\'ULOT GURUHLARIDA O\'QUV SPORT MASHG\'ULOTLARINI REJALASHTIRISH


MAVZU: VOLEYBOLDAN O'QUV MASHG'ULOT GURUHLARIDA O'QUV SPORT MASHG'ULOTLARINI REJALASHTIRISH


REJA:


KIRISH …………………………………………………………………………..3
I-BOB. O‘QUV MASHG‘ULOT JARAYONINI REJALASHTIRISH….….5
1.1 Rejalashtirish mazmuni va uning turlari………………………………….......5
1.2 Mashg‘ulotni ko‘p yillik rejalashtirish…………………………………….…7
II-BOB. VОLЕYBОL SЕKTSIYALARIDA O`QUV MASHG`ULОT MASHG`ULОTLARINI TASHKIL ETISH VA RЕJALASHTIRISH…….11

    1. Jismоniy tехnik va taktik tayyorgarlik darajasini nazоrat qilish…………….11

    2. Umumta’lim maktablari vоlеybоl sеktsiyalarida mashuglоtlarni tashkil etish va o`tkazish хususiyatlari………………………………………………………..30

XULOSA ………………………………………………………………………..34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………………35
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Bu hayotning hamma jabhalarida turli darajada o’zini namoyon eta boshladi, jumladan tarbiyaning asosiy qismlaridan biri jismoniy madaniyatda ham. “Jismoniy tarbiya, - deyiladi O’zbekiston Respublikasinig “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonuni”da, - O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonuni” da, - O’zbekiston Respublikasi xalqlar milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va madaniy, ma’naviy kamolatining muhim vositasi” ekanligi ta’kidlanadi1.
Basketbol o‘yini kabi voleybolning dunyoga kelganiga ham yuz yilcha bo‘ldi. Bu o‘yin tez orada dunyoda ommalashib ketdi. Voleybol tomoshabop va kishilarni o‘ziga rom qiladigan sport turi hisoblanadi. Bu o‘yin qoidalarining soddaligi, unga zarur bo‘ladigan uskunalarning murakkab emasligi, shuningdek, voleybolni har qanday yoshdagi kishilar o‘ynay olishi bilan bog‘liq.
Bu esa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga katta ma’suliyatli vazifalar qo’yadi. YOsh avlodni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga qaratilgan jismoniy madaniyatini milliylashtirishiga, bunda xalqimizning unitilib borayotgan milliy o’yinlarini to’plash, hayotga-maktabga tadbiq etish, rivojlntirish yo’llari va usullarini qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
O’zbek xalqining ko’p yillar davomida shakllangan, avlodlariga meros bo’lib qolgan milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish mustaqillikka erishgan bugungi kunlarimizda juda ham zarur.
O’zbek xalq milliy harakatli o’yinlarini ilmiy jihatdan tadqiq etish, ularni maktab, bog’cha o’quv dasturlariga kiritish, ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan turlarini sport darajasiga ko’tarish jismoniy madaniyat fani oldidagi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ko’rsatadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda biz tanlagan mavzuning dolzarbligi va muhimligi yaqqol namoyon bo’ladi.
Maktabda jismoniy tarbiya darslarida xalq milliy harakatli o’yinlarini o’tkazish usullarini to’liq egallamagan o’qituvchilar hozircha ko’pchilikni tashkil etadi. Buning ustiga ijtimoiy voqe’lik, pedagogik amaliyot va nazariyot keng omma o’rtasida tug’ilib, rivojlangan xalq pedagogikasining eng yaxshi yutuqlaridan samarali qo’llash, xalq pedagogikasi g’oyalari asosida fikr yuritish o’quv tvrbiyaviy ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi hal qiluvchi omillardan ekanligiga guvoh beradi. Shu bois tadqiqot natijalaridan amaliyotda keng foydalanish mumkin2.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə