Mavzu: voleyboldan o'quv mashg'ulot guruhlarida o'quv sport mashg'ulotlarini rejalashtirish reja: kirish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə9/15
tarix14.04.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#105503
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
VOLEYBOLDAN O\'QUV MASHG\'ULOT GURUHLARIDA O\'QUV SPORT MASHG\'ULOTLARINI REJALASHTIRISH

Hujum va himoya texnikasi
Hujum zarbalari. To‘rning yuqori chetidan balanddan to‘rga — to‘pni raqib tomonga bir qo‘llab urish zarbasining texnik usuli hujum (hamla) zarbasi deb ataladi. To‘pning uchish tezligi qo‘l kaft kuchiga bog‘liq, zarba qancha kuchli bo‘lsa, tezlik ham shunchalik keskin bo‘ladi, binobarin, uni qabul qilish ham shunchalik mushkul bo‘ladi. Hamla zarbasi to‘g‘ridan va yon tomondan beriladi. Uni joyidan sakrab yoki yugurib kelib sakrab bajarish mumkin.

10-rasm.
To‘g‘ri hujum zarbasi. Mazkur harakat bajarilganda yugurib kelish uzunligi 2 m dan 4 m gacha yetadi, ya’ni bu ikki, to‘rt qadamdan iborat bo‘ladi (75-rasm). Birinchi qadam qisqa, yumshoq, oxirgi qadam esa uzun, irg‘ishlab bajariladi. Shunda oyoqlarni bukmasdan, to‘g‘ri oldinga olib chiqiladi, keyin tezda boshqa oyoq qo‘yiladi. Gavda biroz orqaga egiladi, qo‘llar esa pastga, orqaga ketadi. Oyoq tovondan uchiga bosilib to‘g‘rilanadi va sakrash bajariladi. To‘pga zarba beruvchi qo‘l qisqa yo‘l bilan siltanib, yelka ustiga ko‘tariladi.
Sakrashda yelkalar va zarba beruvchi qo‘l orqaga cho‘ziladi, gavda keriladi.
Aytish joizki, bu bilan hujum boshlanadi. Shunda zarba beruvchining tirsagi oldinga olinib zarba beruvchi qo‘l, tirsak bo‘g‘imidan yozilib, oldinga harakatlantiriladi va kaft bilan to‘pga zarba beriladi. Zarba paytida barmoqlar jiðslangan, to‘p o‘yinchidan bir qancha oldinda bo‘ladi. Zarbadan so‘ng oyoq va qo‘llar bukilgan holatda tushiriladi. Bu o‘yinchiga kerakli yo‘nalishga o‘tishga va kerak bo‘lsa, harakatni tez boshlash yoki to‘siq uchun takroriy sakrashni bajarishga imkon beradi.

10-rasm.


11-rasm.
Yondan hujum zarbasi. Bu harakat yon tomondan zarba beruvchi qo‘lning keng siltanishidan so‘ng bajariladi. Shuningdek, qo‘l va panjalarning harakatlari o‘zgartirilib, to‘pni o‘ng va chapga hujum zarbasi bilan o‘tkazish orqali bajarish ham mumkin.
Himoya texnikasi. Himoyada ham o‘sha turishlar qo‘llanadi, ammo past turishlardan ham tez-tez foydalaniladi. Himoyadagi siljish ham hujumdagi siljishlardagidek — yurish, yugurish, tashlanish va sakrashlardan iborat, biroq ular ham, odatda, darhol keskin to‘xtashlar, yo‘nalishni tez almashlash, ko‘pincha, sakrash yoki yiqilishga o‘tishlar bilan bajariladi. Qarshi harakatlarga to‘pni qabul qilish va to‘siq qo‘yish kiradi.


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə